1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-bob. Ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik



Yüklə 84,2 Kb.
səhifə57/61
tarix26.04.2022
ölçüsü84,2 Kb.
#56362
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
2020 ta\'lim

10-bob. Ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik

67-modda. Ta’lim tashkilotlarining xalqaro hamkorligi

Ta’lim tashkilotlari quyidagilar vositasida tegishli xorijiy mamlakatlarning ta’lim muassasalari va tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi:

ta’lim muammolari yuzasidan ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish;

qo‘shma fakultetlar, o‘quv markazlari va ilmiy laboratoriyalar tashkil etish;

xalqaro darajadagi birgalikdagi ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot loyihalari va dasturlarini tayyorlash;

hamkorlikda fundamental hamda amaliy ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;

ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalar va simpoziumlar o‘tkazish;

talabalar, magistrlar, doktorantlar, o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar almashinishini amalga oshirish;

ikki tomonlama diplomlar (Double Diploma) dasturlarini joriy etish;

Oldingi tahrirga qarang.

qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlar.



(67-modda birinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Ta’lim tashkilotlari qonunchilikka muvofiq xorijiy davlatlarning ta’lim muassasalari va tashkilotlari bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlashni amalga oshirishi mumkin.



(67-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)


Yüklə 84,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin