1. bob psixologik tashviqot − ta’lim tizimidagi psixologik xizmat vazifasi sifatida


Ijtimoiy qo’llab-quvatlash funksiyasi



Yüklə 81,18 Kb.
səhifə4/7
tarix09.07.2023
ölçüsü81,18 Kb.
#136223
1   2   3   4   5   6   7
23 mavzu

2. Ijtimoiy qo’llab-quvatlash funksiyasi− shaxs o’zi mustaqil ravishda yengib o’tolmaydigan, shaxs taraqqiyotiga salbiy ta’sir qiluvchi sharoitlarni yengib o’tishda yordam berish.
3. Pedagogik reabilitatsiya funksiyasi. Bu vazifaning asosiy mazmuni o’quvchining obro’sini o’qituvchilar, ota-onalar, do’stlari orasida ko’tarishdir. Ko’pincha xulqida salbiy o’zgarishlar ro’y bergan bolalarga nisbatan o’qituvchi va guruhdoshlarida, hatto ota-onalarda ham ishonchsizlik paydo bo’ladi. PPK o’quvchining ijobiy tomonini o’rganib, uni o’quvchining o’ziga, ota-onalarga pedagoglarga ko’rsatishi, unga bo’lgan ishonchni uyg’otishi muhimdir.
4. Psixoprofilaktik funksiyasi. PPK tibbiy xizmat xodimlari, psixolog yoki boshqa mutaxassislar ishtirokida o’quvchilarning jismoniy va ruhiy sog’lig’ini saqlash, ish qobiliyatini oshirish, ular orasida nizolarni kamaytiish, o’quvchilarda paydo bo’lgan ijtimoiy psixologik muammolarni hal qilish kabi ishlar olib borish yo’llarini belgilaydi.
PPK o’quvchilarni, ota-onalarni yoki o’qituvchilarni jazolovchi, ko’rsatma beruvchi tashkilotiga aylanib qolmasligi shart. SHuning uchun PPK olib boruvchilar yuqori malakali mutaxassislar bo’lishi kerak. Pedagoglar, psixologlar, vrachlar, psixiatrlar, narkologlar, militsiya xodimlari psixologik-pedagogik konsiliumning domiy ishtirokchilari bo’lishlari mumkin. Bulardan tashqari o’quvchilarning ota-onalari, to’garak rahbarlari va boshqa kishilar taklif qilinishi mumkin.
Konsilium rahbari. Konsilium rahbari konsiliumning muntazam ishlashini tavsiya qilingan takliflarning amalga oshishini nazorat qilish kabi ishlarni olib boradi. O’quv muassasasi rahbarlaridan biri konsiliumning rahbari (moderator) bo’lishi mumkin.
Konsilium kotibi o’quvchi haqida ma’lumotlarni to’playdi, unga tavsifnnoma yozadi, PPK yordamiga muhtoj o’quvchilar ro’yxatini tuzadi, konsilium a’zolari bilan aloqa bog’lab turadi.
Maktab vrachi o’quvchi sog’lig’i va uning sog’lig’ini mustahkamlash borasida olib borilgan ishlar haqida ma’lumot beradi.

Yüklə 81,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin