1. axborot va uning ahamiyati mavzular


Kompyuterda multimedia (audio, video) ma’lumotlarini namoyish etish



Yüklə 393,6 Kb.
səhifə8/58
tarix27.12.2023
ölçüsü393,6 Kb.
#200338
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   58
Kitob (Lotincha)

Kompyuterda multimedia (audio, video) ma’lumotlarini namoyish etish. Kompyuter hozirgi kunda hisoblashlarni bajaribgina qolmay, balki musiqa va video ma’lumotlarni ham qayta ishlash va namoyish qilish imkoniyatiga ega.
Kompyuterda musiqa tinglash uchun kompyuterga qo‘shimcha karnay (kolonka) yoki quloqqa taqiladigan maxsus uskuna ulangan bo‘lishi talab qilinadi. Shundan so‘ng musiqalarni namoyish etishga mo‘ljallangan maxsus dastur (Winamp) yordamida musiqa tinglash mumkin. Hozirgi kunda kompyuterlarda musiqalarning MP3 formati keng tarqalgan.
Kompyuterlarda video namoyishi uning ekrani orqali amalga oshiriladi. Bunda videofilmlarni namoyish etishga mo‘ljallangan maxsus dasturlar (Media player) yordamida filmlarni kompyuter ekranida tomosha qilish va uning ovozini karnaylar orqali eshitish mumkin. Hozirgi kunda kompyuterlarda video ma’lumotlarning MPG va AVI turlari keng tarqalgan.
Musiqalar va videolar odatda kompakt disklar yordamida tashiladi va ularda saqlanadi. Disklardagi musiqa va videolar esa kompyuterning disk o‘quvchi qurilmasi yordamida namoyish etiladi.
Kompyuterning salbiy va ijobiy tomonlari. Kompyuterdan foydalananish bo‘yicha ma’lum meyorlar, qoidalar va talablar mavjud. Bunga kompyuterning joylashishi, xonaning yorug‘ligi, havo almashishiga bo‘lgan talablar va texnika xavfsizligi qoidalari kiradi. Kompyuter ishlash vaqtida o‘zidan elektromagnit to‘lqinlarni tarqatadi, bu esa o‘z navbatida kompyuterdan uzoq vaqt foydalanilganda inson sog‘lig‘iga zarar etkazadi. Kompyuterning noto‘g‘ri joylashishi foydalanuvchining tanasi tuzilishiga, kompyuter joylashgan xonaning yorug‘lik darajasi esa kompyuterning foydalanuvchi ko‘rish qobiliyatiga ta’sirini belgilaydi. Maktab yoshigacha bo‘lgan foydalanuvchi kompyuter bilan 15-20 minut ishlashi mumkin. Maktab yoshidagi 1-2 soat oralig‘ida kompyuterda ishlashi mumkin. Kattalar esa bir ish kuni davomida 3-4 soat atrofida ishlashi mumkin.


3. ALOQA VOSITALARI VA MOBIL ALOQA TEXNOLOGIYALARI
Mavzular:

  • Mobil telefon va mobil aloqa muhiti;

  • Mobil aloqa xizmati operatorlari;

  • Mobil aloqa hizmatlari: so‘zlashuv, mobil internet va pochta;

  • Mobil aloqa vositalari: Smartphone, iphone va planshetlar;

  • Mobil aloqa vositalari yordamida axborot almashish: Bluetooth, SMS va MMS;

  • Mobil telefonlardan foydalanish va axborot almashish madaniyati.


Yüklə 393,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin