Toshkent hokimi Suyunchxoʻja qabri joylashgan. Baroqxon ikki maqbarani oʻz
ichiga olgan Madrasa qurdirgan. Madrasaning sharq tomonidagi ulkan peshtoqqa
rang-barang sirkor gʻishtchalardan namoyon terilgan. U handasiy va girih naqshlar
bilan hoshiyalangan. Peshtoqning yuqori qismi saqlanmagan. Asosiy peshtoqning
orqa tomonida yana peshtoq va besh qirrali ravoq bor. Gʻarb tomondagi ichki
peshtoq koʻk gumbazning tarkibiy qismi boʻlgan. Baroqxon madrasasi ning toʻrt
burchagida choʻziq xona (qorixona)lar boʻlgan. Bino shakli va bezaklari oʻz holicha
qolgan. Uning 22 m li gumbazi koʻk sirkor gʻishtchalar bilan pardozlangan (gumbaz
1868 y.gi zilzila paytida qulab tushgan). Gumbaz ostidagi 4,5 m li poygumbazga
turli rangdagi sirkor gʻishtchalardan handasiy va girih naqshlar terib yaratilgan,
Qurʼon suralari bitilgan. Maqbara ichki qismidagi bezaklar keyinchalik koʻchib
tushgan. Ichki devorning tepa qismida ganchdan ishlangan naqshlar boʻlib, ularga
oltin suvi yugurtirilgan, pastki qismida olti burchakli sopollardan terilgan keng izora
bor (ular yashil sirkor, zarhalli gʻishtchalar bilan ajratilgan). 20-asr boshlaridagi
taʼmir vaqtida qad. bezaklarning qoldigʻi koʻchirib tashlanib, oq ganch bilan
suvalgan. Baroqxon madrasasi naqshlarining goʻzalligi, qurilish uslubi jihatidan
Samarqandning eng yaxshi meʼmoriy yodgorliklari (15-asr ikkinchi yarmidagi Oq
saroy va Ishratxona)ga yaqinlashadi. 1946, 1949, 1951, 1967 y.larda taʼmir ishlari
olib borilgan. Baroqxon madrasasi da Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi joylashgan.
Dostları ilə paylaş: