1-Bob. Sug’urta haqida tushuncha, sug’urta tizimlari va sug’urta tizimlari tahlili


 Xalqaro darajada qo’llaniladigan sug’urtaga oid atamalarga quyidagilarni kiritish mumkin: Abandon -



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə3/8
tarix16.12.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#183316
1   2   3   4   5   6   7   8
M.911

3. Xalqaro darajada qo’llaniladigan sug’urtaga oid atamalarga quyidagilarni kiritish mumkin:
Abandon - to’liq miqdordagi sug’urta summasini olish uchun sug’urtalanuvchining sug’urtalangan mol-mulkdan sug’urtalovchining foydasiga voz kechishi (sug’urtalangan kema nobud bo’lganda, u xabarsiz yo’qolganda, kema yoki yuk qaroqchilar tomonidan bosib olinganda). Abandon to’g’risidagi ariza voqea-hodisa ro’y bergandan keyin olti oy mobaynida berilishi kerak. Ayrim chet mamlakatlar qonunchiligida abandon sug’urtalanuvchining bir tomonlama akti hisoblanadi. Faqat, Angliya qonunchiligida abandon uchun sug’urtalovchining roziligi talab etiladi.
Avariya komissari - sug’urta kompaniyasining vakolatiga ega bo’lgan jismoniy yoki yuridik shaxs. Sug’urtalangan kema yoki yuk bo’yicha ko’rilgan zararning xarakteri va miqdorini aniqlaydi, hodisa ro’y berganlik sabablarini o’rganadi. Sug’urta kompaniyasi avariya komissarining chet elda ham, mamlakat ichkarisida ham tayinlashi mumkin. Avariya komissarining yuridik manzili, telefon va teleks raqamlari sug’urta kompaniyasi tomonidan beriladigan sug’urta polisida ko’rsatiladi. Sug’urtalanuvchi sug’urta hodisasi ro’y berishi zahoti avariya komissariga murojaat qilishi zarur. Avariya komissari mol-mulkning zararlanganlik darajasini aniqlaydi va sug’urta kompaniyasining topshirig’iga asosan, ko’rilgan zararni qisman qoplashi mumkin. Avariya komissari bajarilgan ishlar to’g’risida sug’urta kompaniyasi uchun avariya sertifikati tuzadi yoki unga yozma axborot tayyorlaydi.
Avariya sertifikati - mol-mulk sug’urta hodisasi tufayli zararlanganda, ko’rilgan zararning miqdori va xarakterini tasdiqlovchi hujjat. Avariya sertifikati avariya komissari (adjaster) tomonidan tuziladi va tegishli vositachilik haqi hisobiga sug’urtalanuvchiga taqdim etiladi. Avariya sertifikati sug’urtalanuvchining sug’urta qoplamasini olish to’g’risidagi arizasiga ilova etiladi va qoplamani to’lashda sug’urta kompaniyasiga asos bo’lib xizmat qiladi.
Adjaster - sug’urta hodisasi ro’y berishi munosabati bilan sug’urtalanuvchi tomonidan bildirilgan e’tirozni tartibga solishda sug’urta kompaniyasining manfaatlarini himoya etuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs. U sug’urtalanuvchi bilan unga to’lanadigan sug’urta qoplamasi miqdorini kelishishga harakat qiladi. Adjaster sug’urta hodisasini ro’y berish sabablarini o’rganadi va tahlil etadi. Ushbu tahlil natijalari bo’yicha sug’urta kompaniyasiga ekspert xulosasini tuzadi hamda avariya komissari funktsiyasini bajaradi. Adjaster vazifasini sug’urta kompaniyasining tarkibiy bo’limi yoki ixtisoslashgan tashkilot amalga oshirishi mumkin.
Aktuariy - lotin tilidan tarjima qilganda hisobchi degan ma’noni bildiradi. Aktuar hisob-kitoblar nazariyasini o’zlashtirib olgan sug’urta matematikasi sohasidagi mutaxassis. U sug’urta tariflarini hisoblash va metodologiyasini ishlab chiqish, uzoq muddatli sug’urta turlari bo’yicha sug’urta zahiralarini shakllantirish bilan bog’liq hisob-kitoblarni amalga oshirish bilan shug’ullanadi. Hozirgi paytda Angliyada aktuariylar instituti faoliyat ko’rsatmoqda. Aktuariylarning xalqaro uyushmasi mavjud.
Aktuar hisob-kitoblar - sug’urta tarifi stavkalarini hisoblashning iqtisodiy-matematik usullari yig’indisi. Ushbu hisob-kitoblar katta sonlar qonuniga asoslanadi. Aktuar hisob-kitoblarning metodologiyasi, ehtimollar nazariyasi, demografiya qonuniyatlariga asoslanadi, tarif stavkasini miqdori sug’urta hodisalari ro’y berishining ehtimoliyligiga bog’liq. Demografiya ma’lumotlaridan fuqarolarning hayotini sug’urtalashda sug’urtalanuvchilarning yoshiga mos ravishda sug’urta tarifi stavkasini tabaqalashtirishda foydalaniladi. Uzoq muddatli hayotni sug’urtasi bo’yicha sug’urta summalari sug’urtalangan shaxs vafot etganda yoki u ma’lum bir yoshga etganda to’lanadi. Etarli miqdordagi sug’urta fondini shakllantirish uchun, sug’urtalovchi shartnoma amalda bo’lgan davrda qancha shaxs vafot etishi yoki ma’lum bir yoshga etishi ehtimoliyligini bilishi zarur. Aholi o’limi darajasi haqidagi statistik ma’lumot asosida turli yoshga etishi ehtimolligini hisoblash hamda fuqarolarning o’limi to’g’risidagi jadvalni tuzish mumkin. Bu jadval asosida nafaqani va hayotni sug’urtalash bo’yicha tarif stavkalarni hisoblash mumkin.
Anderrayter – 1) turli risklarni sug’urtalash vakolatiga ega, sug’urta kompaniyasi tomonidan tayinlanadigan shaxs. Sug’urta kompaniyasini sug’urta portfeli shakllanishi uchun javob beradi. U sug’urta shartnomalarini tuzish, risklarni baholash va sug’urta tarifi stavkasini belgilash yuzasidan tegishli malakaga ega bo’lishi zarur; 2) Lloyd sug’urta polislarini beradigan Lloyd sug’urta korporatsiyasini a’zosi; 3) potentsial mijozlarga sug’urta polisini sotish bilan shug’ullanadigan yoki manfaatdor tomonlarga sug’urta sohasi bo’yicha yuqori darajada maslahat xizmatlarni ko’rsatadigan jismoniy yoki yuridik shaxs.
Anderrayter siyosati- sug’urtalash bilan bog’liq yangi takliflarni ko’rib chiqish va mazkur taklifni qabul qilish yoki rad etish to’g’risida xulosalar chiqarishga qaratilgan siyosat.
Annuitet – renta va nafaqalarni sug’urtalashning hamma turlarini umumlashtiruvchi tushuncha. Bunda sug’urtalanuvchi sug’urta kompaniyasiga bir vaqtning o’zida yoki bir necha yillar davomida tegishli sug’urta mukofotlarini to’laydi. Keyin sug’urtalanuvchi butun hayoti davomida sug’urta kompaniyasidan daromad oladi. Annuitetning bir turi hisoblanadigan fuqarolarning yillik daromadini sug’urtasi bugungi kunda Buyuk britaniyada, Frantsiyada va AQShda keng rivojlangan.
Dispasher – dengiz transportida umumiy avariya sodir bo’lganda ko’rilgan zararni kema, yuk va fraxt o’rtasida taqsimlash bo’yicha hisob-kitoblarni tuzadigan mutaxassis. Rivojlangan mamlakatlarda dispasher funktsiyasini maxsus kompaniyalar bajaradi. Zararlarni taqsimlash bo’yicha hisob-kitoblar dispasha deyiladi va dispashani tuzganlik uchun haqni manfaatdor tomonlar (kema egasi, yuk egasi, yukni sotib oluvchi shaxs) to’laydi.
Evropolis  Evropa Ittifoqi mamlakatlarida sug’urta shartnomasi tuzganlik faktini tasdiqlovchi sug’urta polisi.
Kovernota – sug’urta vositachisi tomonidan sug’urtalanuvchiga beriladigan va sug’urtalanuvchining sug’urta shartnomasi tuzishini tasdiqlovchi hujjat. Ushbu hujjatda ko’rsatilgan muddat mobaynida sug’urta brokeri sug’urtalanuvchiga sug’urta polisini berishi shart. Chunki, kovernota sug’urta kompaniyasi uchun yuridik kuchga ega bo’lgan hujjat hisoblanmaydi.


Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin