103-modda. Yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketayotgan fuqarolarni ishga joylashtirish va ularning kasbiy bilimini tasdiqlash bo‘yicha faoliyati
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxslar:
(103-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan beriladigan litsenziya asosida fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ishga joylashtirish;
vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketayotgan fuqarolarning kasbiy bilimini, shu jumladan kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lish va chet tillarni bilish darajasini tasdiqlash bo‘yicha faoliyatni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan akkreditatsiya asosida amalga oshirishga haqlidir.
Dostları ilə paylaş: |