1. O`quvchilarda yozma hisoblash ko`nikmalarini hosil qilish.
1. Arifmetik amallarni o`rganishdagi navbatdagi juda muhim masalalar og`zaki va yozma hisoblash usullaridan ongli foydalanish asosida o`quvchilarda hisoblash ko`nikmalarini shakllantirish bilan bog`liqdir.
Og`zaki hisoblashlarning asosiy ko`nikmalari I va II sinflarda shakllanadi. II sinfda “Minglik” mavzusida hisoblashlar ustida ish boshlanadi va bu ish III sinfda poyoniga yetadi. Shu bilan birga yozma hisoblashlarda og`zaki hisoblash ko`nikmalari takomillasha bordi, chunki og`zaki hisoblashlar yozma hisoblash jarayoniga tarkibiy eliment sifatida kiradi.
Ammo og`zaki va yozma hisoblash usullarining farq qiluvchi xossalari ham bor.
Og`zaki hisoblash xossalari:
Hisoblashlar yozuvlarsiz (ya`ni miyada bajariladi) yoki yozuvlar bilan tushuntirib berilishi mumkin: Bunda yechimlarni:
tushuntirishlarni tula yozish bilan (ya`ni hisoblash usulini dastlabki mustahkamlash bosqichida) berish mumkin.
Masalan:
23+4=(20+3)+4=20+(3+4)=27
9+3=9+(1+2)=(9+1)+2=12
berilganlarni va natijani yozish mumkin. Masalan:
23+4=27
9+3=12
v) hisoblash natijalarini nomerlab yozish mumkin (bunda tekshirish osonlashadi).
Masalan:
27
12 va hakozo.
2. Hisoblashlar yuqori xona birliklaridan boshlab bajariladi.
Masalan:
430-210=(400+30)-(200+10)=
=(400-200)+(30-10)=200+20=220
3. Oraliq natijalar xotirada saqlanadi.
4. Hisoblashlar har xil usullar bilan bajarilishi mumkin.
Masalan:
26x12=(10+2)=26x10+26x2=260+52=312
26x12=(20+6)x12=20x12+6x12=240+72=312
v) 26x12=26x(3x4)=(26x3)x4=78x4=312
5. Amallar 10va 100 yengilroq hollarda 1000 ichida va ko`p xonali sonlar ichida hisoblashlarning og`zaki usullaridan foydalanadi. Masalan:
54024:6=9004
Yozma hisoblash xossalari
Hisoblashlar yozma bajariladi. Yozma hisoblashlarda yechimini yozish ustun qilib bajariladi.
Masalan:
Hisoblashlar quyi xona birliklari dan boshlanadi. (yozma bo’lish binodan mustasno)
Masalan:
Oraliq natijalar darhol yoziladi.
Hisoblashlar o’rnatilgan qoidalar bo’yicha, shu bilan birga bitta yagona usul bilan bajariladi.
Masalan:
1000 ichida va ko’p xonali sonlar ustida amallar hisoblashlarning yozma usullaridan foydalanib bajariladi:
Masalan:
Ba’zi misollarni og’zaki ham, yozma ham yechish mumkin.
Bu hollarda o’quvchilar yechimlarni taqqoslab, arifmetik amallarning mazmunini va sonlar ustida bajarilayotgan amallar mazmunini yaxshi tushunib oladilar.
O’qitish prosessida har xil metodlar, usullar va vositalardan foydalanib ko’p sonda mashq qildirish xarakteridagi mashqlarni bajarish bilan arifmetik amallarni jadval hollarini o`zlashtirishni avtomotizmga (yod olishga) yetkazishi kerak.
Arifmetik amallarning jadval hollarini yetarlicha puxta o`zlashtirmaslik yozma hisoblash usullarini o`zlashtirishda pand berib qo`yishi mumkin, bu hisoblashlar ham III sinfda avtomatizmga yetkazilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |