1, Axborot va uning xususiyatlari haqida malumot ehm turlari va ularning imkoniyatlari



Yüklə 169,74 Kb.
səhifə50/55
tarix15.06.2023
ölçüsü169,74 Kb.
#130905
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
1, Axborot va uning xususiyatlari haqida malumot ehm turlari va

139. Grafik va tasvirlar yaratish.
. Rastr tasvirlar to’g’ri burchakli matritsa shaklida namoyon bo’lib, har bir yacheykasi rangli nuqtadan iborat. Rastr grafikasining asosi piksel (nuqta) hisoblanib, u rang bilan ifodalanadi. Tasvir nuqtalar to’plami sifatida akslanib ular qanchalik ko’p bo’lsa ko’rinish shunchalik tiniq va sifatli, fayl esa ko’p joy egallaydi. Vektor grafikasida tasvir vektor deb nomlanuvchi chiziqlar asosida qurilib, ularga turli parametrlar – rang, chiziq qalinligi va joylashuvi (vaziyati) xususiyatlari beriladi. Vektor grafikasida primitivlar deb nomlanuvchi ob’ektlar bilan ishlanadi. . Fraktal grafikasi asosan matematik amallar asosida grafik kompozitsiya tuzishda qo’llaniladi. Bugungi kunda videoroliklar, kliplar, videoo’yinlar yaratishda fraktal grafikasining o’rni beqiyosdir. Fantastik janrdagi kinofilmlarda yoki kompyuter o’yinlarida atrof muhitning murakkab kompozitsiyalari (o’rmonlar, tog’lar, shahar qiyofasi va h.) yaratishda fraktal grafikasidan keng foydalaniladi.
140. Elektron lug’atlar ularning tarixchi uchun ahamiyatli jihatlari.
 Elektron lug‘atlar an’anaviy lug‘atlarga qaraganda, bir qator afzalliklarga ega bo‘ladi. Zamonaviy elektron lug‘atlar nafaqat o‘zining so‘z boyligi bo‘yicha, balki bu so‘zlarni tezda qidirib topish bilan ham ajralib turadi. Elektron lug‘at 3 tilda: o‘zbek, rus va ingliz tili asosida ishlaydi. Ushbu tillar asosida 6ta yo‘nalish bo‘yicha so‘zlarni tarjima qilish mumkin.
Tarjima yo‘nalishlari: o‘zbek-ingliz; o‘zbek-rus; ingliz-o‘zbek; ingliz-rus; rus-o‘zbek; rus-ingliz. Elektron lug‘atning bazasi 145 000tadan ortiq so‘z va atamalardan tashkil topgan. Barcha so‘zlarning tarjimasi misollar orqali ko‘rsatilgan. «e-Lug‘at» nomli elektron lug‘atning shaxsiy kompyuterlar uchun Windows muhitida ishlovchi hamda mobil qurilmalar uchun Android va iOS muhitlarida ishlovchi dasturlari yaratilgan.
141. Tajrimon va ensiklopediya amaliy vositalar haqida malumot.
Tarjimon dasturlar - bu matnlarni bir tildan ikkinchi tilga komp'yuter yordamida tarjima qilish, orfografik xatolarni aniqlash hamda matnni tahrir qilish imkoniyatini beradi. Avtomatik tarjima dastur vositalarini shartli ravishda ikkita asosiy toifaga bilish mumkin. Birinchi toifa kompyuter lug’atlaridan iborat. Kompyuter lug’atlarining vazifasi oddiy lu’atlar vazifasi bilan bir xil: noma'lum siz mazmunini anglatadi. Kompyuter lug’atlarining afzalligi kerakli siz mazmunini avtomatik izlash va topishning qulayligi va tezligida kirinadi. Avtomatik lug’at, odatda, siz tarjimasini berilgan klavishlar kombinasiyasini bosish orqali sizlarni tarjima qilish imkonini beradi. Lug’at nafaqat sizlar, balki tipik siz birikmalarini sham izida jamlashi mumkin. Ensiklopediya (yun.— bilimlar doirasi), qomus — muayyan tizimga solingan keng qamrovli bilimlar toʻplami, ilmiy yoki ilmiy ommabop nashr. "E." terminining maʼnosi tarixan oʻzgarib turgan. Antik davrda u "erkin sanʼat" deb atalgan 7 ilm (grammatika, ritorika, dialektika yoki logika, geom., arifmetika, musiqa va astronomiya)ni anglatgan. 16-asrda Gʻarbiy Yevropada E. yangi maʼnoda — turli bilimlar majmui maʼnosida ishlatilgan. Ayni vaqtda bilimlar tasnifi maʼnosini ham bildirgan; bu maʼnoda "E." termini 18-asrda ham qoʻllangan. Hozirgi paytda "E." termini fanning barcha sohalari boʻyicha (universal E.) yoki biror tarmogʻi (soha E.si) yoxud amaliy faoliyat boʻyicha eng muhim maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi nashrni anglatadi

Yüklə 169,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin