16, Ko'payish to’g'risida tushuncha, Hayotning boshlang‘ich nishonalari bo‘lmagan erkak va urg‘ochi jinsiy hujayralarning qo‘shilishidan yangi organizm rivojlanishi mumkin bo‘lgan zigotaning hosil bo‘lishi tirik tabiatning mo’jizalaridan biridir. Urug‘langan tuxum hujayraning bir necha marta mitoz bo‘linishidan so‘ng yangi organizmning organlari, belgi va xususiyatlari rivojlanadi va nihoyat yangi organizm dunyoga keladi.Bu jarayonlarni o‘rganish genetikaning qiyin, lekin muhim vazifalaridan bo‘lib hisoblanadi.