1. Auditning mohiyati va rivojlanish tarixi. Auditning maqsadi, vazifalari va usullari tavsifi



Yüklə 49,43 Kb.
tarix26.09.2023
ölçüsü49,43 Kb.
#149125
ABDULAZIZ AUDIT


Xato va firibgarliklar mavjud xolat va jarayonlarni taxlil qilish
REJA:
1.Auditning mohiyati va rivojlanish tarixi.
2.Auditning maqsadi, vazifalari va usullari tavsifi.
3.O’zbekiston Respublikasining moliyaviy nazorat tizimida auditning tutgan o’rni va fanning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liq jihatlari.
4. Auditning turlari va shakllari tavsifi.
Audit – bu mustaqil malakali mutaxassislar tomonidan korxonaning moliyaviy hisob va u bilan bog’liq moliyaviy axborotlarini me’yoriy hujjatlarga muvofiqlik darajasi to’g’risida xulosa chiqarish maqsadida tadqiq etilishidir. Auditorlik faoliyati va auditorlik kasbining ta’rifi O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunida quyidagicha keltirilgan: Auditorlik faoliyati deganda auditorlik tashkilotlarining auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish va ushbu qonun-ning 17-moddasida nazarda tutilgan professional xizmatlar ko’rsatish borasidagi tadbirkorlik faoliyati tushuniladi. Birinchi ta’rifda auditning tafsiloti keng bayon etilgan bo’lsa, so’ngisida auditorlik faoliyati tekshiruv o’tkazish jarayoni bo’lishidan tashqari professional xizmat ko’rsatish bilan bog’liq tadbirkorlik faoliyati ekanligi ham ta’kidlangan. O’zbekistonda davlat hoqimiyati va boshqaruvi organlariga auditorlik faoliyatini amalga oshirish qonun bilan taqiqlangan. Auditor – auditor malaka sertifikatiga ega bo’lgan jismoniy shaxsdir. Agar auditor auditorlik tashkilotining shtatida turgan bo’lsa yoki auditorlik tashkiloti u bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan bo’lsa, u auditorlik tekshiruvi o’tkazishga jalb etilishi mumkin. Auditor auditorlik tekshiruvini sifatsiz o’tkazganligi, tijorat sirini oshkor etganligi hamda boshqa hatti-harakat-lari oqibatida auditorlik tashkilotiga zarar etkazganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq auditorlik tashkiloti oldida javobgar bo’ladi (3). Shuningdek, Qonunning 4-moddasiga muvofiq «auditor yordamchisi auditor malaka sertifikatiga ega bo’lmagan va auditorlik hisobotida, auditorlik xulosasida, auditorning ekspert xulosasida hamda auditorlik tekshiruvini o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan boshqa rasmiy hujjatda imzo chekish huquqiga ega bo’lmagan tarzda auditorning topshirig’iga binoan auditorlik tekshiruvida ishtirok etayotgan jismoniy shaxsdir». Auditor yordamchisining mehnat shartlari qonun hujjatlarida qayd etilgan tartibda tuzilgan mehnat shartnomasi bilan belgilanadi. Auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan ma’lumotlarni oshkor etmaslik majburiyati auditorning yordamchisiga nisbatan tadbiq etiladi. Auditorning yordamchisi sifatida ishlangan vaqt auditor malaka sertifikatini olish uchun zarur bo’ladigan ish stajiga qo’shiladi. O’zbekistonda auditorlik faoliyati mustaqil yuridik shaxs huquqiga ega auditorlik tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Qonunga ko’ra auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo’lgan yuridik shaxsdir. Hisobot ma’lumotlarining ishonchliligini, birinchi navbatda, buxgalteriya balansi (1-shakl), moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot (2-shakl), shuningdek boshqa hisobotlarning ishonchliligini (yoki tasdiqlamaslik) auditorlik xizmatining eng muhim vazifasi hisoblanadi. Auditorlik tekshiruvlari ishlab chiqarishni rejalashtirish va tashkil etish, korxonadagi tartib, mehnat va texnologik intizomni, tovar-moddiy zahiralarning omborlar va boshqa saqlash joylaridagi hisobi, mulklarning saqlanishi, hisob-kitoblar holati va korxona moliya-xo’jalik faoliyati hamda uning natijalariga sezilarli ta’sir ko’rsatadigan boshqa ko’plab holatlarni qamrab oladi. Shuning uchun auditorlik hisobotida korxona moliya-xo’jalik faoliyati va uning natijalariga bevosita ta’sir-ko’rsatadigan, hamda hisob ma’lumotlari va hisobot ko’rsatkichlari ishonchliligini pasaytirishiga olib keladigan, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etishdagi katta kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar berilishi lozim. Ma’lumki, har qanday voqea, hodisa, buyum qaysi zamonda va makonda paydo bo’lishidan qat’iy nazar ma’lum zaruriyat tufayli yuzaga keladi. Auditga oid manbalarda ta’kidlanishicha, uni quyidagi shart-sharoitlar keltirib chiqargan:  axborot etkazib beruvchilar (ma’muriyat) bilan axborotlardan foydalanuvchilar (davlat organlari, banklar, aktsiyadorlar, kreditorlar) manfaatlarining mos kelmasligi, natijada, ular o’rtasida ziddiyatli vaziyatlar yuzaga kelganida ma’muriyat tomonidan noto’g’ri ma’lumotlar berilishi;  noto’g’ri axborotlarga asoslangan holda xo’jalik qarorla-rining qabul qilinishi natijasida noqulay iqtisodiy ahvolga tushib qolinishi yoki inqirozga yuz tutilishi;  iqtisodiy axborotlarning haqqoniyligini tasdiqlash uchun zarur maxsus bilimlarga ehtiyoj;  axborotlardan foydalanuvchilarda ma’lumotlarni bevosita baholash va sifatini aniqlash uchun maxsus malaka, vaqt va materiallarning etishmasligi va h. k. Mana shu muammolarni hal qilishga yordam beradigan auditorlik xizmatlari shakllana boshladi. Uning asosiy vazifasi axborotlardan foydalanuvchilarga taqdim qilinadigan hisobotlar to’g’risida xolis fikr-mulohazalar bildirishdir. Auditorlar etarli bilim va tajribaga, shuningdek, buxgalteriya hisobi hujjatlari va asoslovchi ma’lumotlarni olish huquqiga ega bo’lganliklari uchun bu vazifani malakali darajada bajaradilar. Bundan tashqari, ular korxona ma’muriyatiga bo’ysunmaydigan va uning tazyiqlaridan holidirlar. Ayrim manbalarga ko’ra buxgalter-auditor kasbi XVII asrning o’rtalarida Evropaning aktsiyadorlik kompaniyalarida aktsiyadorlar, kreditorlar va soliq xizmati xodimlari o’rtasidagi munozarali masalalarni hal qilib berish zarurati tufayli shakllana boshlagan. O’sha paytlarda mustaqil faoliyat ko’rsatib, korxonaning ishlab chiqarish moliya faoliyati to’g’risida aniq xulosa beradigan mutaxassislarga ehtiyoj kuchaygan. Natijada, 1862 yili Angliyada, 1867 yili Frantsiyada, 1937 yili esa AQShda majburiy audit to’g’risidagi qonun qabul qilingan. Hozirgi paytda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda o’zining tashkiliy huquqiy infratuzilmalariga ega bo’lgan audit institutlari faoliyat ko’rsatmoqda. Auditorlik kasbi turli xil mamlakatlarda turlicha nomlanib kelingan. Masalan, Amerikada jamoatchi-buxgalter, Frantsiyada buxgalter ekspert yoki schyotlar bo’yicha komissar, Germaniyada xo’jalik nazoratchisi, yoki kitoblar (Das Buch) nazoratchisi, qator anglo-saksoniya mamlakatlarida kompaniyaning moliyaviy faoliyatini nazorat qiladigan taftishchi kabilar. Auditorlik faoliyatining rivojlanishiga 1929-1933 yillarda jahon iqtisodiy tanazzuli katta turtki bo’ldi. Bu davrda aktsiyadorlik jamiyatlari va boshqa korxonalarning ko’pchiligi inqirozga yuz tutdilar. Natijada hisobotlarni, xususan, balans, foyda va zararlar to’g’risidagi hisobot ma’lumotlarini tasdiqlash tartibini qat’iy belgilash, ularning to’g’riligi va haqqoniyligini mustaqil auditorlar tomonidan tekshirish ehtiyoji yuzaga kelgan . Audit XIX asr o’rtalarida Shotlandiyada ham vujudga kela boshlagan. Ingliz temiryo’lchilari, sug’urta va boshqa investorlar Shimoliy Amerikaga yo’l olishganida ular bilan birga yirik ingliz sarmoyador (kreditor)larining manfaatlarini himoya qiladigan mustaqil taftishchi-auditorlar ham birga borganlar. 1844 yilda Angliyada aktsiyadorlik kompaniyalarining buxgalteriya schyotlarini, aktsiyadorlarga beriladigan hisobotlarni yiliga kamida bir marta mustaqil buxgalterlar tekshiruvidan majburiy o’tkazilishini talab qiladigan qonunlar chiqarilgan. Dastlab auditorlik vazifalari aniq belgilanmagan bo’lib, barcha investorlar, aktsiyadorlar, kreditorlar auditorlarni o’zlarining himoyachisi sifatida qabul qilganlar. Auditorlar haqida ularni aktsiyadorlar oldidagi mas’ul shaxslar deb qarash 1929 yilda «Kompaniyalar to’g’risidagi qonun» chiqarilishi bilan o’zgardi. Ushbu qonunga muvofiq barcha kompaniyalar o’zlarining moliyaviy hisobotlarida foyda va zararlarni majburiy ravishda ko’rsatishlari belgilab qo’yildi. Tarixiy manbalardan ma’lumki, markazlashgan davlatchilikning barpo bo’lishi hamda rivojlanishi natijasida mamlakatni boshqarish uchun hisob, nazorat va moliya ishlariga zaruriyat kuchaygan. Ularning ildizlari insoniyatning uzoq tarixiga borib taqaladi. Masalan, auditorlik professor P. I. Kamishanov ma’lumotlariga ko’ra taxminan eramizdan oldingi 200 yillarda kasb sifatida shakllana boshlagan. Bu paytlarda kvestorlar ya’ni Rim Imperiyasi davrida moliya va sudlov ishlarini olib boruvchi mansabdor shaxslar joylardagi hukumat buxgalterlari ustidan nazorat qilib turganlar. Kvestorlarning hisobotlari Rimga yuborilib, imtihon qiluvchilar tomonidan eshitilgan. «Auditor» lotinchadan «eshituvchi» degan tushuncha ham shundan kelib chiqqan. Demak, «Audit» tushunchasi lotincha bo’lib, «auditing» - aynan tarjimasi «u eshitayapti», «eshituvchi» degan ma’nolarni bildiradi. Amir Temur tuzuklarida ham hisob, moliya va nazorat ishlari mamlakatni boshqarishda muhim vosita bo’lganligi haqida qimmatli ma’lumotlar mavjud. Masalan, «Raiyatdan mol-xiroj olish, mamlakatni tartibga keltirish, uning obodonchiligi, xavfsizligini amalga oshiruvchi kishilar tuzugi»da saltanatni boshqarishda hisob va nazorat ishlari haqi-da shunday deyilgan: «... har o’lkaga uch vazir tayinlashlarini buyurdim. Bulardan biri raiyat uchun bo’lib, undan yig’iladi-gan soliqlarning undirilishini kuzatib, hisobotini olib borsin. Oliq-soliq miqdori, soliq to’lovchilarning nomlarini yozib borsin va raiyatdan yig’ilgan mablag’ni saqlasin. Ikkinchi vazir sipoh ishlarini boshqaradi. Sipohga berilgan va berilishi lozim bo’lgan mablag’ hisobini olib borsin. Uchinchi vazir esa daraksiz yo’qolgan kishilar, kelib-ketib yuruvchilar (sayohatchilar va savdogarlar), har xil yo’l bilan yig’ilib qolgan hosil, aqldan ozganlarning mol-mulki, vorissiz mol-mulkni, qozilar va shayxulislomlarning hukmi bilan olingan jarimalarni tartibga keltirsin». 1 «Sipohga haq taqsimlash tuzugi»da esa o’sha zamonga xos nazorat tizimi haqida quyidagi ma’lumotlar keltirilgan: «Mulk qilib berilgan har bir mamlakatga ikkitadan vazir tayinlasinlar. Biri viloyatdan yig’ilgan molni yozib, raiyat ahvolini tekshirib tursinki, jogirdor fuqaroga jabr zulm etkazib, ularning holini xarob etmasin. U viloyatdan yig’ilgan butun mol ashyolarni kirim daftariga yozishi lozim. Ikkinchi vazir esa (daromad)ning xarj etilgan qismini chiqim daftariga yozsin va (yig’ilgan mollardan) sipohiylarning maoshi uchun taqsim qilsin. Qaysi amirga mulk berilar ekan, uni uch yilgacha o’z holiga qo’ysinlar. Uch yil o’tgandan so’ng uni tekshirib ko’rsinlar. Agar mamlakat obod, raiyat rozi ekan, shu holicha qoldirsinlar. Agar ahvol bunga ters bo’lsa, u viloyatni holisa ga o’tkazib, uch yilgacha o’sha jogirdorga haq berilmasin»
Audit (ing. audit – u eshitadi) – mu-ayyan vakolatlar berilgan shax-slar – auditorlar (auditorlar firmalari) tomonidan xoʻjalik yuritayotgan sub’ektlarning moliyaviy hisobotlari toʻgʻriligini, ular amalga oshirgan mo-liyaviy va xoʻjalik operatsiyalarining mamlakat qonunlariga muvofiqligini tekshirish maqsadlarida oʻtkaziladigan moliya hujjatlari ekspertizasi va tahlili; taftish. Uning ichki A. va tashqi A. turlari bor. Ichki A. boshqaruvning korxona xoʻjalik fao-liyati toʻgʻrisida axborot olish, mene-jerlar hisobotining haqqoniyligini tasdiqlash maqsadlarini koʻzlaydi. Tashqi A. oʻzaro mustaqil tomonlar (kor-xona va auditorlik firmasi) oʻrtasida shartnoma asosida amalga oshiriladi. A.da korxona moliyaviy hisobotining toʻgʻriligiga baho beriladi, uning amaldagi qonunchilikka mos kelishi tasdiqlanadi. A. yoʻnalishiga koʻra umu-miy A. (korxonalar, birlashmalarning tashkiliy-huquqiy shakli hamda mulkchilik turlaridan qat’i nazar), bank A., sugʻurta tashkilotlari A., investitsiya institutlari A. va boshqalarga boʻlinadi (qarang Au-ditorlik xizmati).[1] IIIIIIII
Auditor firmalar odatda aksioner jamiyat yoki kooperativ shaklda faoliyat koʻrsatadi va toʻliq mustaqillikga ega boʻladi. Ular, oʻz ishini har bir mamlakatda yoki xalqaro miqyosda qabul qilingan hisob-kitob va taftish qoidalariga binoan olib boradi. Auditor firma ishida qatnashuvchi taftishchilar auditorlar deb ataladi. Bozor infratuzilmasi va uning qarab chiqilgan unsurlari barcha bozor turlarining faoliyat koʻrsatishi hamda davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishni taʼminlaydi.
Mamlakat iqtisodiyotining har taraflama mustahkam bo‟lishida va gullab yashnasida bilimli,malakali va yuqori manaviy-ma ’ rifiy saviyaga ega bolgan kadrlarni tayyorlash muhim ro’ l o ’ ynaydi. Shuning uchun ham zamon talabiga to‟liq javob beradigan sifatli kadrlar tayyorlash masalasi mamlakatimiz oldida to‟rgan eng dolzarb muommolardan bo‟lib hisoblanadi.. Ushbu muommoni ijobiy hal qilish uchun tayyorlanadigan kadrlarni-talabalarni darslik, o‟quv qo‟llanma va boshqa o‟quv-uslubiy adabiyotlar bilan yetarli darajada taminlash zarur. Shular jumlasiga iqtisodiyotda bo‟lgan yangilik va o‟zgarishlarni hisobga olgan holda va yangi pedagogik texnalogiya metodini qo‟llash asosida tayyorlangan leksiyalar kursi ham kiradi. Leksiyalar kursi talabarni o‟qitishda muhim ta‟lim vositasi bo‟lib hizmat qiladi. Leksiyalar kursi bilan talabalarni ta‟minlash fanni o‟zlashtirish darajasini oshirishda va bilimini mustahkamlashda muhim ro‟l o‟ynaydi. Ushbu zaruriyatdan kelib chiqqan holda “Iqtisodiyot” ta‟lum yo‟nalishi bo‟yicha o‟qiyotgan talabar uchun Iqtisodiy tahlil va audit “” fani bo‟yicha leksiyalar kursi tayyorlandi. Ma‟lumki, iqtisodiy tahlil xo‟jalik faoliyatida mavjud bo‟lgan imkoniyatlarni aniqlashda hamda ularni faoliyatga jalb yetishda,audit esa faoliyatda sodir bo‟lgan hodisa ca jarayonlarning qonun talablariga mos kelishligini nazorat qilishda muhim boshqaruv vositasi bo‟lib hizmat qiladi. Shuning uchun bo‟lgusi mutaxassis-bakalavrlar ushbu fanlarning asoslarini yahshi va puxta o‟zlashtirib-egallab olishi zarur. Shundagina ular iqtisodiy tahlil va audit nazoratini samarali tashqil qilish imkoniyatiga ega bo‟ladilar. Iqtisodiy tahlil fani Iqtisodiy fanlar tarkibiga kiradi. Iqtisodiy tahlil fani ko‟p asrlik tarixga ega. Ushbu fan buxgalteriya hisobi va statistika fanlari asosida vujudga kelgan . Buxgalteriya hisobining paydo bo‟lganiga 550 yildan, Statistikaga 350 yildan,Iqtisodiy tahlilga 130 yildan oshgan. Buxgalteriya hisobi bo‟yicha birinchi asar 15 asrda paydo bo‟lgan. Bu fikrni tasdiqlovchi hujjat bo‟lib, Vendrixt Katrulinning 1458 yilda nashr qilingan “Savdo va xususiy savdogar“ nomli kitobi hisoblanadi1 . 17 asrning o‟rtalarida Angliyada “Siyosiy arifmetika”nomli ilmiy yo‟nalish paydo bo‟ldi,Germaniyada “Davlatshunoslik”maktabi rivojlandi. Siyosiy arifmetika va Davlatshunoslik asosida Statistika vujudga keldi2 .1880- yillarda Rossiyada "Schetovodstvo" jurnali chiqaboshladi. Ushbu jurnalda tahlilning birinchi elementlari paydo bo‟ldi . Shu davrda «Balansshunoslik» fani yuzaga keldi. Shu fan tarkibida tahlilning bazi bir elementlari o‟z aksini topaboshlagan. Shu davrdan boshlab , “ Iqtisodiy tahlil" fani vujudga kelgan deb hisoblanadi. Jamiyatda ishlab chiqarishning taraqqiy etishi bilan bir qatorda moddiy nematlarni yaratuvchilar orasida raqobat ham kuchayib borgan. . Bu jarayon esa o‟z navbatida korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilashni, ya‟ni birinchi navbatda, moliyaviy barqarorligini va to‟lovga qodirligini mustahkamlashni hamda hisob-kitob ishlarining yaxshilanishini taqazo qila boshlaydi. Korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilash va uni mustahkamlash uchun ko‟riladigan chora-tadbirlarni amalga oshirishda balans malumotlari yetarli bo‟lmasdan qoladi. Shuning uchun ham balans bilan bir qatorda ishlab chiqarish faoliyati natijalarini ifodalovchi hisobotlar vujudga kelaboshladi, natijada tahlilning ko‟lami kengaya boshladi. Oqibatda «Hisobot tahlili» paydo bo‟ldi , ya‟ni «Foyda va zararlar» haqidagi hisobot ma‟lumotlari asosida tahlil amalga oshiraboshlandi. O‟zbekistonda iqtisodiy tahlil faniga 20-asrning 60 yillaridan boshlab ahamiyat berilaboshlandi.Unga qadar Oliy va o‟rta maxsus o‟quv yurtlarida darslar boshqa fanlar kabi sobiq ittifoqning markaziy shaharlarida yaratilgan iqtisodiy tahlil fani bo‟yicha olib borilar edi. Bu fanlarda va shu jumladan iqtisodiy tahlil fanida ham O‟zbekistonga xos bo‟lgan hodisa va jarayonlar hamda ularning natijalari o‟z aksini topmas edi.Shunga qoramasdan darslar o‟tilib kelar edi.Ushbu nuqsonlarni tugatish maqsadida O‟zbekistonlik olimlar 20-asrning 60 yillaridan boshlab, barcha fanlar va shu jumladan iqtisodiy tahlil fani bo‟yicha ham jasurlik bilan ijod qilishga kirishdilar. O‟zbekistonda iqtisodiy tahlil fani bo‟yicha qilingan ishlarning lo‟nda mazmuni M.Q. Pardayevning “Iqtisodiy tahlil nazariyasi”darsligida va A.V.Vahobov va boshqalarning “ Moliyaviy va boshqaruv tahlili”darsligida bayon qilingan . Biz shulardan foydalanib, ularning qisqacha mazmunini bayon qildik. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir xo‟jalik yurituvchi sub‟yekt o‟z faoliyatini o‟zi mustaqil ravishda erkin boshqaradi . Bu esa , o‟z navbatida iqtisodiy tahlilning rolini keskin oshiradi . Iqtisodiy tahlil orqali har bir xo‟jalik yurituvchi sub‟yektning ta‟minot, ishlab chiqarish, tijorat va moliyaviy faoliyatlarida mavjud bo‟lgan ichki va tashqi imkoniyatlar aniklanadi va ularni amaliyotga jalb qilish bo‟yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Bular ishlab chiqarishni yanada rivojlanishi va uning samaradorligini oshishiga olib keladi. Boshqaruv jarayonida boshqaruv qarorlarini qabul qilish o‟ta muhim chora bo‟lib hisoblanadi. Qabul qilingan qaror boshqaruv jarayonining asosidir. Buni amalga oshirish uchun o‟rganilayotgan ob‟yektga kompleks yondoshilib, kamchilik va nuqsonlarni tugatish uchun eng maqbul chora-tadbirlar belgilanadi. Mazkur ishlar bevosita iqtisodiy tahlil orqali amalga oshiriladi. Iktisodiy tahlil o‟z vaqtida samarali tashkil qilinsa, qo‟yilgan xato va kamchiliklar hamda yutuqlar va imkoniyatlar aniqlanadi, natijada ularni tugatish, yaxshilash yullari ko‟rsatiladi, oqibatda imkoniyatlardan keng foydalanish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Shu nuqtai nazardan bo‟lajak iqtisodchi-bakalavrlar iqtisodiy tahlilning nazariy, uslubiy va amaliy asoslarini yaxshi o‟zlashtirib olgan bo‟lishlari kerak. Tahlil so’zining ma’nosi nimani anglatadi?Tahlil grekcha – «Analisis» so‟zidan olingan bo‟lib, ajratish, bo‟laklash, parchalash kabi ma‟nolarni anglatadi. To‟liqroq qilib aytganda, u iqtisodiyotda sodir bo‟lgan va bo‟layotgan hodisa va jarayonlarni bo‟laklarga, qismlarga bo‟lib va ajratib o‟rganishni bildiradi Mavjud imkoniyatlarni aniqlash orqali qishloq xo‟jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‟raytirish va ularning sifatini oshirish, tannarx va mehnat sarfini kamaytirish, barcha resurslardan foydalanish darajasini oshirish, oqibatda pirovard natija – foydani ko‟paytirish mumkin. Bu esa, o‟z navbatida, har bir xo‟jalik iqtisodiyotini, qolaversa, mamlakat milliy iqtisodiyotini mustahkamlanishiga sabab bo‟ladi. Shuning uchun ham iqtisodiy tahlilning asoslarini o‟rganish ijtimoiy, iqtisodiy ahamiyat kasb etadi.. .1. Iqtisodiy tahlil metodi va metodijdologik asoslari Metod so‟zi qadimgi grek tilidan olingan bo‟lib, tabiat va jamiyatda sodir bo‟lgan, bo‟layotgan hodisa va jarayonlarni o‟rganish va bilish usuli demakdir. Tabiat va jamiyatda paydo bo‟lgan va bo‟ladigan hodisa va jarayonlar bir biri bilan uzviy bog‟liqlik va aloqada bo‟ladilar. Iqtisodiy jarayonlarning qaysi jihati o‟rganilishidan qat‟iy nazar, ularni bir – biri bilan o‟zaro bog‟liqlikda, aloqada deb qarash lozim. Bu jarayonlarga materialistik dialektika nuqtai nazardian yondoshish kerak, ya‟ni barcha hodisa va jarayonlarga bir- biri bilan uzviy bog‟liqlikda, aloqada va doimiy o‟zgarishda, rivojlanishda deb qarash zarur.. Materialistik dialektika konunlariga asoslangan holda iqtisodiy tahlilda o‟ziga xos maxsus usullar ishlatiladi. Ushbu usullar yig’indisi iqtisodiy tahlil metodi deb ataladi. Uni to‟liqroq quyidagicha tariflash mumkin. Iqtisodiy tahlilning metodologik asoslarini ifodalovchi kategoriyalar quyidagilardir: induksiya va deduksiya, makon va zamon,analiz va sintez,shakl va mazmun,sabab va oqibat,miqdor va sifat. “Olam va odam” tizimida dunyoni anglash, sub‟yekt va ob‟yektlar orasidagi munosabatlar dialektikasi “Bilish nazariyasi” orqali namoyon bo‟ladi. Bilish nazariyasi orqali jamiyatda sodir bo‟lgan va bo‟layotgan hodisa va jarayonlarning o‟zaro aloqasi va bog‟liqligi, harakati va o‟zgarishi o‟rganiladi, baho beriladi hamda ular orasidagi qonuniyatlar ochilib, xulosalar chiqariladi. Bilish nazariyasi barcha fanlar uchun ham nazariy, ham uslubiy asos bo‟lib xizmat qiladi. Iqtisodiy tahlil natijalari tahlilning yakuniy bosqichida umumlashtirilgan holda rasmiylashtiriladi, xulosalar qilinadi va takliflar beriladi. Tahlil xo‟jalik faoliyatining natijalarini umumlashtirishda o‟zaro bog‟liqlik va uslubiy ketma-ketlik saqlangan holda ,korxona biznes-rejasini bajarilishi, tabiiy, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslari hamda tadbirkorlik faoliyatidan foydalanish darajasiga baho beradi,Yo‟l qo‟yilgan kamchiliklar va ularning sabablari, ichki imkoniyatlar va ulardan ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida foydalanish bo‟yicha takliflar va tavsiyalar beriladi. Xulosada barcha erishilgan yutuklar bilan bir qatorda yo‟l qo‟yilgan kamchiliklar, ularning sabablari va qanday oqibatlarga olib kelganligi ko‟rsatiladi. Bularning hammasi ma‟lumotnoma (bayonnoma)da o‟z aksini topadi. Mahsulot sifati ma‟lum ko‟rsatgichlar yordamida ifodalanadi. Masalan, paxtaning sifati uning navlari bilan, donning sifati uning sinflari bilan, qoramol go‟shtining sifati semizlik kategoriyalari (yuqori, o‟rta, o‟rtadan past va oriq kategoriyalari) bilan, sutning sifati uning yog‟lilik darajasi bilan ifodalanadi. Shunday tasnifiy belgilar boshqa qishloq xo‟jalik mahsulotlarida ham mavjud. Mahsulot sifatining oshgan yoki kamayganligini aniqlash uchun avvalo uning sifatini ifodalovchi o‟rtacha ko‟rsatkichni (koeffisiyentni) hisoblab olish zarur.O‟rtacha koeffisiyentlar yordamida mahsulot sifatining dinamikasini (yoki rejasining bajarilishini) qiyoslash orqali tahlil qilinadi. Mahsulot sifatining oshishi o‟z navbatida sotilgan mahsulot miqdori va hajmining oshishiga hamda foydaning ko‟payishiga va rentabellik darajasining oshishiga olib keladi. Mahsulot sifatining oshishi unga bo‟lgan talabning oshishiga sababchi bo‟ladi. Mahsulot sifatining oshishi bozorda raqobat kurashida yutib chiqish yoki o‟z mavquyeini ushlab turish imkoniyatini yaratadi. Sifatli mahsulot bozorda yuqori baholarda sotilib, qo‟shimcha daromad olib kelish manbaiga aylanadi. Buxgalter-auditorlarning professional tashkilotlari jahonning ko’p mamlakatlarida tuzilgan. Jumladan Buyuk Britaniyada Angliya va UELS mamlakatlarida mustaqil buxgalterlar instituti tashkil qilingan bo’lsa, AQShda diplomli va diplomsiz jamoatchi buxgalterlarning buxgalterauditorlar jamiyati, Germaniyada Auditorlar palatasi va Auditorlar instituti faoliyat ko’rsatmoqda. Barcha auditorlik firmalari, xizmatlari o’z faoliyatlarida «Xalqaro audit normalari va qo’shimcha ishlar Nizomi» dan foydalanadilar. Xalqaro audit normalari normativi 29 ishdan iborat bo’lib, unga yana 4 ta qo’shimcha ishlar normativlari ham kiritilgan. Tashqi audit bilan birga ko’pchilik korxonalarda ichki audit yo’lga qo’yilgan bo’lib, ular ishlab chiqarish xarajatlarining darajasi, rentabellik, tejamkorlik, maqbul rejimga rioya qilish va ko’rsatiladigan xizmatlarning yuqori sifatliligi ustidan nazorat qiladilar. Firmalarning, shu jumladan auditorlik firmalarining ham bozorda mustahkam o’rin topishida ularning mahsulot (ish, xizmat)larining sifati muhim ahamiyatga ega. Ichki audit transnatsional firmalar ishlab chiqarish-moliya faoliyatining muhim omilidir. Masalan, «Istmen Kodak» oliy sifatli sport mollari sotish va xizmat ko’rsatish bo’yicha jahonda etakchi o’rin egallaydi. Unda ichki auditning tashkil qilinganiga 60 yildan oshgan. Uning uchun mas’uliyat Rochester (Nyu-York shtati) dagi umumiy audit bo’limiga yuklangan. Har bir korxona va har bir tadbirkor ular xo’jalik yuritadigan sohada amalga oshiriladigan muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish zarurati bilan to’qnashadilar. Ammo audit nima ekanligini hali ko’pchilik tushunib etgan emas. Audit mamlakatimizdagi xo’jalik faoliyatini nazorat va iqtisodiy tahlil qilishning nisbatan yangi yo’nalishidir. Agar Јarb mamlakatlarida audit 150 yildan buyon ma’lum bo’lsa, O’zbekistonda esa, mustaqil faoliyat sohasi sifatida xo’jalik yuritishda davlat monopoliyasidan voz kechish va bozor iqtisodiga o’tish natijasida shakllana boshladi. Shuning uchun auditorlik faoliyati rivojlangan mamlakatlar tajribasini o’rganish zarurdir. Ta’kidlash joizki, oldin ham mamlakatimizdagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda xo’jalik faoliyatini nazorat va taftish qilish amalga oshirilgan. Ammo, nazorat va taftish bilan audit tushunchalari bir-birlariga yaqin bo’lsa ham, ularni bitta narsa deb tushunish to’g’ri emas. Auditorlik bizning tushunchamizdagi xo’jalik faoliyatining tahlili, hujjatli to’liq taftish, balans schyotlarini tekshirish yoki aytaylik, sud-buxgalterlik ekspertizasi emasligiga qaramasdan, auditorlar o’z xizmat vazifalarini amalga oshirish chog’ida yuqorida sanab utilgan ishlar tartibi va hisob hamda nazorat-tahliliy amaliyotning boshqa sohala-ridan foydalanadilar. Audit tushunchasi nazorat va taftish tushunchalariga qaraganda kengroq, chunki u nafaqat moliyaviy ko’rsatkichlar to’g’riligini tekshirishni, balki xarajatlarni maqbullashti-rish va qonuniy asosda foydani ko’paytirish maqsadida xo’jalik faoliyatini yaxshilash bo’yicha takliflar ishlab chiqishni o’z ichiga oladi. Auditni biznesni o’ziga xos ekspertiza qilish deb ta’riflash mumkin. Bunda buxgalteriya hisobi va ichki xo’jalik nazorati shartnoma asosida amalga oshirilib, moliyaxo’jalik muomalalarining qonunchilikka muvofiqligi tekshiriladi (ya’ni hisobot ko’rsatkichlarining haqqoniyligi nazorat qilinadi). Shuningdek, noo’rin xarajatlarga yo’l qo’ymaslik maqsadida ekspert konsultatsiyasi o’tkaziladi. Biznes bo’yicha ekspert vazifalarini bajarish uchun auditor keng bilim, mahorat va tajribaga ega bo’lishi lozim. Bizning mustaqil mamlakatimizda auditning dunyoga kelishi va auditorlik firmalarining barpo etilishi asosan, aktsiyadorlik jamiyatlari, qo’shma korxonalar va tijorat banklarining tashkil etilishi bilan bog’liq bo’lib, ularning hisobotlari auditor xulosasiz rasmiy maqomga ega bo’la olmaydi. Auditning o’ziga xos predmeti va ob’ektlari mavjud. Audit maxsus fan sifatida ma’lum maqsadga qaratilgan va bir qancha vazifalarni bajaradi. Auditning perdmeti xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, ularning faoliyatlari hisoblanadi. Ma’lumki korxonalar o’z ustavlariga asosan faoliyat yuritadilar. Ushbu faoliyat jarayonida moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan foydalaniladi. Korxonalarning aktivlari doimiy ravishda daromad, foyda olishga qaratilgan bo’ladi. Lekin, ushbu natijalarga faqat qabul qilingan qonun-qoidalarga to’liq amal qilgan holda erishish mumkin. Korxonalar o’z faoliyatlarida me’yoriy hujjatlarga, qabul qilingan qoidalarga rioya qilishlari shart. Har bir korxona o’zining hisob siyosatini belgilaydi va unga asosan hisob-kitoblarni yuritadi. Audit paytida korxona faoliyatining qabul qilingan qonunlarga monandligi, hisob ma’lumotlarining korxona moliyaviy-xo’jalik ko’rsatkichlariga muvofiqligi tekshiriladi. Auditning predmeti taftishdan o’laroq korxonaning faqat bir faoliyat turi yoki birgina ko’rsatkichi bo’lishi mumkin. Misol uchun, savdo faoliyati, ishlab chiqarish faoliyati yoki bo’lmasa pul mablag’lari, tovarlar, qimmatbaho qog’ozlar, valyuta operatsiyalari va boshqalar. Auditning predmetiga korxona moliyaviy hisobotning to’g’riligi, hisob siyosatiga, soliq siyosatiga to’liq amal qilinishlikni tekshirish ham kiradi. Auditning aniq predmeti yoki ob’ekti mijoz bilan tuzilgan shartnomaga bevosita bog’liq bo’ladi. Bozor sharoitida turli mulkka asoslangan korxona va firmalarning faoliyatlari birbiridan farq qiladi. Ularning so’nggi moliyaviy natijalari ham turli operatsiyalar va omillar tufayli shakllanadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining qabul qilingan qonun-qoidalarga monandligini ekspertiza qilish, baholash, asosli xulosalarga kelish va tavsiyalar berish auditordan ko’p bilim va saviyani talab qiladi. Audit natijasida ishonchli xulosaga kelish ushbu jarayonda qo’llaniladigan usullarga bevosita bog’liqdir. Ushbu usullarning turi ham ko’p. Audit uslubining asosida mantiqiy mulohaza, ilm-fan yutuqlari, xo’jalik jarayonining o’zgaruvchanligi yotadi. Korxonalar faoliyatidagi operatsiyalar tufayli mablag’lar bir shakldan boshqa shaklga o’zgarib turadi. Ushbu jarayon natijasida korxona samara (naf) olishi kerak. Bu samara, o’z navbatida qabul qilingan qonun-qoidalarga to’liq amal qilingan holda erishilgan bo’ladi. Noqonuniy operatsiyalar mijozlarga faqat zarar keltiradi, xolos. Audit jarayonida iqtisodiyotimizga xos bo’lgan xalqaro amaliyotda keng foydalaniladigan usullar qo’llaniladi. Auditor audit usullarini mustaqil ravishda belgilaydi va qo’llaydi. Ushbu usullar tarkibi auditning predmeti, maqsadi va vazifalariga bevosita bog’liqdir. Auditor tekshirish jarayonida me’yorlashtirish, baholash, guruhlash usullaridan ham foydalaniladi. Audit usullari har bir hodisaning kelib chiqish sabablari, ularning oqibatlari, ho’jalik jarayonlarining qonun-qoidalarga (mezonlarga) muvofiqligini aniqlashga yordam berishi kerak. Auditorlik faoliyatining rivojlanishi tufayli uning uslubi, unda qo’llaniladigan usullar ham takomillashib boraveradi. Keyingi paytlarda maxsus adabiyotlarda auditning quyidagi usullariga katta e’tibor berilmoqda: xodimlar (yoki uchinchi shaxslar) bilan og’zaki so’rovlar o’tkazish, tekshirilayotgan korxona bo’yicha muqobil (alternativ) balans tuzish, audit ob’ektlari bo’yicha testlar anketalar o’tkazish, kompyuter axborotlari texnolgiyalaridan keng foydalanish kabi usullar. Shuni ham qayd qilish kerakki, auditorlar (auditorlik tashkilotlari) audit jarayonida qabul qilingan umumiy (an’anaviy) usullardan foydalanish bilan bir qatorda ular o’zlariga ma’qul bo’lgan yoki boshqalar uchun “tijorat siri” hisoblangan noan’anaviy (lokal) usullardan ham foydalanishlari mumkin. Audit o’tkazishda milliy va xalqaro audit standartlariga asoslanadi. Shunday qilib, auditda qo’llaniladigan usullar uning turi, maqsadi va vazifalariga bevosita bog’liq bo’ladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish, davlat mulkini xususiylashtirish natijasida moliyaviy mexanizm va moliyaviy tizimni tashkil etish talabini qo’yadi. Natijada ushbu sharoitda moliyaning o’zi kabi moliyaviy nazoratning xam maqsad va vazifalari, shakllari tubdan o’zgardi. Endi u faqatgina jazolovchi organ sifatida emas, balki davlatning o’z vazifalarini bajarish uchun zarur bo’lgan mablag’larning to’liq to’planishi, byudjet mablag’laridan maqsadga muvofiq samarali xarajat qilishni nazorat qilish, maslahat va ko’rsatmalar berish kabi vazifalarni bajarmokda. Iqtisodiyotning markazlashmagan tizimga o’tishi, O’zbekiston Respublikasi mulklarini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish natijasida moliyaviy nazoratning roli yanada oshadi. O’zbekiston Respublikasi rahbariyati tomonidan davlat nazoratini tashkil etish muammosiga qayta qurish jarayonida juda katta e’tibor berilmoqda va quyidagi me’yoriy xuquqiy xujjatlar qabul qilindi: O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 13 yanvar №504-XII “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O’zbekiston Respublikasi davlat nazorati qo’mitasini tashkil etish to’g’risida”gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabr № 734-XII “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonuni, mazkur Qonunning yangi tahriri O’zbekiston Respublikasi 2000 yil 26 maydagi 78-II son Qonuniga muvofiq tasdiqlangan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 16 fevral “O’zbekiston Respublikasida davlat nazorati tizimini takomillashtirishning ayrim choralari to’g’risida”gi Farmoni, 1996 yil 8 avgustdagi “Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlarning faoliyatini muvofiqlashtirishni akomillashtirish to’g’risida” kabi hujjatlar qabul qilinib, amaliyotga joriy etildi. Ushbu ishlar yana davom ettirilib, 2000 yildan xozirgi davrgacha O’zbekiston Respublikasi moliyaviy nazoratni amalga oshirish bo’yicha ko’plab qonunchilik aktlari qabul qilindi. (O’zbekiston Respublikasi “Byudjet tizimi to’g’risidagi”, “Davlat byudjetining g’aznachilik ijrosi to’g’risida”gi Qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 13 dekabrdagi №PQ-3161 Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 15 noyabrdagi Qarori va boshqalar) . Amalga oshirish bilan bog’liq munosabatlarni quyidagicha guruhlash mumkin: Xo’jalik sub’ektlarining faoliyatini davlat nazorati O’zbekiston Respublikasini 1998 yil 24 dekabr №717-1 “Xo’jalik sub’ektlari faoliyatini davlat nazorati to’g’risida”gi Qonuni asosida tartibga solinadi; Davlat nazoratini prokuror nazorati tomonidan amalga oshirilishi tegishli qonunchilik asosida tartibga solinadi; Davlat nazoratini soliq tekshiruvlari yo’li bilan amalga oshirish tegishli soliq qonunchiligi tomonidan belgilanadi. Lekin O’zbekistonda moliyaviy nazoratni tashkil etishga alohida e’tibor qaratilganligi bilan umumiy qabul qilingan jahon amaliyotiga to’liq mos keltirish bo’yicha tegishli ishlarni amalga oshirish lozim. Moliyaviy nazorat tizimi o’z tarkibida - sub’ektlar (nazorat qiluvchilar), ob’ektlar (nazorat qilinuvchilar), nazoratning usul va vositalarini birgalikda jamlaydi. Moliyaviy nazoratning maxsus uslublari: doimiy monitoring-kuzatuv, markazlashgan topshiriqlar bo’yicha tekshirish, xarajatlar smetasining ijrosi yuzasidan hujjatli taftish, xo’jalik faoliyati tahlili singari birmuncha xususiy uslublarga bo’linadi. Oraliq vazifalarni bajarish uchun hujjatlarni muqobil tekshirish, pul mablag’lari va moddiy boyliklarni ro’yxatga olish, miqdor hisobni tiklash va boshqalardan foydalaniladi. Moliyaviy nazorat, shuningdek, majburiy va o’z tashabbusiga ko’ra amalga oshirilishi mumkin. Nazorat samaradorligiga rasmiy va mantiqiy, hujjatlar va faktlar asosidagi tekshirishlar kabi xilma-xil usullarni qo’shib foydalanish orqali erishiladi. Bundan tashqari, byudjet ijrosining nazorati to’liq yoki qisman, kompleks yoki mavzuli, yoppasiga yoki tanlab o’tkaziladigan nazorat turlariga bo’lish tekshirish hajmi, yoki tekshirilayotgan ob’ektning to’liq qamrab olinishiga bog’liq. O’zbekiston Respublikasi ham moliyaviy nazorat sohasida jahondagi rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda, ularda mavjud bo’lgan moliyaviy nazorat tizimiga o’tish borasida muhim bo’lgan ishlar amalga oshirilmokda. Jumladan, har tomonlama xolis bo’lgan, ijroiya hukumatiga emas, balki qonun chiqaruvchi davlat organiga bo’ysunuvchi O’zbekiston Respublikasi hisob palatasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 21 iyundagi PF-3093 sonli «O’zbekiston Respublikasi hisob palatasini tashkil etish to’g’risida»gi farmoniga asosan tashkil etildi. Davlat moliyaviy nazoratining sub’ektlari bo’lib, nazorat qilishga vakolati bo’lgan Davlat hokimiyati organlari, birinchi navbatda, qonunchilik, hukumat ijro va boshqaruv organlari hisoblanadi. O’zbekistonda ularga O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, O’zbekiston Respublikasi Prezident Devoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa davlat boshqaruv organlari kiradi. a) O’zbekiston Respublikasi hisob palatasi Davlat moliyaviy nazoratining yuqori organi O’zbekiston Respublikasi hisob palatasi hisoblanib, uning tomonidan Davlat byudjeti ijrosi, Davlat maqsadli va boshqa byudjetdan tashqari fondlar byudjetining tashqi nazoratini amalga oshiradi hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga bevosita bo’ysunadi va hisobdor hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi hisob palatasi davlat byudjeti bajarilishi nazoratini amalga oshiradi: - Davlat byudjeti, davlatning maqsadli va boshqa byudjetdan tashqari fondlari loyihasini ko’rib chiqadi, ma’qullanganda u bo’yicha tegishli xulosa beradi; - Davlat byudjeti, davlatning maqsadli va boshqa byudjetdan tashqari fondlarining ijrosi natijalari bo’yicha hisobotni ko’rib chiqadi, ma’qullanganda u bo’yicha tegishli xulosa beradi; - Davlat byudjeti, davlatning maqsadli va boshqa byudjetdan tashqari fondlarining bajarilishini, shu bilan birga, soliq va bojxona organlarini, davlat maqsadli fondlarini taqsimlovchi organlar faoliyatining monitoringini amalga oshiradi; - Byudjet mablag’larining harakati to’g’risida qonunchilik doirasida bankdan ma’lumot oladi; - Moliya organlari, g’aznachilik bo’limlari, byudjetdan mablag’ oluvchilar va xo’jalik sub’ektlari moliya-xo’jalik faoliyatini tekshiradi hamda taftish o’tkazadi; - Qonunchilikda ko’zda tutilgan boshqa vakolati doirasida faoliyat ko’rsatadi. O’zbekiston Respublikasi hisob palatasi yilning har choragida Davlat byudjeti, davlatning maqsadli va boshqa byudjetdan tashqari fondlarining bajarilishi natijalarini ko’rib chiqadi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim qiladi. b) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi taqdim qilgan Davlat byudjeti ijrosini yilning har choragida ko’rib chiqadi. v) O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi va boshqa moliya organlari Davlat byudjetining ijrosi nazoratini amalga oshiradi: - turli darajadagi byudjet ijrosi natijalarini ko’rib chiqadi; - soliq va bojxona organlari, davlat maqsadli fondlari taqsimlovchi organlardan turli darajadagi byudjetlar mablag’larining kelib tushishi to’g’risida axborotlar oladi; - davlat byudjeti mablag’lari va byudjetdan tashqari mablag’lar hisobidan byudjet mablag’lari oluvchilari yuridik majburiyatlarini ro’yxatdan o’tkazish orqali (G’aznachilik) dastlabki nazoratni amalga oshiradi; - byudjetdan mablag’ oluvchilar moliyaviy majburiyatlarining hisobini yuritish orqali (G’aznachilik) va ularning nomidan mol etkazib beruvchilar tovar (bajarilgan ish, ko’rsatilgan xizmatlar) uchun ularning schyotiga bevosita pul o’tkazish orqali yoki boshqa ko’zda tutilgan maqsadlar uchun (ish haqi, majburiy to’lovlarni to’lash va boshqalar) to’lovni amalga oshirish orqali joriy nazoratni amalga oshiradi; - qonunchilikka ko’ra bankdan byudjet mablag’larining harakati to’g’risida ma’lumot oladi; - o’zining vakolati doirasida taftish o’tkazadi va byudjetdan mablag’ oluvchilar moliya-xo’jalik faoliyatini tekshiradi;
Yüklə 49,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin