1, Axborot va uning xususiyatlari haqida malumot ehm turlari va ularning imkoniyatlari


Jadvallarda formula tushunchasi, arifmetik amallar va funksiyalar to’plami



Yüklə 169,74 Kb.
səhifə21/55
tarix15.06.2023
ölçüsü169,74 Kb.
#130905
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55
1, Axborot va uning xususiyatlari haqida malumot ehm turlari va

62 Jadvallarda formula tushunchasi, arifmetik amallar va funksiyalar to’plami
MS Excel da formula tushunchasi, arifmetik amallar va funksiyalar to’plami.
Formula — katakchaga kiritilayotgan “=” (tenglik) belgisidan boshlangan ketma-ketlikdir. Formulada sonlar, katakcha adreslari va funksiyalar arifmetik amallar orqali bog’lanadi. Excel elektron jadvalda quyidagi arifmetik amal va belgilarni qo’llash imkoniyati mavjud: qo‘shish “ + ”, ayirish “ – ”, ko‘paytirish “ * ”, bo’lish “ / ”, darajaga ko‘tarish “^”, sonlarni butun va kasr qismga ajratish , “.Excel elektron jadvali matematik formulalar bilan ishlash uchun keng imkoniyat ochib beradi. Shulardan biri funksiyalar to'plamining mavjudligidir. Excel funksiyalar to'plamida 400 dan ortiq funksiya bo‘lib, ular matematik, mantiqiy, statistik, matn, moliya va boshqa turlarga bo‘linadi. Matematik funksiyalar: abs, cos, sin, exp, ln, log, log10, корень, остат, степень, фактр, сумм, целое, …Mantiqiyfunksiyalar: и, или, если, не, ...
Statisyikfunksiyalar: макс, мин, срзнач, счётесли, ...

63 Malumotlarni qayta ishlash Dizayn, Maket bo’limida amallar bajarish. Дизайн - bo`limi slaydlarga har xil fonlarni urnatish, bezak berish ishlarini bajarishga yordam beradi. Dasturning Дизайн – dizayn lentasi yordamida taqdimot mavzusiga mos ko‛rgazmali ko‛rinishlarni tanlash, turli variantlardan foydalanish, slayd o‛lchamini va fonini o‛zgartirish kabi amallarni bajarish mumkin:


64 Malumotlarni qayta ishlash Slayd va Animatsiya bo’limidan foydalanish.
Prezentatsiyalar tayyorlashda eng effektiv va universal vositalardan biri – bu Microsoft Office ilovasidagi Power Point dasturi. Ushbu dastur grafik axborotlar, slaydlar, ovoz, video kliplar, animatsiyalardan foydalanib sifatli prezentatsiyalar yaratish imkonini beradi. Slayd ma’lum bir o‘lchamga ega bo‘lgan muloqot varaqlaridir. Unda biror maqsadda yaratilayotgan namoyish elementlari joylanadi.Slaydlar ketma-ketligidan iborat tayyor ko‘rgazma kompyuter ekranida, videomanitorda, katta ekranda namoyish qilinadi. Ko‘rgazmani tashkil qilish – slaydlar ketma-ketligini loyixalash va jihozlar demakdir. Animatsiya (lotincha: animare — jonlantirish), alohida tasvirlarning yuqori tezlikda ketma-ket koʻrsatilishidir. Koʻzning tasvirlarni uzlukli ilgʻashi oqibatida optik illyuziya seziladi va tasvirlar ketma-ketligi yaxlit harakat, deb qabul qilinadi.
Koʻpincha animatsiyaning taʼsiri bir-biridan kam farq qiladigan ketma-ket tasvirlarning tezkor ketma-ketligi bilan erishiladi
65 Kompyuter tarmoqlari va imkoniyatlari
Kompyuterlarning o'zaro axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuyiga kompyuter tarmoqlari deyiladi.
Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan kompyu­terlar va axborot ashyolariga bog'liq

Axborot ashyolari deganda arxiv, kutubxona, fondlar, ma'lumotlar ombori va boshqa axborot tizimlaridagi hujjatlar yig'indisi tushuniladi.
Tarmoqdagi kompyuterlarda saqlanayotgan axborot ashyolariga ushbu tarmoqqa ulangan boshqa kompyuterlar yordamida kirish mumkin. Kompyuterlarni tarmoqqa ulash usullari ko'rsatilgan.
Kompyuterlar soniga qarab, tarmoqlar lokal, mintaqaviy va global tarmoqlarga bo'linadi.

Lokal tarmoqlar bir binoda yoki bir-biriga yaqin binolarda joylashgan kompyuterlarda o'zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoq hisoblanadi.
Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (ba'zan telefon tizimi yoki radiokanal) orqali amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar tarmoqqa ulangan kompyuterlardagi ma'lumotlarni birgalikda qayta ishlash va ma'lumotlarni ayirboshlash va dastur, chop etish qurilmasi, modem va boshqa qurilmalardan birgalikda Ibydalanish imkoniyatiga ega bo'lishadi
66 Tarmoqlarni qanday me'yorlarga ko'ra sinflarga ajratish mumkin.
Tarmoq - kompyuterlar, terminallar va boshqa qurilmalarning ma'lumot almashishni ta'minlaydigan aloqa kanallari bilan o'zaro bog'langan majmui. Kompyuterlararo ma'lumotlarni almashishni ta'minlab beruvchi bunday tarmoqlar kompyuter tarmoqlari deb ataladi.Lokal, mintaqaviy va global kompyuter tarmoqlari. Kompyuter tarmoqlarini ularning geografik joylashishi, masshtabi hamda hajmiga qarab bir nechta turlarga ajratish mumkin, masalan:Lokal tarmoq - bir korxona yoki muassasadagi bir nechta yaqin binolardagi kompyuterlarni o'zaro bog'lagan tarmoq.Mintaqaviy tarmoqlar – mamlakat, shahar, va viloyatlar darajasida kompyuterlarini va lokal tarmoqlarni maxsus aloqa yoki telekommunikatsiya kanallari orqali o'zaro bog'lagan tarmoqlar.Global tarmoqlar - o'ziga butun dunyo Kompyuterlarini, abonentlarini, lokal va mintaqaviy tarmoqlarini telekommunikatsiya (kabelli, simsiz, sun'iy yo'ldosh) aloqalari tarmog'i orqali bog'lagan yirik tarmoq.

Yüklə 169,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin