1 Amaliy mashg’ulot



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix07.04.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#94633
  1   2   3   4
1 Amaliy mashg’ulot



Guruh nomi 
Talaba F.I.Sh. 
712-19
Xomidova Mashxura
1 - Amaliy mashg’ulot. 
Mavzu: Operatsion tizim turlari bilan 
tanishish. Quyidagi savol va topshiriqlarga 
javob yozing: 
1. XX-asr operatsion tizimlarga misollar keltiring va ular haqida ma’lumotlar yozing. 
2. Zamonaviy operatsion tizimlarga misollar keltiring va ular haqida ma’lumotlar 
yozing. 
3. Operatsion tizimlarning bib-biridan farqli jihatlari, ustun kamchiliklarini yoriting. 
4. Shu vaqtga qadar qaysi operatsion tizimlardan foydalangansiz? 
Javoblar: 
1. 
Kompyuter resurslarini va ma’lumotlarni muvofiqlashtiradigan va boshqaradigan 
dasturiy ta’minotning asosiy qismi yoki, dasturlarning bajarilishini boshqaradigan va 
tizimning resurslarini taqsimlash, rejalashtirish, kirish-chiqishni va ma’lumotlarni 
boshqararish kabi vazifalarni ta’minlaydigan dasturiy vosita. Garchand operatsion 
tizimlar ko‘proq dasturiy bo‘lsalar ham, biroq, qisman apparat vositalari qo‘llanishi 
ham mumkin. Operatsion tizimlarning asosiy vazifalariga: 
• 
fayl tizimini boshqarish (yozish, o‘zgartish, fayllardan nusxa ko‘chirish, 
erkin foydalanishni nazorat qilish); 
• 
dasturlar bajarilishini boshqarish (protsessor vaqtini taqsimlash, dasturlarni 
diskdan tezkor xotiraga yuklash, yashirin xavfli ta’sirni tutib olish va h.q.); 
• 
xotirani boshqarish (keshlash, taqsimlash, ma’lumotlar butligi nazorati va 
h.k.); 
• 
foydalanuvchi bilan muloqot (klaviaturadan, sichqonchadan buyruqlarni 
o‘qish, axborotni ekranga, printerga chiqarish va h.k.) kiradi. 
Bundan tashqari operatsion tizimlar, kompyuterlarni turli rusumdagi tarmoqlardan – 
mahalliy tarmoqlardan global koorporativ tarmoqlargacha, shu jumladan, Internet 


tarog‘idan erkin foydalanishni boshqaradi. Operatsion tizimga misollar – MS-DOS, 
Linux, UNIX, Windows, Solaris va boshqalar. 
MS-DOS operatsion (amaliy) tizimi. Microsoft korporatsiyasi tomonidan taklif 
qilingan operatsion tizim. MS-DOS ning birinchi rusumi 1981 yilda paydo bo‘lgan. 
Avvalambor, Microsoft kompaniyasi tomonidan IBM uchun ishlab chiqilgan MS- 
DOS, IBM – uyg‘un kompyuterlar uchun standart operatsion tizimdir. MS-DOS 16- 
xonali operatsion tizimi bo‘lib, u ko‘pfoydalanuvchili va ko‘pmasalali maromlarni 
qo‘llab-quvvatlay olmaydi. Operatsion tizimning muhim xususiyatlaridan biri 
mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchilarga amaliy jarayonlarni bajarishning qulay 
shakllarini taqdim qilsa, mutaxassislarga dasturiy ta’minotni ishlash uchun yaxshi asos 
taqdim qiladi. MS-DOS kataloglar shajarasini tashkil qiladi, taraqqiy etgan buyruqlar 
tiliga ega. MS-DOS amaliy jarayonlar, fayllar va tashqi qurilmalar bilan samarali ishlay 
oladi. 
Linux operatsion (amaliy) tizimi. O‘zagi Unix operatsion tizimi asosida 
ishlangan, tarmoq operatsion tizimi. Linux ilk bor 1991yili LiniusTorvalds tomonidan 


chiqarilgan. Linuxning muhim xususiyatlaridan biri – u bepul dasturiy ta’minot Fondi 
doirasida, GNU oshkora litsenziyasiga ko‘ra bepul tarqatiladi. Asosan, Internetda va 
intratarmoqlarda serverlar yaratish uchun qo‘llanadi. 
UNIX operatsion (amaliy) tizimi. Bell laboratoriyasi tomonidan yaratilgan 
tarmoq operatsion tizimi. Ilk bor UNIX operatsion tizimi Bell Laboratory tomonidan 
1969 yili taklif qilingan, azaldan tarmoqlarda ishlatish uchun mo‘ljallangan edi. 
Hozirgi kunda UNIX, Si tilida yozilgan ko‘pfoydalanuvchili va ko‘pmasalali 
operatsion tizim. Tizimning bosh tarkibiy qismi bo‘lib mikroo‘zak hisoblanadi. Uning 
ichiga tarmoqlararo uzatishni boshqarish bayonnomasini/ bajaruvchi modul 
joylashtirilgan. UNIX operatsion tizimi bir qancha ijobiy xislatlarga ega, ulardan 
birinchi navbatda quyidagilarni ko‘rsatish zarur: 
• 
amaliy dasturlarni bir turdagi kompyuterdan boshqa turdagisiga ko‘chirib 
o‘tkaza olish; 
• 
ma’lumotlarni tarqoq ishlovini bajarish imkonini beradigan tarmoq 
xizmatlarining keng yig‘masi; 
• 
bir vaqtning o‘zida turli xildagi fayl majmualarining mavjud bo‘lishi; 
• 
yuz berayotgan ishlov jarayonlarini foydalanuvchilar tomonidan rejalash 
imkoni; 
• 
RISC protsessorlari bilan yaxshi uyg‘unlashuvi; 
• 
xar xil ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim qilingan mahsulotlarni oson 
ishlatish; 
• 
rivojlanish va kengayish uchun ochiqlik; 
UNIXWare operatsion (amaliy) tizimi. UNIX operatsion tizimining Novell 
korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan rusumi. UNIXWare tizimi birinchi navbatda 
NetWare tarmoqlarida ishlatish uchun yaratilgan. Shu bilan birga, bu operatsion 
tizimining muhitida hududiy tarmoqlarning bayonnomalari ham bajariladi. UNIXWare 
oddiy grafik interfeysga ega. Bu 32-xonali tizim «ish stoli» deb ataluvchi muhitda 
ishlaydi. UNIXWare ko‘pmasalali, ko‘pfoydalanuvchili, ko‘poqimli tizimdir. 


Solaris operatsion (amaliy) tizimi. SUN Microsystems korporatsiyasi tomonidan 
taklif qilingan UNIX operatsion tizimining rusumi. Solaris simmetrik multiprotsessorli 
ishlov bajaradi, tasvirlar bilan ishlash vositalariga ega, ma’lumotlar xavfsizligini 
ta’minlaydi. Tizim Internet tarmog‘i, elektron pochta, shu jumladan, nutqiy pochta, 
faksimil aloqa bilan o‘zaro ishlay oladi. Yuqori unum va masshtablanuvchilik 
xususiyatlariga ega. 
Windows operatsion (amaliy) tizimi. Microsoft korporatsiyasi tomonidan 
shaxsiy kompyuterlar uchun taklif qilingan operatsion tizimlar oilasi. Windows tizimi 
ko‘pmasalali va ko‘poqimli bo‘lib, qulay grafik interfeys bilan tavsiflanadi, virtual 


xotiraning boshqaruvini taqdim qiladi va ko‘pgina tashqi qurilmalarni qo‘llab- 
quvvatlaydi. Windowsni ishlatib, foydalanuvchi birdaniga bir necha amaliy jarayonlar 
bilan samarali ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Dunyoda 90% ga yaqin kompyuterlar 
Windows operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydi. 
Windows 95 operatsion (amaliy) tizimi. Windows 95 aloqa va muloqot uchun 
ishlab chiqilgan birinchi operatsion tizimdir. Ilk bor 1995 yilning 24 avgustida 
chiqarilgan Microsoft korporatsiyasining operatsion tizimi, amaliy tizimi. Windows 95 
o‘zining imkoniyatlariga ko‘ra o‘zidan avvalgi Windows 3.1. operatsion tizimi, amaliy 
tizimini ancha ortda qoldirgan. Foydalanuvchining yangi interfeysiga qo‘shimcha 
ravishda, Windows 95 o‘z ichiga ko‘pgina muhim angitdan kiritilgan funksiyalarga 
ega. U, 32-xonali qo‘llanmalarni quvvatlaydi, bu esa, maxsus shu operatsion tizim 
uchun yaratilgan qo‘llanmalar yanada tezroq ishlashini anglatadi. Shu bilan birga, 
Windows 95, Windows va DOSning eski qo‘llanmalarini bajara oladi. Windows 95da, 
DOSdagi asosiy xotira 640K va fayl nomining uzunligi 8 belgi bo‘lishi kerakligi kabi 
cheklovlar bekor qilingan. 
Windows 98 operatsion (amaliy) tizim. Azalda, bu operatsion tizimni Memphis, 
so‘ngra Windows 97 deb ataldi, ammo Microsoft kompaniyasi, operatsion tizim 
muddatida, 1997 yilda tayyor bo‘lmaganligi sababli, uning nomini o‘zgartirishga 
majbur bo‘lgan. Windows98 ko‘pgina yangi texnologiyalarni quvvatlash imkonini 
beradi, shu jumladan, FAT32, AGP, MMX, USB, DVD va ACPI texnologiyalarni 
ham. Uning eng sezilarli xossasi bo‘lib, veb- brauzer (Internet Explorer)ni operatsion 
tizim bilan uyg‘unlashtiruvchi, «Faol ish stoli» (Active Desktop) tushunchasi bo‘ladi. 
Windows 2000 operatsion (amaliy) tizimi. Microsoft Windows operatsion tizimlari 
safidagi 
mahsulot, 
Windows 
NT 
operatsion 
tizimi, 
amaliy 
tizimining 
takomillashtirilgan rusumi. Windows 2000ni ko‘pincha W2K shaklida belgilanadi. 
Windows 2000 operatsion tizimi, amaliy tizimining to‘rt rusumi bor: 
Professional – stoldagi va mobil tizimlar uchun operatsion tizim. Qo‘llanmalarni 
ishlatish, Internet bilan ulanish, fayllar, printerlar va tarmoq resurslaridan erkin 
foydalanish uchun ishlatiladi. 


Server – veb-server sifatida ham, mahalliy tarmoq serveri sifatida ham ishlatiladi. 
Advanced Server – biznes-qo‘llanmalar va elektron tijorat uchun ishlatiladi. 
Windows 2000 Server standart rusumidan yuqori masshtablanuvchanlik va erkin 
foydalanish qulayligi bilan ajralib turadi. 
Datacenter Server – yuqori tezlikda ishlaydigan, katta hajmdagi ma’lumotlarga ishlov 
berish talab qilinadigan kompyuter tarmoqlarida foydalanish uchun yaratilgan. 

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin