8. ELEKTRON POCHTA XIZMATI VA UNING IMKONIYATLARI Mavzular:
An’anaviy pochta xizmati;
Elektron pochta xizmati va uning afzalliklari;
Xabar va pochta qutisi tushunchalari;
Xabarlarning turlari;
Elektron pochta manzili;
Xabarlarni uzatish va qabul qilish;
Xabarlarni ko‘pchillikka yuborish;
Spam tushunchasi, spamlarning turlari va ularga qarshi kurashish;
Filtrlar va qora ro‘yxat;
Milliy elektron pochta xizmatlari;
Xalqaro pochta xizmatlari: mail.ru, gmail.com, yahoo.com;
Elektron pochtadan foydalanish va elektron xabarlarni almashish madaniyati.
An’anaviy pochta xizmati.An’anaviy pochta xizmati bizga ma’lum bo‘lgan va har bir shahar va markazlarda joylashgan pochta aloqasi korxonalari orqali amalga oshiriladi. Bunda jo‘natilishi rejalashtirilayotgan xat maxsus konvertga solinib, yuboruvchi va qabul qiluvchining indeksi, manzili va kimga mo‘lljallanganligi yoziladi. Shu ma’lumotlarga asoslangan holda pochta korxonasi kelgan xatni markaziy pochta korxonasiga yuboradi va u erda saralanib tegishli manzilga eltib berishni ta’minlaydi. Kamchiligi shundaki yuborilgan xabar yoki xat manzil uzoqligiga qarab kunlab, oylab borishi, ba’zi hollarda umuman etib bormasligi ham mumkin.
Elektron pochta xizmati va uning afzalliklari.Internet–xalqaro tarmog‘ining asosini Electronic mail (E-mail) - elektron pochta xizmati tashkil qiladi. Elektron pochta xuddi odatdagi pochtadek bo‘lib, faqat bunda xatni qog‘ozga emas, balki kompyuter klaviaturasidan harf va so‘zlarni terib, ma’lum elektron yozuv ko‘rinishiga keltiriladi. Elektron pochta maxsus dastur bo‘lib, uning yordamida Internet tarmog‘i orqali dunyoning ixtiyoriy joyidagi elektron manzilga xat, hujjat, ya’ni ixtiyoriy ma’lumotni tezda (bir necha soniya va daqiqalarda) jo‘natish va qabul qilib olish mumkin. Elektron pochtaning kamchiligi shundan iboratki, xat jo‘natuvchi va qabul qiluvchining har ikkalasi ham foylanayotgan kompyuter Internet tarmog‘iga ulangan bo‘lishi zarur.