4 - TEST.
1.Chiziqli muxitda bir nechta to’lqin tarqalayotganda ularning har biri xuddi boshqa to’lqinlar movjud bo’lmagandek tarqalishiga qanaqa prinsip deyiladi?
A) To’lqin superpozisiyasi prinsipi
B) To’lqinlar qo’shilish prinsipi
C) To’lqinlar bo’linish prinsipi
D) To’lqinlar qutblanish prinsipi
2.To’lqin paketi deb nimaga aytiladi?
A) Bir-biridan chastotasi kam farq qiladigan to’lqinlar superpozisiyasiga
B) Bir-biridan amplitudasi kam farq qiladigan to’lqinlar superpozisiyasiga
C) Bir-biridan fazasi kam farq qiladigan to’lqinlar superpozisiyasiga
D) Bir-biridan aylanma chastotasi kam farq qiladigan to’lqinlar superpozisiyasiga
3. Guruxli tezlikni fazaviy tezlik bilan bog’lovchi formulani ko’rsating.
A) B) C) D)
4. To’lqinlar kogerent deyiladi, agar . . . ?
A) Ularning fazalar farqi vaqt bo’yicha o’zgarmasdan qolsa
B) Ularning fazalar farqi vaqt bo’yicha o’zgarib borsa
C) Ularning fazalar farqi π ga teng bo’lsa
D) Ularning fazalar farqi 2π gat eng bo’lsa
5. Tovush yuksakligi (balandligi) unig qaysi parametriga bog‘liq?
A) chastota B) to‘lqin uzunligi C) amplituda D) tezlik
6. Tovush to‘lqinining qattiqligi nimaga bog‘liq bo‘ladi?
A) tebranish amplitudasiga B) tebranish fazasiga
C) to‘lqin uzunligiga D) to‘lqin tezligiga
7. Tovush to‘lqini bir muhitdan ikinchi muhitga o‘tganda, to‘lqin uzunligi 4 marta oshdi. Tovush balandligi qanday o‘zgarishini aniqlang.
A) 4 marta kamayadi B) 4 marta oshadi
C) o‘zgarmaydi D) 2 marta oshadi
8. Agar tovush to‘lqinining amplitudasi 7 marta ortsa, tebranish chastotasi esa shuncha marta kamaysa, tovush to‘lqinining intensivligi qanday o‘zgarishini aniqlang.
A) o‘zgarmaydi B) 3 marta, kamayadi
C) 1,5 marta, ortadi D) 12,25 marta kamayadi
9. Mexanik to‘lqinnining tebranuvchi ikki nuqtasi orasidagi faza farqi 2 ga teng. Agar shu nuqtalar orasidagi masofa 2 m bo‘lsa, to‘lqin uzunligini toping (m).
A) 2 B) 1 C) 4 D) 4
10. Mexanik to‘lqinning quyidagi parametrlaridan qaysilari havodan suvga o‘tganda o‘zgarmaydi? 1) tezligi; 2) to‘lqin uzunligi; 3) chastotasi
A) 3 B) 1 C) 1 va 3 D) 2
11. Kuzatuvchi sirena tovushini 5 s o‘tgach eshitdi. Agar sirenaning chastotasi 2 kHz va to‘lqin uzunligi 15 sm bo‘lsa, u kuzatuvchidan qanday masofada bo‘lgan (m)?
A) 1500 B) 3000 C) 2000 D) 1000
12. Qanday tovushlar ultratovushlar hisoblanadi?
A) chastotasi 20000 Hz dan katta bo‘lgan
B) chastogasi 20 Hz dan kichik bo‘lgan
C) chastotasi 20 Hz dan 20000 Hz gacha bo‘lgan
D) chastotasi 200 Hz dan kichik bo‘lgan
13. 3Hz chastotali to‘lqin 2,4 m/s tezlik bilan tarqalmoqda. Bir-biridan 20 sm masofada turgan ikki nuqtadagi tebranishlarning fazalar farqi ko‘pi bilan necha radian bo‘ladi?
A) /2 B) /4 C) /3 D) /6
14. X o‘q bo‘ylab tarqaluvchi yassi to‘lqinning qarama-qarshi fazada tebranuvchi ikki nuqtasi orasidagi eng kichik masofa 1 m bo‘lsa, to‘lqin uzunligi necha metr bo‘ladi?
A) 2 B) 4 C) 4 D) 8
15 Sinusoidal to’lqin tovush bosimi ifodasini toping.
A. B.
C. D.
16. Amplitudalari A ga teng bo‘lgan ikkita kogerent to‘lqinlar orasidagi yo‘l farqi toq yarim to‘lqin uzunligiga teng bo‘lganda, ularning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan natijaviy amplituda nimaga teng bo‘ladi?
A) 0 B) A C) 2A D) A/2
17. Amplitudalari A ga teng bo‘lgan ikkita kogerent to‘lqinlar orasidagi yo‘l farqi juft yarim to‘lqin uzunligiga teng bo‘lganda, ularning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan natijaviy amplituda nimaga teng bo‘ladi?
A) 2A B) A C) 0 D) A/2
18. Elektr maydoni kuchlanganligini o’tkazuvchanlik toki zichligi bilan bog’liqlik ifodasini ko’rsating
A. B.
C. D.
19. Kavitasiya nima?
A. Kuchli ultratovushlar hosil qiladigan tovush bosimining amplitudasi katta bo’lgani tufayli suyuqliklarda uzluksiz ichki uzilishlar hosil bo’ladi va yo’qolib turish hodisasiga aytiladi.
B. Qattiq jismlar parchalanishiga aytiladi.
C. Kuchli ultratovushlar hosil qiladigan tovush bosimining amplitudasi katta bo’lgani tufayli gazlarda uzluksiz ichki uzilishlar hosil bo’ladi va yo’qolib turish hodisasiga aytiladi.
D. Kuchli ultratovushlar hosil qiladigan tovush bosimining chastotasi katta bo’lgani tufayli suyuqliklarda uzluksiz ichki uzilishlar hosil bo’ladi va yo’qolib turish hodisasiga aytiladi.
20.Tovush intensivligi o‘lchanadi:
A. detsibellarda B. fonlarda
C. gerslarda D. vattlarda
Dostları ilə paylaş: |