1. Bakteriya hujayrasining o’sishi. Bakteriyalarning spora hosil qilishi



Yüklə 101,77 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix22.06.2020
ölçüsü101,77 Kb.
#32068
mikroorganizmlarning osishi kopayishi va harakatlanishi 080620144738.pdf


 

MIKROORGANIZMLARNING O’SISHI, KO’PAYISHI VA HARAKATLANISHI 

Reja: 

 1. Bakteriya   hujayrasining o’sishi. 

 2. Bakteriyalarning spora hosil qilishi. 

 3. Prokariotlarning ko’payish usullari.  

 4. Bakteriyalarning rivojlanish  fazalari va ularning tavsifi. 

 5. Mikroorganizmlarni uzluksiz kupaytirishning ahamiyati.  

 6. Bakteriyalarning harakatlanishi. 

Bakteriya      hujayrasining  o’sishi.  Mikroorganizmlar  ham  o’sadi,  ham  ko’payadi. 

O’sish deganda, hujayradagi butun kimyoviy moddalarning     (oqsil, RNK, DNK va boshqalar) 

bir-biriga  mutanosib  tarzda  ko’payishi  tushiniladi.  O’sish  natijasida  hujayraning  kattaligi  va 

massasi oshadi. Hujayraning kattaligi ma’lum darajaga etgandan so’ng, u ko’paya boshlaydi. 

Ko’payish  deb,  mikroorganizm  hujayra  sonining  oshishiga  aytiladi.  Ko’payish 

ko’ndalangiga bo’linish yo’li bilan, ba’zan esa kurtaklanib yoki spora hosil qilib amalga oshadi. 

Umuman,  prokariotlarning  ko’payishi  jinssiz  binar  bo’linib  ko’payishdir.  Ko’payish  jarayoni 

hujayraning 

uzayishidan, 

nukleoidning 

ikkiga 

bo’linishidan 



boshlanadi. 

Nukleoid-

superspirallashgan,  zich  joylashgan  DNK  molekulasidir  (u  replikon  ham  deyiladi). 

Mikroorganizmlarda  ham  DNKning  replikasiyasi  DNK-polimeraza  fermenti  orqali  amalga 

oshadi.  DNK  ning  replikasiyasi,  bir  vaqtning  o’zida,  qarama-qarshi  yo’nalishda  ketadi  va  u 

ikkilanib  qiz  hujayralarga  o’tadi.  Qiz  hujayrada  ham  DNK  ketma-ketligi  ona  hujayranikidek 

bo’ladi. Replikasiya bakteriya hujayrasining ko’payishiga ketadigan vaqtning 80% ni egallaydi. 

DNK    replikasiyasidan      so’ng,   hujayralararo  to’siq    hosil    bo’ladi.     Bu murakkab 

jarayondir.      Avvalo  hujayraning  ikki  tomonidan  sitoplazmatik  membrananing  ikki    qavati   

o’sadi,   so’ngra   ular   orasida   peptidoglikan (Murein)   sintezlanadi   va   nihoyat to’siq   hosil   

bo’ladi.      To’siq      ikki      qavat  sitoplazmatik    membrana    va    peptidoglikandan    iborat.    DNK  

replikasiyasi  davomida  va  bo’luvchi  to’siq  hosil  bo’lishi  vaqtida  hujayra  uzluksiz  o’sadi.  Bu 

vaqtda  hujayra  devorining  peptidoglikani,  sitoplazmatik  membranasi,  yangi            ribosomalar      

va      boshqa      organellalar,      birikmalar,      xullas sitoplazmadagi birikmalar hosil bo’ladi. 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



Bo’linishning  oxirgi  bosqichida hujayralar      bir-biridan      ajraladi.    Ba’zan     esa     bo’linish   

jarayoni oxirigacha bormay, bakteriya hujayralarining zanjiri hosil bo’ladi. 

         Bakteriyalarning spora hosil qilishi. Tayoqchasimon bakteriyalarning ba’zi turlari 

rivojlanish  bosqichining  ma’lum  davrida  spora  hosil  qiladi.  Bunda  mikroorganizmlarning 

vegetativ hujayrasi ichidagi sitoplazmaning hammasi yoki bir qismi quyuqlashib, shar yoki ellips 

shaklga kiradi. Bu spora deb aytiladi. 

Hujayra po’sti spora hosil bo’lishida ishtirok etmasa ham undagi harakatlanish organlari-

xivchinlar qisqa vaqt ichida o’z vazifasini bajaraveradi. Bitta ona hujayrada bittagina spora hosil 

bo’lganligi  sababli  bu  hodisani  bakteriyalarning  ko’payish  jarayoni  deb  tushunish  hatodir. 

Sporalar  mikroorganizmlarning  noqulay  sharoitga  qarshi  turishi  uchungina  xizmat  qiladi(13-

rasm). 


 

13 – rasm. Vegetativ hujayraning sporalar hosil bo’lgan paytdagi shakllari: 

a – o’z shaklini yo’qotmagan vegetativ hujayra; b – baraban tayoqchasiga o’xshab qolgan 

vegetativ hujayra; v – duksimon shaklga kirgan vegetativ hujayra. 

 

Spora  odatda  vegetativ  hujayradan  kichik  bo’ladi.  Spora  hosil  bo’lgandan  keyin  ona 



hujayra  o’z  shaklini  o’zgartirmaydi.  Ba’zi  basillalar  sporasining  diametri  vegetativ  hujayraning 

ko’ndalang  kesimidan  kattaroq  bo’lib,  u  hujayra  markaziga  joylashsa,  bu  holda  hujayra 



duksimon shaklga kiradi. Basillalarning ba’zi turlarida sporalar vegetativ hujayraning bir uchida 

hosil bo’ladi. Natijada basillaning shakli baraban tayoqchasiga o’xshab qoladi. 

              Spora  hosil  bo’lgandan  so’ng  ona  hujayraning  po’sti  erib  ketadi.  Spora  ikki 

qavatli  bo’ladi.  Uning  tashqi  qavati  ekzina  deb  ataladi,  u  o’zidan  suv  o’tkazmaydi  va  sporani 

tashqi  muhit  ta’siridan  saqlaydi.  Ichki  qavati  intina  deb  ataladi  va  sporaning  unib  chiqishiga 

yordam beradi(14-rasm). 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



 

14 – rasm. Sporalarning ko’ndalang kesigining  sxematik ko’rinishi: 

a – intina; b – ekzina qavatlari.  

 

Ko’pchilik  bakteriyalarning  sporasi  120-140°  haroratda  ham  hayot  faoliyatini 



yo’qotmaydi. Ayrim bakteriyalarning sporasi 253° sovuqda ham nobud bo’lmaydi. 

Muhitda oziq moddalar etarli bo’lib, optimal harorat hosil qilinsa, sporadan yosh hujayra 

o’sa  boshlaydi.  YO

SH 


vegetativ  hujayra  sporaning  bir  uchidan  o’sib  chiqsa,  bunday  o’sish 

polyar  o’sish,  o’rta  qismidan  o’sib  chiqqanda  esa  ekvatorial  o’sish  deyiladi.  Sporadan  o’sib 

chiqqan hujayra intina po’stiga o’ralgan bo’ladi. 

Spora  hosil  qilish  jaroyoni  turg’un  xususiyat  bo’lib  hisoblansa  ham,  ba’zi  vaqtlarda 

bakteriyalar  bu  xususiyatni  yo’qotadi.  Bunday  bakteriyalar  asporogen  irq  (sporasiz)  deyiladi. 

Bu hodisa doimiy yoki vaqtincha bo’lishi mumkin. Bakteriyalarning asporogen irkqa aylanishida 

zaharli  moddalar  va  boshqa  omillarning  ta’siri  juda  katta  rolь  o’ynaydi.  Kokk  va  spiralsimon 

bakteriyalar spora hosil qilmaydi. 

Bakteriyalarning  ko’payishi.  Bakteriyalar  oddiy  bo’linish  yo’li  bilan  ko’payadi.  Ona 

hujayra  o’rtasida  halqasimon  parda  paydo  bo’ladi.  Bu  parda  vegetativ  hujayrani  o’rtasidan 

bo’lishi natijasida ikkita yangi hujayra vujudga keladi. SHarsimon bakteriyalarning bo’linish tipi 

sistematika  uchun  juda  katta  ahamiyatga  ega.  Ular  bir  sathda  bo’linadigan  bo’lsa,  kokk, 

diplokokk, streptokokk yoki stafilokokklar vujudga keladi. Agar bir-biriga perpendikulyar sathda 

bo’linsa,  tetrakokklar,  uch  tomonidan  perpendikulyar  sathda  bo’linganda  esa  sarsina  hosil 

bo’ladi. Silindrsimon bakteriyalar faqat ko’ndalangiga, spiralsimonlari esa uzunasiga bo’linadi. 

Bakteriyalarning ko’payish tezligi  sharoitga  bog’liq. Oziq moddalar etarli va harorat 

qulay    bo’lsa,  hujayra  har    20-40    minutda    bo’linib    ko’payaveradi.  Agar  bakteriyalar  shu 

tezlikda  ko’payaversa,  5  kecha  –  kunduz  mobaynida  dengiz  va  okeanlarni  to’ldirib  yuborishi 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com


mumkin. Lekin sharoit o’zgarib  turishi  va  boshqa omillar bakteriyalarning bunday  tezlik bilan 

ko’payishiga imkon bermaydi. 

Bakteriyalar  jinsiy  yo’l  bilan ham ko’payadi. Bunda ikkita hujayra bir-biriga  yaqinlashib 

qo’shiladi.  Hujayralar  ichida  gonidiyalar  hosil  bo’ladi.  Gonidiyalardan  yangi  hujayralar  o’sib 

chikadi. 

Bakteriyalarning  rivojlanish  sikli.  Bakteriyalarning  rivojlanish  sikli  bir  necha  fazaga 

bo’linadi. 



Pichan  basillasining  rivojlanish  sikli.  Bu  basillaning  yosh  hujayrasi  peritrix-tipda 

xivchinlanganligi  sababli  yumalab  harakatlanadi.  Rivojlanish  siklining  dastlabki  davrlarida 

hujayra xivchinlarini yo’qotib, harakatdan to’xtaydi va tezlik bilan bo’lina boshlaydi, Hujayralar 

bunday ko’payish natijasida bir-biriga ulanib, uzun zanjir hvsil qiladi va ularda xivchinlar paydo 

bo’ladi.  Bu  hujayralar  xivchinlar  yordamida  biroz  vaqt  harakatlangandan  so’ng  yana  ayrim 

hujayralarga  bo’linib  harakatlanaveradi.  Bu  bosqich  ko’p  marta  takrorlangandan  so’ng  hujayra 

ichida  spora  hosil  bo’ladi.  Spora  hosil  qilgan  vegetativ  hujayra  bir  joyda  to’xtab  qoladi.  Uning 

po’sti  eriydi  va  spora  tashqariga  chiqib  qoladi.  Qulay  sharoitga  duch  kelishi  bilan  sporaning 

po’sti yoriladi va undan harakatchan pichan basillasi o’sib chiqadi. 

Sporadan  o’sib  chiqqan  vegetativ  hujayra  yuqorida  aytilgan  bosqichlarni  qaytadan  o’tib, 

spora hosil qiladi va shu bilan rivojlanish siklini tugallaydi (15-rasm). 

 Ipsimon  bakteriyalar  suv  ostidagi  narsalarga  yopishib  olib,  hayot  kechiradi.  Ular 

shilimshiq  qin  ichiga  joylashib  yashaydi  va  voyaga  etganda  har  qaysi  hujayraning  bir  uchida 

xivchinlar to’plami paydo bo’ladi. Xivchinli bakteriyalar  hujayralar bir qancha vaqt o’tgandan 

keyin  suv  ostidagi  narsalarga  yopishib  oladi  va  xivchinini  yo’qotadi.  Xivchinini  yo’qotgan 

hujayra tezlik bilan, ko’payib, shilimshiq qinga o’raladi, bu  hujayralar voyaga etguncha qin  ichi 

turadi. 


 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com


 

15 – rasm. Pichan basillasining Basillus subtilis ning rivojlanish bosqichlari: 

a – harakatchan hujayra; b – xivchinini yo’qotib bo’linish payti; 

v – xivchinlarni qaytadan hosil bo’lish stadiyasi; 

g – sporalarning hosil bo’lish davri; d – sporadan o’sib chiqishi 

 

Prokariotlarning ko’payish usullari. Tayoqchasimon bakteriyalar bo’linishidan oldin u 

bo’yiga  o’sadi  va  ikkiga  bo’lina  boshlaydi.      Tayoqcha    o’rtadan    sal  torayadi      va  ikkiga 

bo’linadi.     Agar  hujayra  ikkita  bir  xil  bo’laklarga  bo’linsa,  bunga  izomorf  bo’linish (izo-teng) 

deyiladi. Ko’pincha geteromorf (noteng) bo’linish   kuzatiladi. 

Agar  xivchinli  hujayra  bo’linsa,  qiz  hujayrada  ko’pincha  xivchinlar  bo’lmaydi  ular  ona 

hujayrada  qoladi.  Keyinchalik  qiz  hujayradan  xivchin  o’sadi.  Demak,  ona  hujayra  birlamchi 

hujayra  devori,  fimbriylar  va  xivchinlarga  ega  bo’ladi.  Spiroxetalar,  rikketsiyalar,  ba’zi 

achitqilar,  zambrug’lar,  sodda  xayvonlar  (protistlar)  ko’ndalangiga  bo’linib  ko’payadi. 

Mikrobakteriyalar  «tortilib»  («peretyajka»  hosil  qilib)  ko’payadi.  Avval  hujayra  bo’linadigan 

joyidan  torayadi,  so’ngra  hujayra  devori  ikki  tomonidan  hujayraning  ichki  tomoniga  qarab 

bo’rtadi  va  oxirida  ikkiga bo’linadi. Qiz hujayra  o’zi sitoplazmatik  membranasi  bo’lgani  holda, 

hujayra devorini vaqtincha saqlab qoladi. 

Ba’zi  bakteriyalarda  jinsiy  jarayon  ham  kuzatilib,  unga  kon’yugasiya  deyiladi.  Bu  xil 

ko’payish haqida «Bakteriyalar genetikasi» mavzusida ma’lumot beriladi. 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com


SHunday qilib, o’sish va ko’payish natijasida mikroorganizmlar koloniyasi hosil bo’ladi. 

Ularning  ko’payishi  juda  katta  tezlikda  amalga  oshadi.  Generasiya  (ko’payish)  vaqti 

mikroorganizm  turi,  yoshi,  tashqi  muhit  (oziqa  muhit  tarkibiga,  haroratiga,  rN)  ga  bog’liq. 

Generasiya  vaqtining  eng  optimal  muddati  20-30  minut  bo’lsa,  2  soatda  6  ta  generasiya  olish 

mumkin.  Odamning  shuncha  avlodini  olish  uchun  esa  120  yil  vaqt  lozim  bo’ladi.  Ammo 

bakteriyalar uzoq vaqt 20 minutlik generasiya hosil qilish yo’li bilan ko’paya olmaydi. Agar ular 

bir  xil  jadallikda  ko’payganda  edi,  bir  dona  E.  so1i  24  soatdan  so’ng  2

72

  yoki  10



22

  avlod 


qoldirgan  bo’lar  edi,  bu  esa  10  minglab  tonnani  tashkil  qiladi.  Bakteriyaning  o’sishi  shu  tarzda 

davom etsa, 24 soatdan so’ng to’plangan  massa er shari  massasidan  birnecha  marta og’ir  bo’lib 

chiqar edi. Ammo, amalda shunday bo’lmaydi, chunki oziqa moddalarning etishmasligi va hosil 

bo’lgan  mahsulotlar  bakteriyaning  ko’payishini  cheklaydi.  Oziqa  muhiti  oqib  turganda 

(yangilanib  turganda)  bakteriyalar  har  15-18  minutda  bo’linib  turadi.  Suyuq  oziqa  muhitda 

bakteriyalar  o’sish  tezligining  vaqtga  qarab  o’zgarishini  kuzatish  mumkin.  Oziqa  muhitga 

tushgan mikroorganizmlar avvalo unga moslashadi, so’ng tezlik bilan ko’payadi va maksimumga 

chiqadi.  Oziqa  moddalarning  kamayishi  va  hosil  bo’lgan  mahsulotlarning  ko’payishiga  qarab, 

o’sish sekinlashadi va to’xtaydi. 

Bakteriyalarning rivojlanish  fazalari. Bakteriyaning rivojlanish sikli bir necha fazadan 

tashkil topadi: 

1.  Stasionar    faza-mikroorganizmning    oziqa    muhitga    tushgandan  boshlab,  1-2  soat 

davom etadi. Bu fazada hujayra soni ortmaydi. 

2. Lag faza-ko’payishning tormozlanishi.  Bu  fazada  bakgeriyalar intensiv o’sadi, ammo 

ularning  bo’linishi  juda  kam  bo’ladi.  Bu  ikki  fazani  bakteriya    populyasiyasi      rivojlanishining  



muhitga  moslashuv  fazasi   desa bo’ladi. 

3.  Logarifmik-eksponensial  ko’payish  fazasi.  Ko’payish    katta  tezlikda  ketadi, 



hujayralar soni geometrik progressiya bo’yicha ortadi. 

4.  Manfiy    tezlanish    fazasi-Hujayralar      kamroq    aktiv      bo’ladi,  genorasiya  vaqti 

cho’ziladi, chunki oziqa kamayadi,   zaharli modda,lar hosil bo’ladi, natijada ko’payish susayadi, 

ba’zi hujayralar o’ladi xam. 

5.  Stasionar  faza-Hosil  bo’ladigan  hujayralar  soni  o’ladiganlari  soni  bilan  tenglashadi. 

SHuning uchun tirik hujayralar soni ma’lum vaqt davomida   bir   xil   darajada   turadi.   Tirik   

va      o’lgan      hujayralar      soni  sekin-asta  ko’payadi.  Bu  faza  yana  boshqacha  "maksimal 



stasionar" faza deb ham  ataladi, chunki hujayralar soni maksimumga etadi. 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com


6-fazada o’lgan hujayralar soni ko’payadi. 

7-fazada    hujayralarning  logarifmik  o’lim  fazasi  deb  nomlanib  o’lish  doimiy  tezlikda 



davom  etadi.  6  va  7-faza  birgalikda  o’lim  fazasi  deb  atalib  unda  o’luvchi  hujayralar  soni 

ko’payuvchi hujayralar sonidan ko’p bo’ladi. 

8-fazada hujayralarning o’lishi asta-sekin   kamayadi. 

Oxirgi  fazadi  hujayralar  o’limi ozuqa  muhiti  fizik-kimyoviy  xususiyatlarining  o’zgarishi 

bilan  bog’liq.  Bakteriya  uchun  noqulay  sharoit  yuziga  keladi.  Hujayralar  shunday  tezlikda 

o’ladiki oxiri hammasi qirilib ketadi (16-rasm).  

 

16 – rasm. Ipsimon bakteriyalar (Cladorix dichotoma ) ning rivojlanish stadiyalari: 

a – harakatchan bakteriyalar; v – suv ostidagi narsaga yopishib ko’payish payti;    v – 

voyaga etgan hujayraning uzilib qin ichidan chiqib ketishi. 



 

Mikroorganizmlarni 

uzluksiz 

kupaytirishning 

ahamiyati. 

Bakteriyalarni 

ko’payishining  ozuqa  muhitini  doimiy  yangilab  turib                  ko’paytirish  usuli  ham  bor.  Bu  xil 

ko’paytirish  xemostat  yoki  turbidiostatlarda  amalga  oshiriladi.  Sanoatda  bu  usul  keng 

qo’laniladi. 

Bakteriyalarning  harakatlanishi.  Bakteriyalar  xivchinlari  yordamida  harakatlanadi. 

Xivchinlar  protoplazmatik  ipdan  iborat. Ular bakteriyaning tanasiga qaraganda 20 baravar  kalta 

bo’ladi.  Ba’zi  bakteriyalarning  (jumladan,  nitrozomonas  yavanenzisning)  xivchini  tanasiga 

nisbatan 50 baravar uzun bo’ladi. 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



Spiroxetalar  harakatlanganda  tanasini  bir  tekis  tebrantiradi.  Achitqi    zamburug’lari    bir   

joyning o’zida harakatlanadi,    ya’ni    o’rnini almashtirmaydi.  

Bir  joydan  ikkinchi  joyga  siljish  tezligi  turli  bakteriyalarda  turlicha  bo’ladi:  ko’pchilik 

bakteriyalar  bir  sekund  ichida  o’z  tanasi  uzunligiga  teng  keladigan  masofani  bosib  o’tadi. 

Ba’zilari,  jumladan,  vabo  (xolera)  vibrioni  bir  sekundda  o’z  tanasi  uzunligiga  nisbatan  15 

baravardan ortiq masofaga siljiydi (tanasining uzunligi 2 mkm, bir sekundda o’tgan masofasi esa 

30 mkm ga yaqin bo’ladi). 

Bakteriyalarning    xivchini    hujayrada  turlicha  joylashadi:  monotrix  xivchin-bakteriya 

hujayrasining  faqat  bir  tomonida  bitta  xivchin  bo’ladi;  lofotrix  xivchin-bakteriya  hujayrasining 

bir tomonida bir nechta xivchin bo’ladi; amfitrix xivchin-bakteriya hujayrasining ikki  tomonida 

bir   nechtadan   xivchin  bo’ladi;   peritrix   xivchin-bunda 

 

17 – rasm. Xivchinlanish tiplari:  a – monotrixlar; b – lofotrixlar;                  v – 



peritrixlar. 

 

xivchinlar  bakteriya  hujayrasining  hamma  tomonini  o’rab  oladi.  Monotrix  va  lofotrix 



xivchinli  bakteriyalar  to’g’ri  chiziq  bo’ylab,  amfitrix  xivchinli  bakteriyalar  odimlab,  peritrix 

xivchinli bakteriyalar esa yumalab harakatlanadi(17-rasm). 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



Bakteriyalarning  xivchinini  ko’rish  uchun  ulьtramikroskop  va  maxsus  bo’yoqlar 

ishlatiladi.  Xivchini  tekshiriladigan  bakteriya  kumush  tuzi  eritmasida  saqlanib,  so’ngra  unga 

formalьdegid bilan ta’sir qilinadi. Bu eritmalar ta’sirida xivchinlar qora rangga kiradi. 

Harorat,  zaharli  moddalar  va  hayot  jarayonlarida  paydo  bo’ladigan  boshqa  birikmalar 

ta’sirida bakteriyalarning harakatlanishi tezlashishi yoki sekinlashishi mumkin. 

 

Tavsiya etilgan adabiyotlar ro`yxati 



Asosiy darsliklar va o’quv qo’llanmalar 

1.Davranov  Q.,  XujamshukurovN.  Umumiy  va  texnik  mikrobiologiya 

 

Toshkent  2005 yil



 

Qo`shimcha adabiyotlar: 

1. Gariev B.G. Mikrobiologiya. Toshkent: Mexnat, 1990 

2.Mishustin E.N. Emtsev I.T. Mikrobiologiya. M.: Kolos 1987

3.Moschiev M.S.  Skladnev  A,A,  Kotov  V.B,  Obhaya  texnologiya 



mikrobiologicheskix  proizvodstv.  M.  Legkaya  i  pishevaya  promishlennost’,  1986. 

264s. 


4.Sattarova  R.K.  va  boshkalar.  Umumiy  fitopatologiya  (ma`ruza  matnlari). 

Toshkent., 1999. 

5.Sattarova  R.K.  va  boshqalar.  –  Mikrobiologiya  (ma`ruza  mantlari) 

Toshkent., 2000. 

6.Burxanova  X.K.,  Inog’amova.M.  –  Mikrobiologiya  va  virusologiya 

asoslari. Toshkent., 1983. 

7.Xardi K. Plazmidi. Metodi. M.; Mir, 1990, 267s.  

Saytlar: 

http://www.referat.ru 

http://www.mycophyto.com. 

http://www.zin.ru 

WWW. 2: NRU 

WWW.Referat.RU 

WWW.Biotech.com 



 

 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 



www.pdffactory.com

Yüklə 101,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin