1 bob psixologik maslahat va psixologik korreksiya hаqida tushuncha


Psixolog-maslahatchining yordamchi xodimlari bilan



Yüklə 227,5 Kb.
səhifə11/12
tarix01.07.2023
ölçüsü227,5 Kb.
#135621
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
60 mavzu

Psixolog-maslahatchining yordamchi xodimlari bilan o'zaro aloqalari

  • Psixologik maslahatlar yordamchi xodimlari asosan, kotiba-referentlar va yordamchi laborantlar kabi mutaxassislardan tashkil topadi. Kotiba-referentlarning asosiy vazifalari birinchi bo'lib mijozlami qabul qilib olishlari, ijtimoiy - turmush xususiyatidan dastlabki ma'lumotlarni olish, maslahatga yozib qo'yish, maslahatlar o'tkazish shartlari to'g'risida ma'lumotlar berish hamda mijozlar bilan doimiy aloqalar olib borish kiradi. Psixolog maslahatlar to'g'risida barcha kerakli ma'lumotlarni - mijozga kerak bo'ladigan shaklda hamda undan psixolog maslahati uchun kerak bo'ladigan ma'lumotlarni o'z vaqtida yetkazib berish bilan kotiba-referent o'rtasidagi aloqalar olib boriladi.

  • Laborant yordamchi psixologik maslahat o'tkazish uchun barcha zarur sharoitlar, shu jumladan, uskunalar, ma'lumotlar,

  • maslahat bilan bog'liq hujjatlarni o'z vaqtida tayyorlash bilan shug'ullanadi. Ba'zida laborantga, agarda u yetariicha tajribaga ega bo'lsa, mijoz bilan mustaqil testlar o'tkazish, test ma'lumotlarini ishlab chiqish, maslahat o'tkazish paytida psixolog-maslahatchiga kasbiy masalalarda yordam ko'rsatish topshiriladi. O'z navbatida yordamchi laborant bilan o'zaro aloqalarda psixolog-maslahatchining vazifasi birinchidan, yordamchini maslahat paytida u bajarishi kerak bo'lgan barcha ishlarga o'rgatish, ikkinchidan, uning ishiga bevosita rahbarlik qilishdan iborat hisoblanadi.

  • Ba'zida psixologik maslahatga jalb etilgan mutaxassislar soni ancha katta bo'lsa, yoki maslahat o'tkazish paytida ancha katta hajmdagi ma'lumotlarni ishlab chiqish talab etilganda, ko'pchilik turli nusxa olish va hisoblash texnikasidan foydalaniladi. Mana shunday hollarda psixologik maslahat xizmatiga yordamchi xodimlar, jumladan hisoblash va nusxa olish texnikasi bilan bilan ishlaydigan mutaxassislar kiritiladi. Yordamchilar vazifalarini to'g'ri ifoda etish bilan birga kerakli apparaturalardan foydalanishni bilish uchun psixolog-maslahatchining o'zi ham qay darajada mana shu texnikalardan foydalanishni bilishi kerak. Boshqa soha mutaxassislari to'g'risida gapirsak, ularni psixologik maslahat tarkibiga zarurligiga qarab kiritiladi.

    Xulosa



    Psixologik maslahat unda xizmat qiladigan mutaxassislarning soniga ko'ra turlicha bo'lishi mumkin. Nisbatan tor ma'nodagi muammo ustida xususiy amaliyot ishini yurituvchi kichik maslahat xizmatlari mavjud. Turli sohalar bo'yicha ixtisoslashgan mutaxassis - psixologlarning ko'pchiligi ish yurituvchi katta maslahat xizmatlari ham bor. Shunday bir holatni tasawur etish mumkin. Bir psixolog mutaxassisning o'zi turli muammolar yuzasidan barcha ishlarni, hatto yordamchi xodimlarsiz bajaradi. Bu xususiy psixologik xizmat amaliyoti bilan shug'ullanuvchi mutaxassislardir. Shuningdek, katta bir muassasada o'nlab yoki undan ham ortiq turli soha bo'yicha ish yurituvchi psixologlar xizmatining yaxlit bir tashkiloti bo'lishi ham mumkin. Eng ko'p uchraydigani psixologik maslahatlarni to'rttadan oltitagacha bo'lgan psixolog-maslahatchilar bo'lsa, qolganlari yordamchi xodimlar xizmat qiluvchi maslahat xonalardir. Majburiyatlami taqsimlash muammosi faqatgina maslahatxonalarda bir necha mutaxassis xizmat qilgan chog'dagina yuzaga keladi. Bunday holatda majburiyatlami go'yo tibbiy rnasalalardagi (masalan, kasalxona, poliklinika) kabi taqsimlash lozim, ya'ni psixologik maslahatlarning ayrim turiarini chuqurlashtirib, mutaxassislar tomonidan o'rganilishini ta'minlashdir.
    Psixolog maslahatlari qanchalik ko'p bo'lsa, taqsimot shunchalik aniq bo'lmog'i zarur. Bunday tavsiya shunisi bilan afzalki, mutaxassislikning biror tor sohasi bilan shug'ullanadigan psixolog umumiy maslahat beruvchi psixologga nisbatan yuqori darajada kasbiy mutaxassislik mahoratiga erishadi. Biroq maslahatxonada faqat ikki psixolog-maslahatchi xizmat qilsa, ular o'rtasida majburiyatlarni taqsimlash va ularni ixtisoslashtirish shart emas, bu agar psixolog ish joyida bo'lmay qolsa, mijozlar bilan ishlashda qiyinchilik tug'diradi. Bunday holda ishning asosiy qismini ikki psixolog uchun ham umumiy qilib, qolgan qismini ixtisoslashtirish zarur.
    Umumiy ish sifatida tezkor chora ko'rilishi zarur bo'lgan hodisalar, psixologlar amaliyotida ko'p uchraydigan holatlar uchun maslahatlar ko'zda tutiladi. Ixtisoslashganlariga nisbatan kamdan kam uchraydigan, tezkor qaror qabul qilishni talab etmaydigan hodisalar uchun maslahatlar kiritiladi. Bundan tashqari, psixologlar o'z xizmatlarini ado etishda o'zaro bir-birlarining o'rinlarini bosa oladigan, o'z mijozlarini qabul qilishning iloji bo'lmagan holda boshqasi lining o'rniga ishlay olishi nazarda tutilmog'i lozim. Bunday majburiyat taqsimoti psixologik maslahatxona yordamchi xodimlariga ham taalluqlidir. Ular o'rtasida ham psixologik jihatdan o'zaro kelishish va psixolog-maslahatchilar ish sharoitlariga moslashish uyushgan holda amalga oshirilishi zarur.


    Yüklə 227,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin