Oliy ta’lim muassasalari kasb hunar kollejlari va akademik litseylarning hamda maktablarning kompyuter tarmoqlari, ular asosida echiladigan masalalar. Oliy ta’lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar va maktablarning kompyuter tarmoqlari hamda ular asosida echiladigan masalalar quyidagilardan iborat:
axborotni tashkil qilish va izlab topish;
zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida axborot va bilimlarni almashishga imkoniyatini yaratish;
fanlardan bilimlarini chuqurlashtirish uchun qo‘shimcha ma’lumotlarni tarmoqdan qidirish;
talabalrning fanlardan mustaqil ishlarni bajarish;
elektron kutubxonadagi manbalardan foydalanish;
masofaviy ta’lim olish;
hisobotlar tayyorlash va uzatish;
elektron hujjat almashishni tashkil qilish;
talabalar ota-onalari farzandlarining o‘zlashtirishi va davomatini kuzatib borish.
Bundan tashqari hozirgi kunda Respublikamizda ta’lim muassasalarining ta’lim tarmog‘i yaratilgan. Ziyonet axborot-ta’lim tarmog‘i barcha ta’lim muassasalarining axborot resurslarini o‘zida jamlagan. Hozirgi kunda barcha o‘qituvchilar, o‘quvchilar va talabalar ushbu tarmoqdan foydalanish imkoniyatiga ega. Ziyonet axborot-ta’lim tarmog‘i axborotlarni joylashtirish, toifalash, guruhlash hamda ularni qidirib topish imkoniyatini taqdim etadi.
5. INTERNET TARMOG‘I VA UNING AHAMIYATI Mavzular:
Internet tushunchasi;
Global tarmoq tushunchasi;
Internet tarmog‘ining tuzilishi;
Internetga bog‘lanish;
Telefon liniyasi orqali Internetga ulanish;
Mobil aloqa vositalari yordamida Internetga ulanish;
Modem tushunchasi va uning vazifasi;
O‘zbekiston Respublikasidagi Internet tarmog‘ining rivojlaniish;
Internet tarmog‘ining vazifasi va undan foydalanish maqsadlari.