13 - TEST
1. Yarimo’tkazagishlarda donor aralashmasi bo’lganda, ... soni ortadi. Mazkur jumladagi nuqtalar o’rnini to’ldiring.
A) ) erkin elektronlar B) erkin protonlar C) neytronlar D) kovaklar
2. Yarimo’tkazgichlarda aktseptor aralashmasi bo’lganda, ... soni ortadi. Mazkur jumladagi nuqtalar o’rnini to’ldiring.
A) kovaklar B) erkin elektronlar C) protonlar D) erkin neytronlar
3. Aralashmali yarim o’tkazgichlar qanday turdagi o’tkazuvchanlikka ega bo’ladi?
A) xususiy B) ionli C) asosan kovak D) asosan elektron
4.Temperatura qanday asbob yordamida o’lshanadi?
1) termometr 2) termistor 3) bolometr 4) manometr
A) 1,2,3 B) 2 C) 3,4 D) 1, 2, 3
5. Bolometr yordamida qanday fizik kattalik o’lshanishini ko’rsating.
A) temperatura B) kushlanish C) tok kuchi D) zaryad
6. Temperatura ortishi bilan yarimo’tkazgichning qarshiligi ...
A) kamayadi B) ortadi C)o’zgarmaydi
D) avval ortadi, so’ngra kamayadi.
7. Qaysi muhitlarda tokning issiqqlik ta’siri kuzatilmaydi?
1) elektrolitlarda; 2) gazlarda;
3) metallarda; 4) vakuumda;
5) yarimo’tkazgichlarda
A) 4 B) 1; 4; 5 C) 3; 4 D) 1;2
8. Toza germaniyga qanday element atomlari kiritilsa, u n-turdagi o’tkazuvchanlikka ega bo’ladi?
A) mish yaq, 5-guruh
B) kremniy, 4-gurux
C) kumush, 1-gurux
D) indiy, 3-gurux
9. Aralashmasiga toza germaniyga qanday element atomlari kiritilsa, u p-turdagi o’tkazuvchanlikka ega bo’ladi?
A) indiy, 3-guruh B) mish yaq 5-guruh
C) kremniy, 4-guruh D) titan, 4-guruh
10. Vakuumli diodda elektr toki qanday elektr zaryadlarining tartibli harakati tufayli hosil bo‘ladi:
A. Musbat, manfiy ionlar va elektronlar
B.Musbat va manfiy ionlar
C.Elektron va musbat ionlar
D.Faqat elektronlar
11. Donor aralashmali yarimo’tkazgichlar qanday tipdagi o’tkazuvchanlikka ega bo’ladi?
A) asosan elektron o’tkazuvchanlikka
B) asosan teshikli o’tkazuvchanlikka
C) teng miqdorda elektron va teshikli o’tkazuvchanlikka
D) elektr tokini o’tkazmaydi
12. Tranzistor nimalardan tashkil topgan?
A) emitter, baza va kollektordan
B) emitter va kollektordan
C) baza va emitterdan
D) katod va anoddan
13.Yarimo’tkazgichdan elektronlarning tartibli harakati tufayli 1 mA tok o’tmoqda. Yarimo’tkazgichdan o’tayotgan to’la tok kuchi nimaga teng (mA)?
A) 1 B) 3 C) 2 D) 0,5
14. Quyidagi o’tkazgichlarning qaysilari ionli o’tkazuvchanlikka ega?
A) elektrolit, gaz
B) metall, gaz
C) gaz, yarimutkazgish
D) metall, elekrolit
15. Diod qanday vazifani bajaradi?
A) o’zgaruvshan tokni to’g’rilaydi
B) elektr tebranishlar hosil qiladi
C) tok kuchini oshiradi
D) kushlanishni kushaytiradi
16.Qarshilikning termik koeffitsienti qanday moddalar uchun manfiy?
A) elektrolitlar, yarimo’tkazgichlar
B) elektrolitlar, metallar
C) metallar
D) dielektriklar
17.Yarim o’tkazgichda teshik va elektron uchrashganda nima xosil bo’ladi:
A. neytral
B. manfiy ion
C. musbat ion
D. musbat va manfiy ionlar
18.Yarim o’tkazgichli diod qanday o’tkazgich hisoblanadi:
A. bir tomonlama o’tkazadi
B. elektr tokini o’tkazmaydi
C. ikki tomonlama utkazadi
19.Qarshilikning temperatura koeffitsienti ta'rifini ko’rsating:
A. o’tkazgich temperaturasi 1S ga o’zgarganda uning qarshiligi o’zgarishini bildiruvchi kattalik
B. kattalikning o’zgarishini ko’rsatuvchi kattalik
C. tok kuchining o’zgarishini ko’rsatuvchi kattalik
D. qarshilik o’zgarishini ko’rsatuvchi kattalik
20. Xususiy yarimo’tkazgichlarda o’tkazuvchanlik sohasidagi elektronlar konsentrasiyasi ni valent sohadagi kovaklar konsentrasiyasi pi ga teng bo’ladimi?
A . teng bo’ladi
B. valent sohadagi kovaklar soni o’tkazuvchanlik sohasidagi elektronlar sonidan ortiq bo’ladi
C. valent sohadagi kovaklar soni o’tkazuvchanlik sohasidagi elektronlar sonidan kam bo’ladi
Dostları ilə paylaş: |