1 Bismillahir rohmanir rohiym Muqaddima



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/45
tarix29.04.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#104515
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   45
Muhammad mustafo vasfi

Taomlari 
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam qovoqni yaxshi 
koʻrardilar.
5
Yana qoʻyning qoʻlini yaxshi koʻrardilar
6
. Yana 
tovoqning tagida qolganini yaxshi koʻrardilar
7
. Tovoqning 
turli tomonlaridan qovoqlarni yerdilar
8
. Tovuq yerdilar
9
. Bir 
1
Muslim, 3044 
2
Buxoriy, 5398. 
3
Buxoriy, 5386. 
4
Ibn Hajar. “Fathul boriy”, 9/532. 
5
Ahmad, 12822. Nasaiy, 6630. 
6
Buxoriy, 3340. Muslim, 194. 
7
Ahmad, 13300. 
8
Buxoriy, 2092. Muslim, 2041. 
9
Buxoriy, 5517. Muslim, 1649. 


21 
safar u zotga qovurilgan qoʻyning qovurgʻa qismi keltirildi. U 
zot sollallohu alayhi vasallam undan yedilar
1
. Bir safar u zot 
sollallohu alayhi vasallam sahobalari bilan masjidda 
qoʻvurilgan goʻsht yedilar
2

U zot sollallohu alayhi vasallam va oilalari bir necha 
kunlab och boʻlishardi. Yegani hech narsa topishmasdi. Eng 
koʻp yeyiladigan nonlari arpa noni edi
3

Muhammad alayhissalom oilasi u zot Madinaga 
kelganidan to vafot qilgunlaricha uch kun ketma-ket bugʻdoy 
taomiga toʻymagan
4
. U zot uchun yupqa lochira non ham 
yopilmasdi
5
. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam Alloh u 
zotni yuborgan paytdan to vafot etgunlaricha oq non 
yemaganlar
6

U zot qorinni toʻldiradigan yomon xurmo ham 
topmasdilar
7

U zot sollallohu alayhi vasallam oilalaridan xurush 
soʻradilar. Ular: “Bizda faqat sirka bor”, deyishdi. U zot uni 
chaqirtirdilar. Uni yeya turib: “Sirka naqadar yaxshi xurush. 
Sirka naqadar yaxshi xurush”, dedilar
8

1
Termiziy, 1829. Nasaiy, 183. Ahmad, 26622. 
2
Ahmad, 17702.
3
Termiziy, 2360. Ahmad, 3545. 
4
Buxoriy, 5416. Muslim, 2970. 
5
Buxoriy, 5386. 
6
Buxoriy, 5413. 
7
Muslim, 2977. 
8
Muslim, 2977. 


22 
Yana u zot sollallohu alayhi vasallam: “Zaytun yogʻidan 
yenglar va u bilan sochlaringizni moylanglar. Chunki u 
muborak daraxtdan olinadi”, dedilar
1

Nabiy sollallohu alayhi vasallam Zaynab Binti Jahsh 
roziyallohu anhoga uylanganlarida valiyma – ziyofat qilib 
berdilar. Odamlarni non va goʻshtga toʻydirdilar
2

Safiyya Binti Huyayga uylanganlarida hays taomi bilan 
valiyma qilib berganlar. Hays – xurmo pishloq bilan birga 
yanchib un qilinadi. Unga yogʻ qoʻshib xamir qilib 
tayyorlanadigan taom. 
Oʻzlari uchun ertangi kunga biror narsa gʻamlamasdilar
3

Muhammad alayhissalom oilasi bir so’ bugʻdoysiz, donsiz 
kech kirgizardi. Vaholanki, u zotning huzurlarida toʻqqizta 
ayol boʻlardi
4

Oilalari uchun bir yillik ozuqa qilib qoʻyardilar
5
.
Oisha roziyallohu anho Urvaga aytadi: “Ey opamning 
oʻgʻli! Hilol ortidan hilol koʻrib, ikki oyda uchta hilol koʻrar 
edik hamki, Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning 
uylarida oʻchoqqa oʻt qalanmas edi”, dedi. Men: 
“Tirikchiliklaring nima boʻlardi, xola?” dedim. U: “Ikki qora 
narsa – xurmo va suv. Ammo Rosululloh sollallohu alayhi 
1
Termiziy, 1852. Ahmad, 16054. 
2
Buxoriy, 4794. Muslim, 1428. 
3
Buxoriy, 5425. Muslim, 1365. 
4
Buxoriy, 2069. 
5
Buxoriy, 5357. 


23 
vasallamning ansoriy qoʻshnilarida manihalar boʻlardi. Ular 
Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga oʻshalarning sutidan 
berishar, u zot bizga ichirar edilar”, dedi”
1

Bu yerda xurmo bilan suvni “qora narsa” deb ifoda etishda 
tanglikda qolishga ishora qilinmoqda. 
Maniha – birovga sutini sogʻib ichish uchun berib 
turilgan sogʻin hayvondir. Keyinchalik har qanday tortiq ham 
maniha deyiladigan boʻlib ketgan. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin