1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Ta’lim tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi



Yüklə 84,2 Kb.
səhifə29/61
tarix26.04.2022
ölçüsü84,2 Kb.
#56362
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   61
2020 ta\'lim

37-modda. Ta’lim tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi

Ta’lim tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi ularning rasmiy veb-saytlarida Internet jahon tarmog‘ida joylashtiriladigan ta’lim tashkilotlari faoliyati to‘g‘risidagi ochiq axborot resurslari bilan ta’minlanadi.

Ta’lim tashkilotlari rasmiy veb-saytlarida quyidagilarni joylashtiradi:

ta’lim tashkilotining ustavi;

ta’lim berish tillari haqida ma’lumot;

davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari;

ta’lim faoliyatining moddiy-texnika ta’minoti haqida ma’lumot;

litsenziya (nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun);

ta’lim tashkilotining reytingi;

ta’lim faoliyatini amalga oshirish uchun davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risidagi sertifikat;

ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishlari va natijalari, shuningdek ularni amalga oshirish uchun ilmiy-tadqiqot bazasi to‘g‘risidagi ma’lumot (oliy ta’lim uchun);

ta’lim oluvchilarga stipendiyalar berish tartibi, ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatishning mavjudligi va shartlari to‘g‘risidagi ma’lumot;

vaqtincha yashash joylarining mavjudligi va yashash joylarining soni, shuningdek to‘lov miqdori to‘g‘risidagi ma’lumot;

pedagoglar va ta’lim oluvchilarning soni, shuningdek pedagoglarning ilmiy salohiyati to‘g‘risidagi ma’lumot.

Ta’lim tashkilotlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladigan axborotning ishonchligini ta’minlash uchun ta’lim tashkilotlarining rahbarlari shaxsan javobgardir.

Oldingi tahrirga qarang.

Ayrim ta’lim tashkilotlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan foydalanish qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda cheklanishi mumkin.



(37-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)


Yüklə 84,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin