1. Badiiy matnning morfologik xususiyatlari. Ijobiy va salbiy bo
Badiiy matnning morfologik-sintaktik xususiyatlari. Reja: 1. Badiiy matnning morfologik xususiyatlari. 2. Ijobiy va salbiy bo‘yoqdor so‘zlarning estetik vazifasi. 3. Antroponimlarning uslubiy xususiyatlari. 4. Morfologik parallelism.
ishlatilishi bilan bog'liq holatlar haqida fikr yuritish talab qilinadi.
Morfologik birliklarning estetik vazifasi degan «maxsus so`z formalari vositasida,
shuningdek ma'lum bir grammatik ma‟no va funksiyaga ega bo`lgan so`z
formasini maxsus qo`llash orqali ekspressivlik-emotsionallik tushuniladi".
Ekspressivlik ijobiy va salbiy ma'no qirrasiga ega bo`lgan so`zlarda aniq ko`rinib turadi. Badiiy matn lisoniy jihatdan tekshirilganda dastavval ana
shunday ma'no qirralariga ega bo`lgan birikmali ajratish va qaysi turkumga
xosligi, kimning nutqida, nima maqsad bilan qo`llanilganligi, kimga nisbatan,
qanday vaziyatda ishlatilganligiga e'tiborni qaratish lozim bo`ladi. Odatda
erkalash-suyish, hurmat-e‟zozlash, ko`tarinkilik, ulug`vorlik, tantanavorlik kabi
ma‟nolarni bildiruvchi so‟zlar ijobiy ma'no qirrasiga ega bo`lgan so`zlar
hisoblanadi. Masalan: qizaloq, toychoq, o`rgilay, girgitton bo`lay, bolaginam,
oppog`im, do`mbog'im, arslonim, pahlavonim, shakarim, shirinim kabi.
Salbiy ma'no qirrasiga ega bo`lgan so`zlar sirasiga jirkanish, manmanlik,
mensimaslik, kibrlilik, masxara, nafrat, g'azab, kinoya, kesatiq kabi subyektiv
munosabatni ifodalovchi so`zlar kiradi. Masalan: to`ng'iz, to`nka, takabbur,
yebto‟ymas, ochofat, bedavo, makkor, muttaham, beso`naqay, satang,
mug'ombir, shilqim kabi. Bunday ma'nolarni yuzaga keltiruvchi omillarni aniqlash
va baholash lisoniy tahlilning asosini tashkil qiladi. «Poetik morfologiyaning
tadqiq doirasi nihoyatda keng bo`lib, ulardan biri o`ziga xos qo`llangan
affikslar tadqiqidir. Affikslarning poetik tadqiqi jarayonida, avvalo, turli
leksik-grammatik kategoriyalar jihatidan bo‟linishi hisobga olinadi»
O`zbek tilida kichraytirish shakli -cha, -choq, -chak qo`shimchalari bilan;
erkalash shakli -jon, -xon, -oy, - (a)loq affikslari yordamida hosil qilinadi.
Hurmat, mensimaslik, istehzo, umumlashtirish, tur-jinsga ajratish kabi ma'nolar
-lar affiksi bilan hosil qilinadi. -gina qo`shimchasi chegara, erkalash, yaqinlik
ma'nolarini yuzaga chiqaradi. Tahlil jarayonida matnda qo`llanilgan barcha
morfologik birliklar emas, estetik maqsad aniq ko`rinib turadigan,
yozuvchining badiiy niyati ifodalangan morfologik o`zgachaliklar haqida so‟z
yuritiladi. Masalan, eng ko`p ishlatiladigan badiiy tasvir vositalardan biri
takrordir. Morfologik birliklarning takrorlanishidan yuzaga keladigan uslubiy
vosita - morfologik parallelizmning qo`llanilish maqsadi lisoniy jihatdan tadqiq
etilishi mumkin. Morfologik parallelizm deb «nutq parchasida mustaqil
leksik ma‟noga ega bo`1magan so`zlar, grammatik vositalarning qayta
qo`llanilish usuli. Bu o'rinda bir sintaktik qurilma doirasida parallelqo`llanuvchi yordarnchi so`zlar, forma yasovchi qo`shimchalarning aynan
takrorlanishi nazarda tutiladi”. Morfologik birliklarning alohida estetik
maqsad bilan she'riy nutqda parallel ravishda qo`llanilishi ko`p kuzatiladi.
Vatan, to tanda jonim bor,
Seningdirman, seningdirman,
Tanim hok o‘lsa ham sen yor,
Seningdirman, seningdirman. (E.Vohidov)
Nasriy matnda morfologik (sintaktik) parallelizm ertaklarning
boshlanmasida ko`p kuzatiladi. Quyidagi misolda yemoq to`liqsiz fe'lining
tuslangan shakli takroridan o`ziga xos ohangdorlik, musiqiylik hamda mazkur
fe'l shakli orqali doimiylik belgisiga ega bo`lgan barqaror butunlik hosil
qilingan: Bor ekan-da, yo`q ekan, och ekan-da, to`q ekan, bo`ri bakovul ekan,
tulki yasavul ekan, qarg'a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan,
toshbaqa tarozibon ekan, qurbaqa posbon ekan...(ertakdan)
Badiiy asarda qo`llanilgan morfologik parallelizm yoki har qanday tasviriy
ifodaviy vositani qayd etish yoki mavjudligini ta'kidlashning o`zi yetarli
bo`lmaydi. Asl maqsad shu tarzdagi tasviriy vositalar yoki badiiy san‟atlar
yozuvchi aytmoqchi bo`lgan fikrni qay darajada; ravon, qulay, jozibador yoxud
san‟atkorona ifodalashiga xizmat qilganini aniqlashga qaratilishi lozim. Aks
holda, bu jo`n va zerikarli mashg'ulotga aylanadi. Badiiy tasvir vositalari o`z
nomi bilan badiiyatga xizmat qiluvchi vositalardir. Ular biz uchun qidirib
topilishi shart bo`lgan narsa yoki asosiy maqsad emas. Ot so`z turkumining
ko`plik, egalik, kelishik kategoriyalari va subyektiv baho shakllarining poetik
imkoniyatlarini tahlilga tortish ham lingvopoetikaning muhim masalalaridan
hisoblanadi. Tegishli adabiyotlarda mazkur qo`shimchaning hurmat, kinoya,
piching, noaniqlik, kuchaytirish, takrorlash, ta'kidlash kabi ma'nolarni
ifodalashda ishlatilishi aniq misollar bilan asoslab berilgan. Ko`plik shakli
qo`shimchasining qahramonlar ruhiyatidagi turfa tovlanishlarni tugal aks
ettirish imkoniyati boshqa qo`shimchalarga qaraganda aniq ko`zga tashlanibturadi. Jumlada ifodalangan harakat yoki holatning egasi shaxs bo`lmaganda
turkiy tillarda, shu jumladan, o`zbek tilida ega ko`plik shaklida bo`lsa ham, unga
tegishli fe'l, asosan, ko`plik qo`shimchasini olmaydi, ya‟ni Barglar to`kildilar
emas, Barglar to`kildi tarzida bo‟ladi. Ammo Abdulla Qodiriy bunday o`rinlarda
ham «-lar»ni qo`llaydi, u shunday tasvir tarzini tanlaydiki, -lar o`zgacha bir nozik
ma'no ishvalarini kasb etadi. Ayniqsa, Kumush va Otabek bilan aloqali
tasvirlashda bu juda yaqqol ko`rinadi: “… ikkinchi yoqdan o‘zini asir etgan
shaxlo ko`zlar unga nafratlanib qaragandek bo`lurlar, go`yoki vafosiz,
va‘dasiz deb qichqururlar edi‖.
Rauf Parfi she‟rlarida ham shunday holatni kuzatish mumkin:
Yomg`ir ham tinmadi uzun kun,
Ivishgan novdalar sindilar.
Yomg'ir ham tinmadi uzun kun,
Barglari jon uzib tindilar.
Egalik shakli ham sof egalik, qarashlilik ma'nosidan tashqari erkalatish, koyish,
nolish, tinchlantirish, achinish, kinoya, kesatiq, faxrlanish, kibr, kamtarlik kabi
modal ma'nolarni ifodalashga xizmat qilishi mumkin. Ushbu misolda egalik
shakli orqali qahramonning ma'naviy dunyosi ochib beriladi. Yozuvchi
jirkanish ishlaridan faxrlanish va qarshisidagi insonga nisbatan kibr, manmanlik
yoki tahqirlash ohangida muomala qilishga odatlangan qahramon qiyofasini
benihoya aniq aks ettira olgan:
Aql yoshda emas, aql boshda, eshon! - deydi general Skobelev. - Men, o 'ttiz
yoshimda Xivani tiz cho‘ktirdim! Mana,o`ttiz ikki yoshimda Qo`qonni
tariqday tirqiratdim! Saksonni urib qo`yib, sen nimani qotirdinig?
(T.Murod).
Shuningdek, atoqli otlar (antroponimlar)ning muayyan maqsad bilan
qo`llanishiga aloqador kuzatishlar olib borish mumkin. Chunki badiiy asarda
qo`llanilgan ayrim ismlar yozuvchining badiiy -estetik niyatini aniqlashga yordam
beradi. Atoqli otlarning ana shunday vazifalarda qo`llanishi bilan bog'liq hodisa
ayrim adabiyotlarda antonomasiya degan nom ostida umumlashtiriladi