23-BILET 1. Jismlarning mutloq elastik va mutloq noelastik to‘qnashuvlari.
2. Magnit materiallarning xossalari birinchi marta Xitoyda qo‘llangan: birinchi kompas 4000 yildan ko‘proq vaqt oldin yaratilgan. XII asrning boshlarida Yevropada magnit kompaslar qo‘llana boshlandi. Kompas qanday ishlashini tushuntiring.
3. O‘tkazgichdagi tok kuchi I=2t+3t2 (A) qonuniyat bilan o‘zgarsa, 2–8 s vaqt oralig‘ida o‘tkazgichdan qancha zaryad o‘tgan?
24-BILET 1. Magnit maydon. Magnit maydonni tavsiflovchi kattaliklar.
2. Suyuqliklarning sirt taranglik koeffitsiyetni.
3. Elektr maydon kuchlanganligi 10 kV/m bo‘lgan nuqtada joylashgan 5 µC zaryadga qancha kuch ta’sir qiladi?
25-BILET 1. Suyuqlik va gazlarning harakati. Bernulli tenglamasi.
2. Diod va tranzistorning texnikada qo‘llanishi.
3. Bikrligi 600 N/m bo‘lgan prujinaga qanday bikrlikdagi prujina ketma -ket ulansa, umumiy bikrlik 240 N/m bo‘ladi?
26-BILET 1. Aktiv qarshilik, induktiv g‘altak.
2. Aylanma harakat.
3. Noma’lum sayyora radiusi Yer radiusidan 10 marta katta bo ‘lib, uning moddasining o‘rtacha zichligi Yer zichligidan 2 marta kichik. Noma’lum sayyora sirtidagi 1-kosmik tezlik Yer sirtidagi 1–kosmik tezlikdan necha marta katta?
27-BILET 1. Jismning bir nechta kuchlar ta’siridagi harakati.
2. Issiqlik almashish hodisalari.
3. Sig‘imi 4µF bo‘lgan zaryadlanmagan kondensator EYuK 200V bo ‘lgan tok manbaiga ulandi. Kondensatorning zaryadlanish jarayonida qancha issiqlik miqdori ajraladi?
28-BILET 1. Majburiy tebranish. Texnikada rezonans.
2. Diffuziya hodisasi.
3. 80 m balandlikdan jism 30 m/s boshlang‘ְich tezlik bilan gorizontal otildi. Jism yer sirtidan 20 m balandlikda bo‘lgan nuqtada uning kinetik energiyasi qanday bo‘lgan (jismning massasi 5 kg)?
29-BILET 1. Elektr maydon kuchlanganligi superpozitsiya prinsipi.
2. Sirt taranglik kuchi.
3. Fazoda 10 Hz chastotali tebranishlarning tarqalish tezligi 6 m/s. 20 cm ga bir-biridan ajratilgan ikkita nuqta orasidagi tebranishlar maksimal fazalar farqini toping.
30-BILET 1. Tok kuchi va tok zichligi.
2. Qiya tekislikning FIK ini aniqlash.
3. Harorati 50o C bo‘lgan suvga –40o C haroratli muz solingan. Suv bilan muzning massalari teng bo‘lsa, aralashmaning so‘nggi harorati qancha bo‘ladi?