O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga murojaat kiritish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Plenumiga taqdimnoma kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining tarkibi to‘g‘risida, sudlov hay’atlari tarkiblari
haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga taqdimnomalar kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi sudlari sudyalari oliy malaka hay’atining (bundan buyon matnda
Sudyalar oliy malaka hay’ati deb yuritiladi) qarorlari, xulosalari ustidan O‘zbekiston Respublikasi
Sudyalar oliy kengashiga taqdimnomalar kiritadi;
rais o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi apparatining xodimlari bilan mehnat shartnomalarini
tuzadi, o‘zgartiradi va bekor qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi bilan
kelishilgan holda sudlarning
tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining shtat jadvalini tasdiqlaydi;
buyruqlar va farmoyishlar qabul qiladi;
jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi va ularning
murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi qonunga muvofiq
boshqa vakolatlarni ham
amalga oshirishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: