1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomaning amal qilishini tugatish



Yüklə 128,53 Kb.
səhifə106/113
tarix22.02.2022
ölçüsü128,53 Kb.
#52960
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   113
642-qonun(1)

112-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomaning amal qilishini tugatish

O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:

chet ellik fuqaro O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomaning amal qilishini tugatish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganda;

chet ellik fuqaro bilan ish beruvchi o‘rtasidagi mehnat shartnomasi muddatidan oldin tugatilganda;

yuridik shaxs bo‘lgan ish beruvchi tugatilganda — tugatilgan paytdan e’tiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan e’tiboran, bundan yangi yuzaga kelgan yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanada qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarda ayni bir harakatni va (yoki) faoliyatni bajarish va (yoki) amalga oshirish uchun ruxsat berish xususiyatiga ega hujjat mavjud bo‘lgan taqdirda, uning o‘zgartirilishi, shuningdek qo‘shib yuborilishi mustasno;

ish beruvchi jismoniy shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilganda;

ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxs vafot etganda, uning muomalaga layoqatliligi belgilangan tartibda cheklanganda, u muomalaga layoqatsiz deb topilganda;

aniqlangan qoidabuzarliklar mehnat organlarining chet ellik fuqarolarga berilgan ko‘rsatmalarida ko‘rsatilgan muddatlarda bartaraf etilmaganda;

O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomaning amal qilishi to‘xtatib turilishiga olib kelgan holatlar sud belgilagan muddatda chet ellik fuqarolar tomonidan bartaraf etilmaganda;

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma berish to‘g‘risidagi qarori qonunga xilof ekanligi aniqlanganda;

O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomaning amal qilish muddati tugaganda.

Ish beruvchi bilan shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganidan so‘ng yuqori malakali va malakali mutaxassislar o‘ttiz ish kuni ichida yangi ish beruvchini topishga haqli. Ushbu davrda ularga avval berilgan O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomalar, vizalar va yashash guvohnomalarining amal qilishi saqlab qolinadi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun ish beruvchi O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar yigirma ish kuni oldin murojaat qiladi.


Yüklə 128,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin