1. Atom tuzilishi



Yüklə 100,09 Kb.
səhifə1/5
tarix26.12.2023
ölçüsü100,09 Kb.
#198423
  1   2   3   4   5
Atom tuzilishi


Atom tuzilishi

Reja:



1. Atom tuzilishi

2. Atomdagi elektronlarning kvant sonlari
3. Atom tuzilishi va davriy tizim
4. Kimyoviy bog’lanish va elektromanfiylik

5. Xulosa
6. Foydalanilgan adabiyotlar

1. Atom tuzilishi


Ushbu bobda barcha noorganik birikmalarning fizik va kimyoviy xususiyatlari yo’nalishlari asoslarini tushuntirish o’rgatiladi. Biz o’rganishni quyosh tizimida materiyaning kelib chiqishini muhokama qilish bilan boshlaymiz va keyin atom tuzilishi va atomlarda elektronlar harakatini ko’rib chiqamiz. Biz kvant nazariyasini sifat jihatidan joriy etish va bunda atom radiusi, dissotsilanish energiyasi, elektron o’xshashlik va elektrmanfiylik deb ataluvchi xususiyatlarini ratsionalizatsiya qilamiz. Bu xossalarning tushunish bizga ma'lum bo’lgan 110 dan ortiq elementlar turli kimyoviy xususiyatlarini ratsionalizatsiya qilishni boshlash uchun imkon beradi.
Atom- elektroneytral zarracha bo’lib, markazida yadro va yadroni atrofini o’rab turgan elektronlardan tashkil topgan. Yadro - musbat zaryadlangan proton va zaryadsiz neytronlardan iborat. Barcha kimyoviy birikmalar atomlardan tashkil topgan.


Atomning tuzilishini ko’rsatuvchi bir necha hil modellar bor. Atom modeli – atom tuzilishi to’g’risidagi yorqin ta’savvurlarni beradi.
Kimyoviy elementning xossalarini saqlovchi eng kichik zarracha - atom deyiladi. Moddaning xossalarini o`zida saqlaydigan, bir nechta atomdan tarkib topgan va mustaqil mavjud bo`la oladigan eng kichik zarrachasi molekula deyiladi.
Ko`pgina atomlar barqaror bo`lib, juda uzoq, muddatgacha o`z holatini saqlay oladi. Lekin ba'zi atomlar ma'lum vaqtdan keyin yadroda bo`ladigan o`zgarishlar tufayli boshqa atomlarga aylanib ketadi. Bunday atomlar radioaktiv atomlar deb ataladi. Atom elektroneytral bo`lib, yadro atrofidagi elektronlarning umumiy soni yadroning musbat zaryadiga teng. Agar atomdan bir yoki bir necha elektron chiqarib yuborilsa, musbat zaryadli ion – kation (K+, Ca2+, Al3+va b.), atom elektron biriktirib olsa, manfiy zaryadli ion – anion (Cl-, O2-, N3 -va b.) hosil bo`ladi. Atomdagi elek-tronlar soni va musbat zaryadlangan yadro zaryadi ayni atomning kimyoviy reaksiyadagi ahamiyatini tavsiflaydi.
Kimyoviy element- bir hil zaryadli yadroga ega bo`lgan atomlar to`plamidir. Yadro zaryadi elementning kimyoviy elementlar davriy tizimida joylashgan o`rnini belgilaydi; elementning davriy tizimdagi tartib raqami uning atom yadrosi zaryadiga teng.
Atom tuzilishini tavsiflash: Rezerford usuli. Bu usulni Rezerford 1911 yili kashf etgan. Radioaktiv elementlar parchalanishi natijasida o`zidan α-zarrachalar chiqaradi. Bu zarrachalar biror moddaga to`qnashib qarshilikka uchraydi. Natijada o`ziga ikkita elektron biriktirib, geliy atomiga aylanadi. Hosil bo’lgan geliy miqdorini mikro-usul yordamida aniqlash mumkin. Bir gramm radiyning bir yilda parchalanishi natijasida 159 mm3 yoki sekundiga 5,03 nm geliy hosil bo`lishi tajribada aniqlangan.
Geliy atomi hosil qiladigan α - zarrachalar ko`z bilan kuzatish mumkin bo`lgan energiyaga ega. Shuning uchun ma'lum miqdordagi radioaktiv modda chiqargan α - zarrachalarni hisoblash mumkin. Masalan:
10 ta α - zarracha chiqaradi. Bizga 1 g radiy bir sekundda 13,6 •10 ma'lumki, 1 mol geliy oddiy sharoitda 22,4 l hajmni egallaydi. Elektron zaryadi: 4,803·10–10 elektrostatik birlik yoki 1,601·10–19 kulonga teng.
Elektron massasi: 9,1·10–28 g ga teng bo’lib, vodorod atomi massasidan 1840 marta yengil. Katod nurlarining tezligi ≈ yorug'lik tezligining yarmiga teng.
Kanal nurlari: Katod trubkada, katod nurlari bilan bir qatorda, kanal nurlari ham vujudga keladi. Kanal nurlarining hosil bo’lishi shunday tushuntiriladi: elektronlar o’z yo’lida katod trubkasidagi katod trubkasi to’ldirilgan gazni ionlashtiriladi, natijada elektronni yo’qotgan + zaryadli zarrachalar hosil bo’ladi. Кanal nurlari qarama–qarshi tomonga harakat qiladi. Elektr maydoniga og'adi. (–tomon). Shisha devorida lyuminestsentsiyalanadi.
Rentgen nurlari. Qattiq satxga (masalan, biror metallni) katod nurlar tushirsak, qattiq satx ko’zga ko’rinmaydigan nurlar chiqaradi. Bu nurlar fotografiya plastinkasiga ta'sir qiladi, lekin elektr maydonida hech tomonga og'maydi. Demak, ular zaryadsiz zarrachalardir. Bu nurlarni 1895 yilda nemis fizigi Rentgen kashf qildi va olim nomiga rentgen nurlari deb ataldi. Rentgen nurlari elektromagnit to’lqinlar (nurlar) bo’lib, ularning to’lqin uzunligi 0,06-20 Å o’rtasida. Rentgen nurlari rentgen trubkalarida olinadi.
Katod juda yuqori haroratgacha qizdirilgan volfram ipdir. Anod ham volframdan tayyorlanadi. Rentgen nurlari qog'oz, yog'ochdan, materialdan, hayvon va odam organizmidan bemalol o’ta oladi. Rentgen nurlari organizmning zich joylarida ko’proq yutiladi, zichmas joylarida kamroq. Organizm orqali o’tgan nurni fotoplastinkaga tushirib, kerakli joуning (a'zoning) rasmi olinishi mumkin.
Bor nazariyasi. Atom tuzilishining E. Rezerford taklif etgan yadro nazariyasi keng tarqaldi. Rezerford nazariyasiga muvofiq elektron yadro atrofida planetalar quyosh atrofida aylangan singari aylanadi.
Ammo klassik elektrodinamika qonunlariga ko’ra elektronlar harakatlanish paytida nurlanib doimo energiya yo`qotib turishi kerak. Natijada elektronlar harakati sekinlashib, ular asta sekin yadroga yaqinlashishlari va nihoyat unga tushib qolishlari kerak edi. Bundan tashqari elektronlar aylanma harakatida yorug`likning nurlanish chastotasi elektrokimyo orbita burilish chastotasiga teng bo’lish kerak. Shu sababli, elektron yadroga yaqinlashgan sari nurlanayotgan yorug’likning chastotasi doim o’zgarish va nurlanishning yoppa spektriga burilish kerak. Ammo, dalillar bu xulosani rad etadi. XIX asrning 60-yillaridayoq, qattiq qizdirilgan gaz yoki bug’dan chiqqan yoruglikning parchalanishi natijasida, shu modda uchun xos bo’lgan va bir necha hil rangli chiziqlardan tuzilgan spektr hosil bo’ladi. 1913- yilda Daniya olimi N. Bor M. Plankning nurlanishni kvant nazariyasi asosida atom tuzilishi nazariyasini rivojlantirdi.
Kvant nazariyasining mohiyati quyidagicha: nur energiyasi uzluksiz oqim bo’lib emas, balki alohida portsiyalar-energiya kvantlar xolida chiqadi va yutiladi.
Kvant energiyasining kattaligi 𐐩, nur chiqarish chastotasi -γ ga to’g’ri proportsional: 𐐩=h γ h-Plank doimiysi, 6.6*10-27 erg. sek ga teng. Bu kattalik ta`sir kvanti deyiladi. Elektron bir orbitadan boshqasiga o’tganda chiqadigan energiya miqdori porsiyalar, ya`ni kvantlar bilan o’zgaradi:
𐐩1--𐐩0 = hγ1; 𐐩2 -𐐩0 = hγ2; 𐐩3-𐐩0 = hγ3 va hokazo.
Elektronning har bir statsionar orbitadagi holatiga atom energiyasining ma`lum miqdor zaxirasi to’g’ri keladi. Elektron birinchi orbitada harakatlanayotganda yadroga eng kuchli tortiladi, energiya zaxirasi esa eng kam bo’ladi. Atomning bunday holati normal holat deyiladi. Agar atomga energiya berilsa, masalan, jism yoritilsa, elektron yadrodan uzoqroqdagi orbitalardan biriga ko’chadi, bunda uning yadroga tortilish kuchi kamayadi, atomning energiya zaxirai esa ko’payadi Atomning bunday holati qo’zg’algan holati deyiladi.
Atom qo’zg’algan holatida sekundiga 1/1000.000 ulushiga qadar vaqt tura oladi, keyin elektron yana avvalgi holatga qaytadi. Elektron yadrodan uzoqroqdagi orbitadan yaqinroq orbitaga qaytadi. Elektronning yadrodan uzoqroqdagi orbitadan yaqinroq orbitaga o’tishida nur energiya kvantlari chiqadi.
2. Atomdagi elektronlarning kvant sonlari

Elektron bulut bu kvant mexanika modeli, atomdagi elektron holatini (harakatini) tavsiflaydi.
Bu modelga muvofiq, juda tez harakatlanayotgan elektron (106-107 m/s) atom o’lchami bilan chegaralangan sohaning istalgan nuqtasida bo’lishi mumkin.
Agar, ma’lum vaqt oralig’ida atomning hamma sohasida elektronni bo’lishi mumkin bo’lgan joylarni nuqtalar bilan belgilasak, bu nuqtalarning to’plamiga elektron bulut deyiladi.

Elektron bulut qat’iy chizilgan chegaraga ega emas va uning zichligi hamma joyda bir tekisda bo’lmaydi.
To’lqin mexanikasi asosida yadro atrofidagi elektronlarning harakati 4 ta kvant sonlari bilan tavsiflanadi.


Yüklə 100,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin