56
- Menga yer poklovchi va masjid qilib berildi.
Ummatimda birortasiga namoz vaqti yetsa, (istagan
yerida) oʻqiyversin.
- Nabiylar oʻz qavmigagina joʻnatilardi. Men esa, butun
insoniyatga joʻnatildim
- Men bilan paygʻambarlik
tugatiladi
1
.
Soʻnggi paygʻambar ekanliklari
Alloh taolo Nabiyyimiz sollallohu alayhi vasallamga
bergan
xususiyatlaridan biri, u zotning paygʻambarliklari
barcha paygʻambarlikka xotimadir.
Alloh taolo aytadi: “Lekin (Muhammad) Allohning rosuli
va paygʻambarlarning soʻnggisidir”
2
.
Yaʻni u zot bilan paygʻambarlik tugaydi. Undan keyin
qiyomatga qadar boshqa paygʻambar chiqmaydi.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytganlar: “Hali ummat
ichidan oʻttizta kazzoblar chiqadi. Hammasi paygʻambarlikni
da’vo qiladi. Men paygʻambarlarning soʻnggisiman va
mendan keyin paygʻambar yoʻqdir”
3
.
Endi kim u zotdan keyin paygʻambarlikni daʻvo
qilib
chiqsa, uning daʻvosi botildir va uning hech qanday dalili
yoʻqdir. Unday odamning kofir ekanligida ulamolar ijmo’
qilishgan
4
.
1
Buxoriy, 335. Muslim, 521, 523.
2
Ahzob surasi, 40-oyat.
3
Abu Dovud, 4252. Termiziy, 2219.
4
Qozi Iyoz. “Ashshifa bita’rifi huquqil mustafo”, 2/609-610.
57
Qozi Iyoz rohimahulloh aytadi: “Nabiy sollallohu alayhi
vasallam oʻzlarining soʻnggi paygʻambar ekanliklarini, undan
keyin paygʻambar yoʻqligini xabar qilganlar.
Alloh taolo
tomonidan ham, u zotning paygʻamblarlar xotimasi
ekanliklarini xabar qilganlar.
Va u zot barcha odamlarga
joʻnatilganlar. Butun ummat manashu gaplarni zohiriga koʻra
qabul qilishga ijmoʻ qilgan. Bu gaplardan tushunilgan narsani
hech qanday taʻvilsiz va xoslashlarsiz qabul qilishgan”
1
.
Ibn Kasir rohimahulloh aytadi: “Bu borada hadislar
koʻpdir. Muhammad alayhissalomning joʻnatilishlari
Allohning bandalariga boʻlgan rahmatidir. Soʻng
u zotni
soʻnggi paygʻambar boʻlishlik bilan yanada sharaflantirdi va
dinni mukammal qilib berdi.
Alloh taolo kitobida va
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam mutavotir sunnatlarida
aytishadiki: “U zotdan keyin paygʻambar yoʻq. U zotdan keyin
bu maqomni daʻvo qilib chiqqan har bir kishi bilsinki, u
yolgʻonchi, toʻqimachi va dajjoldir. Garchi u gʻayrioddiy
ishlarni koʻrsatib koʻzboʻyamachilik
qilsa ham va har xil
sehrlarni koʻrsatsa ham adashgandir va boshqalarni ham
adashtiruvchidir”
2
.
Dostları ilə paylaş: