7-bob. Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish
52-modda. Ta’lim oluvchilarni ijtimoiy himoya qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchilar qonunchilikka muvofiq imtiyozlar, stipendiyalar va vaqtincha yashash joylari bilan ta’minlanadi.
(52-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
To‘lov-shartnoma asosida ta’lim oluvchilarga imtiyozli bank kreditlari berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Nodavlat ta’lim tashkilotlari ta’lim oluvchilarni ijtimoiy himoya qilishni qonunchilikka, o‘z ustaviga va (yoki) boshqa ta’sis hujjatiga muvofiq amalga oshiradi.
(52-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash maqsadida kam ta’minlangan oilalardagi bolalar, jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar (shaxslar) uchun, shuningdek mazkur toifadagi ta’lim oluvchilarning kasbiy o‘sishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Dostları ilə paylaş: |