1. axborot va uning ahamiyati mavzular



Yüklə 393,6 Kb.
səhifə46/58
tarix27.12.2023
ölçüsü393,6 Kb.
#200338
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   58
Kitob (Lotincha)

Internet-banking. To‘lov tizimlari orasida alohida guruh, bu Internet banking funksiyasini bajaruvchi tizim, ya’ni Internet orqali bank operatsiyani amalga oshirish hisoblanadi.
Internet-banking – bankdagi hisob raqamni Internet orqali boshqarish imkoniyatini beradigan xizmat. Internet banking tizimida samarali ishlash uchun Internetga ulangan va Internet brouzerga ega kompyuter bo‘lishi etarli hisoblanadi.
Internet-banking imkoniyatlari quyidagilarni bajarishga imkon beradi:

  • bankka barcha turdagi moliyaviy hujjatlarni yuborish;

  • istalgan davr uchun bankdagi hisob raqamlardan ko‘chirmalar va ularga tegishli boshqa hujjatlarni olish;

  • haqiqiy vaqt tartibida to‘lov hujjatlari bank ishlovidan o‘tishining barcha bosqichlarini kuzatish;

  • xatolar to‘g‘risida xabarlarni tezkor olish;

  • kirim va chiqim to‘lov hujjatlarini ko‘rish va chop etish.

Internet-banking va bankdan tashqari elektron to‘lovlar tizimlarining yanada rivojlanish jarayonida on-layn sotuvlar sektorida jadal o‘sishni kutish lozim, bunda ulgurji va chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi barcha kompaniyalar Internet tarmog‘i orqali tovarlarini bemalol sotishlari mumkin bo‘ladi.
To‘lovlarning bankdan tashqari sektorini rivojlantirishning keyingi bosqichi bu mobil to‘lovlar tizimlari bo‘ldi.
Elektron karmon, ularni to‘ldirish va pul olish. Elektron karmon - bu elektron pullarni saqlash uchun mo‘ljallangan vosita.
Tovarlarni sotish va xarid qilishga mo‘ljallangan veb texnologiyalar asosida yaratilgan axborot tizimi tomonidan amalga oshiriladigan vazifalar quyidagilardan tashkil topadi:

  • mijozga tovar (xizmat) haqida ma’lumot berish;

  • mijozdan tovar (xizmat)ga buyurtma qabul qilish.

Ba’zan onlaynli to‘lov tizimlaridan foydalanilganda uchinchi vazifa-to‘lov haqini olish, tovarni sotishda esa yana to‘rtinchi vazifa - haqi to‘langan tovarni jo‘natish qo‘shiladi.
Elektron karmonni to‘ldirish va ulardan pul echishni quyidagi usullar bilan amalga oshirish mumkin:
1. Tijorat banklarida naqd pul bilan;
2. Bank kartalari (VISA, MasterCard, UzKart) yordamida;
3. Pochta orqali;
4. Internet-banking yordamida;
5. Pul o‘tqazmalar tizimlari yordamida;
6. Mobil aloqa yordamida.

Yüklə 393,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin