1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-bob. Aholining ayrim toifalarini ishga joylashtirish bo‘yicha kafolatlar



Yüklə 128,53 Kb.
səhifə42/113
tarix22.02.2022
ölçüsü128,53 Kb.
#52960
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   113
642-qonun(1)

9-bob. Aholining ayrim toifalarini ishga joylashtirish bo‘yicha kafolatlar

38-modda. Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlar

Davlat aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlarni ta’minlaydi.

Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari jumlasiga quyidagilar kiradi:

o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolalari, nogironligi bo‘lgan bolalari bor yolg‘iz otaga yoki onaga, shuningdek ko‘p bolali oilalarning ota-onalariga;

umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarini, kasb-hunar maktablarini, kasb-hunar kollejlarini hamda texnikumlarni tamomlab, kasbga ega bo‘lgan yoshlar;

“Mehribonlik” uylarining bitiruvchilari, shuningdek oliy ta’lim muassasalarining davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilari;

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Milliy gvardiyasining, Davlat xavfsizlik xizmatining qo‘shinlaridagi muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilgan shaxslar;

nogironligi bo‘lgan shaxslar;

pensiyaoldi yoshidagi shaxslar;

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga ko‘ra o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan shaxslar;

odam savdosidan jabrlanganlar;

Oldingi tahrirga qarang.

qonunchilikka muvofiq boshqa shaxslar.



(38-modda ikkinchi qismining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Ish beruvchi ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan, zaxiraga qo‘yilgan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda mahalliy mehnat organlari va boshqa organlar tomonidan yuboriladigan shaxslarni ishga qabul qilishi shart.



(38-modda ikkinchi qismining o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarni ishga qabul qilishni asossiz ravishda rad etgan ish beruvchi va u vakolat bergan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.



(38-modda ikkinchi qismining o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Qo‘shimcha kafolatlar qo‘shimcha ish o‘rinlarini, ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatidan foydalanish asosidagi tashkilotlarni tashkil etish, o‘qitishning maxsus dasturlarini ishlab chiqish, tashkilotlarga ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash yo‘li bilan, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa choralar orqali ta’minlanadi.



(38-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)


Yüklə 128,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin