1-amaliy mashg`uloti Mavzu: Informatika fanlarini o`qitishda muammoli o`qitish texnologiyalari Reja



Yüklə 56,5 Kb.
səhifə1/4
tarix20.09.2023
ölçüsü56,5 Kb.
#145624
  1   2   3   4
1-amaliy mashg`uloti Mavzu Informatika fanlarini o`qitishda mua


1-amaliy mashg`uloti


Mavzu: Informatika fanlarini o`qitishda muammoli o`qitish texnologiyalari


Reja:

  1. Muammoli ta'limning asosiy maqsadi

  2. Muammoli ta'limning asosiy tushunchalari

  3. Muammoli savollar

  4. Muammoli vazifalar

Muammoli ta'limning asosiy maqsadi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning talablari asosida bilim oluvchilarning mustaqilligi va faolligini oshirish, tafakkurini rivojlantirish, o’zlashtirilgan bilimlarning amaliyotga tatbiq etilishini kuchaytirishdan iboratdir. Pedagogik-psixologik adabiyotlarda muammoli ta'limning ilmiy-nazariy asoslari haqida gap borganda, uni ta'limning metodi, printsipi yoki alohida tizim deb hisoblash holatlari uchraydi. Muammoli ta'limni qanday nomlashdan qat'iy nazar uning asosiy hususiyati - bilim oluvchining aqliy faolligini oshirish, mustaqil, ilmiy, ijodiy izlanish, o’zi uchun yangi bilim, ko’nikma va malakalarni kashf etishdan iboratdir. Demak, muayyan mavzuni muammo shaklida olib chiqish yo’li bilan egallanadigan bilim, ko’nikma va malakalaryig’indisiga muammoli ta'lim deyiladi.
Respublikamizda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ta'lim jarayoniga tatbiq etilishi muammoli ta'limni hozirgi sharoitda dolzarb pedagogik masalaga aylantirdi.
Muammoli ta'lim o’zining maxsus tushunchalariga ega bo’lib, ularning mohiyatini bilmasdan turib, mashg’ulotlarni muammoli tarzda tashkil etib bo’lmaydi.
Muammoli ta'lim quyidagi asosiy tushunchalarga ega:

  • Muammo

  • Muammoli savol

  • Muammoli vazifa

  • Muammoli topshiriq

  • Muammoli vaziyat

Muammoli ta'limning asosiy tushunchalariga izoh berishdan oldin, tayyor bilimlarni o’qituvchi tamonidan berilishi yoki o’quvchining mustaqil egallashini izohli- ko’rgazmali metodi natijasi sifatida aniq tasavvurlar hosil qiladigan, ongda saqlanadigan, zarur bo’lganda qayta tiklanishini aniqlaydigan axborot shaklidagi savolni tushunish o’rinlidir.

Yüklə 56,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin