Guruh nomi
Talaba F.I.Sh.
712-19
Xomidova Mashxura
1 - Amaliy mashg’ulot.
Mavzu: Operatsion tizim turlari bilan
tanishish. Quyidagi savol va topshiriqlarga
javob yozing:
1. XX-asr operatsion tizimlarga misollar keltiring va ular haqida ma’lumotlar yozing.
2. Zamonaviy operatsion tizimlarga misollar keltiring va ular haqida ma’lumotlar
yozing.
3. Operatsion tizimlarning bib-biridan farqli jihatlari, ustun kamchiliklarini yoriting.
4. Shu vaqtga qadar qaysi operatsion tizimlardan foydalangansiz?
Javoblar:
1.
Kompyuter resurslarini va ma’lumotlarni muvofiqlashtiradigan va boshqaradigan
dasturiy ta’minotning asosiy qismi yoki, dasturlarning bajarilishini boshqaradigan va
tizimning resurslarini taqsimlash, rejalashtirish, kirish-chiqishni va ma’lumotlarni
boshqararish kabi vazifalarni ta’minlaydigan dasturiy vosita. Garchand operatsion
tizimlar ko‘proq dasturiy bo‘lsalar ham, biroq, qisman apparat vositalari qo‘llanishi
ham mumkin. Operatsion tizimlarning asosiy vazifalariga:
•
fayl tizimini boshqarish (yozish, o‘zgartish, fayllardan nusxa ko‘chirish,
erkin foydalanishni nazorat qilish);
•
dasturlar bajarilishini boshqarish (protsessor vaqtini taqsimlash, dasturlarni
diskdan tezkor xotiraga yuklash, yashirin xavfli ta’sirni tutib olish va h.q.);
•
xotirani boshqarish (keshlash, taqsimlash, ma’lumotlar butligi nazorati va
h.k.);
•
foydalanuvchi bilan muloqot (klaviaturadan, sichqonchadan buyruqlarni
o‘qish, axborotni ekranga, printerga chiqarish va h.k.) kiradi.
Bundan tashqari operatsion tizimlar, kompyuterlarni turli rusumdagi tarmoqlardan –
mahalliy tarmoqlardan global koorporativ tarmoqlargacha, shu jumladan, Internet
tarog‘idan erkin foydalanishni boshqaradi. Operatsion tizimga misollar – MS-DOS,
Linux, UNIX, Windows, Solaris va boshqalar.
MS-DOS operatsion (amaliy) tizimi. Microsoft korporatsiyasi tomonidan taklif
qilingan operatsion tizim. MS-DOS ning birinchi rusumi 1981 yilda paydo bo‘lgan.
Avvalambor, Microsoft kompaniyasi tomonidan IBM uchun ishlab chiqilgan MS-
DOS, IBM – uyg‘un kompyuterlar uchun standart operatsion tizimdir. MS-DOS 16-
xonali operatsion tizimi bo‘lib, u ko‘pfoydalanuvchili va ko‘pmasalali maromlarni
qo‘llab-quvvatlay olmaydi. Operatsion tizimning muhim xususiyatlaridan biri
mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchilarga amaliy jarayonlarni bajarishning qulay
shakllarini taqdim qilsa, mutaxassislarga dasturiy ta’minotni ishlash uchun yaxshi asos
taqdim qiladi. MS-DOS kataloglar shajarasini tashkil qiladi, taraqqiy etgan buyruqlar
tiliga ega. MS-DOS amaliy jarayonlar, fayllar va tashqi qurilmalar bilan samarali ishlay
oladi.
Linux operatsion (amaliy) tizimi. O‘zagi Unix operatsion tizimi asosida
ishlangan, tarmoq operatsion tizimi. Linux ilk bor 1991yili LiniusTorvalds tomonidan
chiqarilgan. Linuxning muhim xususiyatlaridan biri – u bepul dasturiy ta’minot Fondi
doirasida, GNU oshkora litsenziyasiga ko‘ra bepul tarqatiladi. Asosan, Internetda va
intratarmoqlarda serverlar yaratish uchun qo‘llanadi.
UNIX operatsion (amaliy) tizimi. Bell laboratoriyasi tomonidan yaratilgan
tarmoq operatsion tizimi. Ilk bor UNIX operatsion tizimi Bell Laboratory tomonidan
1969 yili taklif qilingan, azaldan tarmoqlarda ishlatish uchun mo‘ljallangan edi.
Hozirgi kunda UNIX, Si tilida yozilgan ko‘pfoydalanuvchili va ko‘pmasalali
operatsion tizim. Tizimning bosh tarkibiy qismi bo‘lib mikroo‘zak hisoblanadi. Uning
ichiga tarmoqlararo uzatishni boshqarish bayonnomasini/ bajaruvchi modul
joylashtirilgan. UNIX operatsion tizimi bir qancha ijobiy xislatlarga ega, ulardan
birinchi navbatda quyidagilarni ko‘rsatish zarur:
•
amaliy dasturlarni bir turdagi kompyuterdan boshqa turdagisiga ko‘chirib
o‘tkaza olish;
•
ma’lumotlarni tarqoq ishlovini bajarish imkonini beradigan tarmoq
xizmatlarining keng yig‘masi;
•
bir vaqtning o‘zida turli xildagi fayl majmualarining mavjud bo‘lishi;
•
yuz berayotgan ishlov jarayonlarini foydalanuvchilar tomonidan rejalash
imkoni;
•
RISC protsessorlari bilan yaxshi uyg‘unlashuvi;
•
xar xil ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim qilingan mahsulotlarni oson
ishlatish;
•
rivojlanish va kengayish uchun ochiqlik;
UNIXWare operatsion (amaliy) tizimi. UNIX operatsion tizimining Novell
korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan rusumi. UNIXWare tizimi birinchi navbatda
NetWare tarmoqlarida ishlatish uchun yaratilgan. Shu bilan birga, bu operatsion
tizimining muhitida hududiy tarmoqlarning bayonnomalari ham bajariladi. UNIXWare
oddiy grafik interfeysga ega. Bu 32-xonali tizim «ish stoli» deb ataluvchi muhitda
ishlaydi. UNIXWare ko‘pmasalali, ko‘pfoydalanuvchili, ko‘poqimli tizimdir.
Solaris operatsion (amaliy) tizimi. SUN Microsystems korporatsiyasi tomonidan
taklif qilingan UNIX operatsion tizimining rusumi. Solaris simmetrik multiprotsessorli
ishlov bajaradi, tasvirlar bilan ishlash vositalariga ega, ma’lumotlar xavfsizligini
ta’minlaydi. Tizim Internet tarmog‘i, elektron pochta, shu jumladan, nutqiy pochta,
faksimil aloqa bilan o‘zaro ishlay oladi. Yuqori unum va masshtablanuvchilik
xususiyatlariga ega.
Windows operatsion (amaliy) tizimi. Microsoft korporatsiyasi tomonidan
shaxsiy kompyuterlar uchun taklif qilingan operatsion tizimlar oilasi. Windows tizimi
ko‘pmasalali va ko‘poqimli bo‘lib, qulay grafik interfeys bilan tavsiflanadi, virtual
xotiraning boshqaruvini taqdim qiladi va ko‘pgina tashqi qurilmalarni qo‘llab-
quvvatlaydi. Windowsni ishlatib, foydalanuvchi birdaniga bir necha amaliy jarayonlar
bilan samarali ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Dunyoda 90% ga yaqin kompyuterlar
Windows operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydi.
Windows 95 operatsion (amaliy) tizimi. Windows 95 aloqa va muloqot uchun
ishlab chiqilgan birinchi operatsion tizimdir. Ilk bor 1995 yilning 24 avgustida
chiqarilgan Microsoft korporatsiyasining operatsion tizimi, amaliy tizimi. Windows 95
o‘zining imkoniyatlariga ko‘ra o‘zidan avvalgi Windows 3.1. operatsion tizimi, amaliy
tizimini ancha ortda qoldirgan. Foydalanuvchining yangi interfeysiga qo‘shimcha
ravishda, Windows 95 o‘z ichiga ko‘pgina muhim angitdan kiritilgan funksiyalarga
ega. U, 32-xonali qo‘llanmalarni quvvatlaydi, bu esa, maxsus shu operatsion tizim
uchun yaratilgan qo‘llanmalar yanada tezroq ishlashini anglatadi. Shu bilan birga,
Windows 95, Windows va DOSning eski qo‘llanmalarini bajara oladi. Windows 95da,
DOSdagi asosiy xotira 640K va fayl nomining uzunligi 8 belgi bo‘lishi kerakligi kabi
cheklovlar bekor qilingan.
Windows 98 operatsion (amaliy) tizim. Azalda, bu operatsion tizimni Memphis,
so‘ngra Windows 97 deb ataldi, ammo Microsoft kompaniyasi, operatsion tizim
muddatida, 1997 yilda tayyor bo‘lmaganligi sababli, uning nomini o‘zgartirishga
majbur bo‘lgan. Windows98 ko‘pgina yangi texnologiyalarni quvvatlash imkonini
beradi, shu jumladan, FAT32, AGP, MMX, USB, DVD va ACPI texnologiyalarni
ham. Uning eng sezilarli xossasi bo‘lib, veb- brauzer (Internet Explorer)ni operatsion
tizim bilan uyg‘unlashtiruvchi, «Faol ish stoli» (Active Desktop) tushunchasi bo‘ladi.
Windows 2000 operatsion (amaliy) tizimi. Microsoft Windows operatsion tizimlari
safidagi
mahsulot,
Windows
NT
operatsion
tizimi,
amaliy
tizimining
takomillashtirilgan rusumi. Windows 2000ni ko‘pincha W2K shaklida belgilanadi.
Windows 2000 operatsion tizimi, amaliy tizimining to‘rt rusumi bor:
Professional – stoldagi va mobil tizimlar uchun operatsion tizim. Qo‘llanmalarni
ishlatish, Internet bilan ulanish, fayllar, printerlar va tarmoq resurslaridan erkin
foydalanish uchun ishlatiladi.
Server – veb-server sifatida ham, mahalliy tarmoq serveri sifatida ham ishlatiladi.
Advanced Server – biznes-qo‘llanmalar va elektron tijorat uchun ishlatiladi.
Windows 2000 Server standart rusumidan yuqori masshtablanuvchanlik va erkin
foydalanish qulayligi bilan ajralib turadi.
Datacenter Server – yuqori tezlikda ishlaydigan, katta hajmdagi ma’lumotlarga ishlov
berish talab qilinadigan kompyuter tarmoqlarida foydalanish uchun yaratilgan.
Dostları ilə paylaş: |