Sudyaning vakolatlari to‘xtatib turilishi unga ish haqi to‘lashni to‘xtatishga yoki ish haqi
miqdorini kamaytirishga, uning ta’minoti darajasini pasaytirishga va sudyani ushbu Qonunda
belgilangan daxlsizlik kafolatlaridan mahrum qilishga sabab bo‘lmaydi, bundan ehtiyot chorasi
sifatida sudyaga nisbatan qamoqqa olish chorasi tanlangan hollar mustasno.
Sudyaning vakolatlarini qayta tiklash to‘g‘risidagi qaror sudyaning vakolatlarini to‘xtatib
turgan tegishli sudyalar malaka hay’ati tomonidan qabul qilinadi.
Dostları ilə paylaş: