1946-1951 yillari 280 mingga yaqin saqlov birligi tartibga solindi, 150 ming yig’ma jildlar yo‘q qilish uchun ajratildi.
1946-1951 yillari 280 mingga yaqin saqlov birligi tartibga solindi, 150 ming yig’ma jildlar yo‘q qilish uchun ajratildi.
Natijada, davlat arxivlaridagi hujjatlarning tartibga solinishi, bu hujjatlardan foydalanishni osonlashtirdi, ilmiy axborotnoma qo‘llanmalarini tuzish ishiga kirishi uchun imkon berdi.
Arxiv ko‘rsatkichlari, arxiv jamg’armalari sharhlaridan bir nechtasi e`lon qilindi.
O‘zbekiston Ministrlar Soveti 1949 yil 13 yanvarida davlat va joriy arxiv idoralari ish faoliyatini yaxshilash to‘g’risida qaror qabul qildi. Qaror asosida ko‘plab tashkilotlar o‘z arxivlarini tuzish uchun maxsus bino ajratdilar, mavjud arxivlarini tartibga soldilar.

Idoralar arxiv ishlarini yaxshilash uchun bir necha uslubiy qo‘llanmalar tayyorlandi. Masalan «Tashkilotlarda arxiv hujjatlarining ekspertizasini o‘tkazish uchun esdalik», «Idoralar arxivlari ishini nazorat qilish uchun ko‘rsatmalar», «Ministrliklar arxivlari ishini rejalashtirish va hisobot qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar» O‘z vaqtida ana shunday qo‘llanmalarning yaratilishi arxiv ishi nazariyasi va amaliyotining O‘zbekistonda rivoji uchun muhim hissa bo‘ldi. Ammo ularning barchasi rus tilida yozilgan edi.
1963 yil 14 oktyabrda O‘zbekiston Ministrlar Soveti «O‘zbekistonda arxiv ishini yaxshilash tadbirlari to‘g’risida» qaror qabul qildi. Davlat arxivlari tashkilot arxivlari ishini nazorat qilishni kuchaytirdilar. SHu bilan birga, ularga yordam berishga e`tiborni kuchaytirdilar.

1959 yildan Toshkent shahrida birinchi bor ish yuritish kursi ochilib kotiba va ish yurituvchilar malakasi oshirish kurslari ochilgan edi. Keyingi yillarda bu kurslar doimiy ishni amalga oshirib turdi.