1. axborot va uning ahamiyati mavzular



Yüklə 393,6 Kb.
səhifə58/58
tarix27.12.2023
ölçüsü393,6 Kb.
#200338
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Kitob (Lotincha)

Ob havo ma’lumotlari. Respublika barcha viloyatlari va Toshkent shahri hamda halqaro miqyosda ob - havo haqidagi ma’lumotlarni quyidagi, O‘zbekistonda yaratilgan veb sahifalardan aniqlash mumkin. ob-havo.uz; www.pogoda.uz ; www.meteoprog.uz.
Ob-havo prognozi bo‘yicha eng to‘liq ma’lumotlarni www.meteoprog.uz veb sahifasidan olish mumkin. Sahifa dizayni ham foydalanuvchilar uchun juda qulay.

Yangiliklar. O‘zbekiston Respublikasida faoliyatlari dorasida olib borilayotgan asosiy yangiliklar majmuasini uza.uz, gov.uz hamda desk.uz veb saytlari orqali topish mumkin. Ushbu veb sahifalarda Davlat boshqaruv va xo‘jalik yurituvchi organlar veb sahifalari orqali ko‘rsatiladigan interaktiv xizmatlari, ular faoliyati haqidagi yangiliklar, xabarlar mavjud.
Tele va radioeshittirish dasturlari. O‘zbekiston milliy teleradio kompaniyasi ma’lumotlari va teledasturlar jadvalini hamda ularning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarni quyidagi veb sahifalardan olishingiz mumkin. www.mtrk.uz;
Ish o‘rinlar birjalari. Respublika doirasida bo‘sh ish o‘rinlarini topish, aniqlash va muloqat o‘rnatish quyidagi veb sahifalar orqali amalga oshirilishi mumkin. www.myjob.uz, www.vakansi.uz bu saytlardan siz ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlarni va Siz, o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotlarni to‘ldirib jo‘natishingiz va javob olishingiz mumkin.
Sport yangiliklari. Respublika va xalqaro sport musobaqalari, ularning o‘tkazilish jadvallari va holatlari haqidagi ma’lumotlarni quyidagi veb sahifalardan qidirish mumkin: www.uff.uz; www.the-uff.com; www.paxtakor.uz; www.bunyodkor.uz; www.fifa.com. Bu saytlardan O‘zbekiston futboli va jaxon futboli yangiliklarini olishingiz mumkin. www.allsportsites.net bu saytdan esa sport turlari reytingi yangiliklari haqidagi ma’lumot olishingiz mumkin.
Sportal.uz sport yangiliklari

Davlat boshqaruv va xo‘jalik yurituvchi organlar veb sahifalari orqali ko‘rsatiladigan interaktiv xizmatlar.
Interaktiv davlat xizmati – idoralar tomonidan idoralarning axborot tizimlari vositasida telekommunikatsiyalar tarmog‘i orqali jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ko‘rsatiladigan xizmatlar.
Interaktiv davlat xizmati quyidagi shakllarda ko‘rsatiladi:

  • umumiy foydalaniladigan axborotni e’lon qilish (tarqatish) - tegishli axborot tizimlari, shu jumladan Internet orqali davlat axborot resurslaridan foydalanish bo‘yicha xizmatlarni realizatsiya qilish;

  • bir tomonlama o‘zaro hamkorlik - elektron shakldagi hujjatlarning har xil formulyarlaridan foydalanish imkoniyatini berish;

  • ikki tomonlama axborot ayirboshlash - so‘rov bo‘yicha qabul qilish, tahlil (ko‘rib chiqish) va javob yuborishni o‘z ichiga oladigan idora xizmatlari (buyurtmanomalar va murojaatlarni taqdim etish, ularni qayta ishlash natijalarini taqdim etish va/yoki berish);

  • elektron shakldagi ma’lumotlar to‘liq ayirboshlanishini amalga oshirish, shu jumladan xizmatlar ko‘rsatish va ularga haq to‘lash shaklida ko‘rsatilishi mumkin.

Bugungi kunda davlat organlarining veb-saytlari orqali aholiga interaktiv davlat xizmatlari asosida 384 turdagi interaktiv xizmatlar ko‘rsatiladi.
Quyidagi veb sahifalardan Davlat boshqaruv va xo‘jalik yurituvchi organlar veb sahifalari orqali ko‘rsatiladigan interaktiv xizmatlari, ular faoliyati haqidagi yangiliklar, xabarlarni topish mumkin.

  • O‘zbekiston Respublikasi xukumatinnig portali. http://www.gov.uz

  • O‘zbekiston Respublikasi xukumatinnig portali. http://www.aci.uz







Yüklə 393,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin