11
4.TARIX (MAMLAKATLAR VA MINTAQALAR
BO‘YICHA) BAKALAVRIAT TA’LIM YO‘NALISHI
MALAKA AMALIYOT MAZMUNI
Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) bakalavriat ta’lim
yo‘nalishi malaka amaliyotlari bakalavriat ta’lim dasturining
majburiy qismi hisoblanadi. Amaliyotlar o‘quv yoki o‘quv-ishlab
chiqarish mashg‘ulotlari ko‘rinishida bo‘lib, talabalarning kasbiy-
amaliy tayyorgarligiga bevosita yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Bakalavrlar tayyorlashda quyidagi malaka amaliyotlari
o‘tkaziladi.
o‘quv-tanishuv amaliyoti
– tarix sohasiga tegishli tarmoqlari
bilan tanishishni hamda umumkasbiy fanlar bo‘yicha nazariy
bilimlarini mustahkamlashni nazarda tutadi;
ishlab chiqarish amaliyoti
– tarix sohasida faoliyat turlari
bilan tanishish, jarayonlarda bevosita ishtirok etish asosida amaliy
ko‘nikmalar hosil qilish hamda fanlardan olingan nazariy bilimlarni
mustahkamlashga mo‘ljallangan;
pedagogik va malakaviy amaliyot
- kasb ta’limi yo‘nalishlari
uchun pedagogik amaliyot ta’lim muassasalarida psixologik
resurslarini o‘rganish, o‘quvchining shaxs portretini tuza bilish,
o‘quv guruhi ichida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaza olish, pedagogik
mahoratini oshirish, o‘quvchining fikrlash doirasini aniqlash, uning
qobiliyatini oshirish usullarini qo‘llay bilish, pedagogik muloqotni
baholay bilish va shular asosida o‘z pedagogik mehnat faoliyati
uchun dastur yarata bilish ko‘nikmalarini egallashga mo‘ljallangan.
5.AMALIYOT TURLARI VA REJА-JАDVАLI
Har bir amaliyot turi OTM tomonidan ishlab chiqilgan va
o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan dasturga muvofiq o‘tkaziladi.
Amaliyot o‘tkazish muddatlari ishchi o‘quv rejasi bilan
aniqlanadi. Amaliyot tugagandan so‘ng, komissiya oldida
hisobot beriladi. Baholash shakli amaliyot dasturida belgila
-
nadi.
|