Ma’lumotlar bazasi. U qarorlarni qabul qilishni qo’llab-quvvatlashning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarida muhim rol o’ynaydi. Ma’lumotlar bevosita foydalanuvchi tomonidan matematik modellar yordamida hisob ‒ kitoblar uchun foydalanilishi mumkin. Ma’lumotlar manbalari va ularning o’ziga xos xususiyatlarini ko’rib chiqamiz.
1) Ma’lumotlarning bir qismi axborot tizimidan operatsiyaviy darajaga kelib tushadi. Ulardan samarali foydalanish uchun bu ma’lumotlar oldindan qayta ishlanishi lozim. Buning uchun ikki imkoniyat mavjud:
• firma operatsiyalari haqidagi ma’lumotlarni qayta ishlash uchun qaror qabul qilishni qo’llab-quvvatlash tizimi tarkibiga kiruvchi ma’lumotlar bazasining boshqaruv tizimidan foydalanish lozim;
• ma’lumotlarning maxsus bazasini yaratgan holda qaror qabul qilishni qo’llab-quvvatlash tizimidan tashqarida qayta ishlashni amalga oshirish.
Bu variant ko’p miqdorda tijorat operatsiyalarni amalga oshiruvchi firmalar uchun to’g’ri keladi. Firma operatsiyalari haqidagi qayta ishlangan ma’lumotlar fayllarini hosil kiladi, ular kirishga ishonchlilik va tezlikni oshirish uchun qarorlarni qabul qilishni qullab-quvvatlash tizimidan tashqarida saqlanadi.
2) Firma operatsiyalari haqidagi ma’lumotlardan tashqari, qaror qabul qilishni qo’llab-quvvatlash tizimi ishlashi uchun boshqa ichki ma’lumotlar, masalan, xodimlarning harakatlanishi haqidagi ma’lumotlar, muhandislik ma’lumotlari va hokazolar talab etiladi, ular o’z paytida to’planishi, kiritilishi va ishlanishi lozim. .
3) Boshqarishning yuqori darajalarida qaror qabul qilishni qo’llab-quvvatlash uchun tashqi manbalardan olinadigan ma’lumotlar ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Raqobatchilar, milliy va dunyo iqtisodiyoti haqidagima’lumotlarni zarur tashqi ma’lumotlar qatoriga qo’shish mumkin. Ichki ma’lumotlardan farqli ravishda, tashqi ma’lumotlar odatda ularni yig’ishga ixtisoslashgan tashkilot tomonidan sotib olinadi.