1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashlari



Yüklə 128,53 Kb.
səhifə75/113
tarix22.02.2022
ölçüsü128,53 Kb.
#52960
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   113
642-qonun(1)

77-modda. Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashlari

Tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari, birlashmalar, kompaniyalar va tashkilotlar tomonidan tuziladigan kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashlari (bundan buyon matnda tarmoq kengashlari deb yuritiladi) o‘z vakolatlari doirasida:

malakani baholash markazlarini akkreditatsiya qilishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar beradi;

kasbiy standartlarni ko‘rib chiqadi, ularni dolzarblashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi;

kasbiy faoliyatning alohida turlari bo‘yicha malaka darajasini baholash uslubiyotini tasdiqlaydi va unga malakani baholash markazlari tomonidan rioya etilishini nazorat qiladi.

Tarmoq kengashlari tarkibiga kasaba uyushmalarining (ular birlashmalarining), ta’lim tashkilotlarining, ilmiy va boshqa tashkilotlarning vakillari majburiy tartibda kiritiladi.

Tarmoq kengashiga kasbiy faoliyatning bir necha turi bo‘yicha vakolatlar berilishiga yo‘l qo‘yiladi. Bir necha tarmoq kengashlariga kasbiy faoliyatning ayni bir turi bo‘yicha vakolatlar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Tarmoq kengashlari faoliyatining moliyaviy ta’minoti tarmoq kengashlari tashkil etilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, birlashmalar, kompaniyalar va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.




Yüklə 128,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin