beshinchi malaka darajasida — ikki yil;
to‘rtinchi malaka darajasida — uch yil;
uchinchi malaka darajasida — to‘rt yil;
ikkinchi malaka darajasida — besh yil.
Birinchi malaka darajasida bo‘lish muddati belgilanmaydi.
Yuqori malakali sudyalarga ish tajribasini inobatga olgan holda, egallab turgan lavozimi
uchun nazarda tutilgan darajadan qat’i nazar, shuningdek ketma-ketlikka rioya etmagan holda,
lekin unga berilgan malaka darajasidan ikki darajadan yuqori bo‘lmagan malaka darajasi berilishiga
yo‘l qo‘yiladi.
6-modda. Sudyalar odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni qo‘pol ravishda
buzganlik uchun malaka darajasidan mahrum etilishi mumkin.
Malaka darajasidan mahrum etish va malaka darajasini pasaytirish shu malaka darajasini
bergan mansabdor shaxs yoki organ tomonidan amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: