1 Bismillahir rohmanir rohiym Muqaddima


U zotning ummati zalolat ustida jamlanmasligi



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/45
tarix29.04.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#104515
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Muhammad mustafo vasfi

 U zotning ummati zalolat ustida jamlanmasligi 
Alloh taolo Nabiyyimiz ummatini dinning kattayu kichik 
ishlarda zalolat ustida jamlanishdan saqlab turishi bilan 
boshqalardan xoslab qoʻydi
2
. Shu sababli ummatning bir 
narsaga kelishib ijmoʻ qilishi hujjat sanaldi. Ixtiloflari esa 
rahmat sanaldi
3

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Alloh 
taolo ummatimni – yoki Muhammad ummatini dedilar – 
zalolat ustida jamlamaydi. Va Allohning qoʻli jamoat bilan 
birga”
4

1
Muslim, 2889. 
2
“Munyatus sul fiy tafzilir rosul”, 34. 
3
Suyutiy. “Xosoisul kubro”, 2/369. 
4
Termiziy, 2167. 


74 
U zotning ummati qiyomat kuni tahorat asaridan 
porlab kelishi 
Alloh taolo Nabiyyimiz sollallohu alayhi vasallam 
ummatini boshqa ummatlardan xoslab qoʻygan jihatlaridan 
yana biri, ular qiyomat kuni tahorat izlaridan peshona va qoʻl-
oyoqlari porlagan holda kelishlaridir. Mana shu belgi bilan 
Nabiy sollallohu alayhi vasallam ummatlarini qiyomat kuni 
tanib oladilar
1

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Mening 
ummatim qiyomat kuni tahoratning asaridan peshona va 
oyoq-qoʻllaridan oppoq nur taralib turgan hollarida 
chaqiriladi”
2

Yana aytadilarki: “Ummatim havzi kavsar oldida men 
tomon keladilar. Men boʻlsam xuddi bir kishi boshqaning 
tuyasini oʻzining tuyasidan qaytarib turganidek, boshqa 
odamlarni undan (havzi kavsardan) qaytarib turaman. 
Ular: “Ey Allohning rosuli, bizni (oʻshanda) taniysizmi?” 
deyishdi. U zot: “Ha, sizlarda boshqa biror kishida 
boʻlmaydigan bir siymo (belgi) boʻladi. Sizlar men tomon 
tahoratning asaridan peshona va oyoq-qoʻllaridan oppoq nur 
taralib turgan holda kelasizlar”
3

1
Ibn Hajar. “Fathul boriy”, 11/449. 
2
Buxoriy, 136. Muslim, 246. 
3
Muslim, 247. 


75 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin