1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Ta’lim sohasidagi eksperimental va innovatsion faoliyat



Yüklə 287,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/37
tarix11.02.2023
ölçüsü287,68 Kb.
#83856
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37
O‘RQ-637-сон 23.09.2020

36-modda. Ta’lim sohasidagi eksperimental va innovatsion faoliyat
Ta’lim sohasidagi eksperimental va innovatsion faoliyat ta’limni modernizatsiya qilish
maqsadida amalga oshiriladi hamda yangi ta’lim texnologiyalari va resurslarini ishlab chiqishga,
ularni sinovdan o‘tkazishga hamda ta’lim jarayoniga joriy etishga qaratilgan. Eksperimental va
innovatsion faoliyatni amalga oshirish tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari
innovatsion o‘quv dasturlari va loyihalarini amalga oshirish hamda ularning natijalarini amaliyotga
joriy etish uchun o‘z vakolatlari doirasida shart-sharoitlar yaratadi.


Iqtisodiy rivojlanish va innovatsion faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, davlat
tomonidan oliy ta’lim tashkilotlari olimlarining ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini ishlab chiqarish
jarayoniga joriy etish uchun tegishli shart-sharoitlar, shuningdek oliy ta’lim tashkilotlari ta’lim
jarayonining yanada takomillashtirilgan shakllariga bosqichma-bosqich o‘tishi uchun imkoniyatlar
yaratiladi.
Ta’lim 
tashkilotlari 
eksperimental 
va 
innovatsion 
faoliyatda 
masofaviy 
ta’lim
texnologiyalaridan foydalanishi mumkin.
37-modda. Ta’lim tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi
Ta’lim tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi ularning rasmiy veb-saytlarida Internet
jahon tarmog‘ida joylashtiriladigan ta’lim tashkilotlari faoliyati to‘g‘risidagi ochiq axborot resurslari
bilan ta’minlanadi.
Ta’lim tashkilotlari rasmiy veb-saytlarida quyidagilarni joylashtiradi:
ta’lim tashkilotining ustavi;
ta’lim berish tillari haqida ma’lumot;
davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari;
ta’lim faoliyatining moddiy-texnika ta’minoti haqida ma’lumot;
litsenziya (nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun);
ta’lim tashkilotining reytingi;
ta’lim faoliyatini amalga oshirish uchun davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risidagi sertifikat;
ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishlari va natijalari, shuningdek ularni amalga oshirish uchun ilmiy-
tadqiqot bazasi to‘g‘risidagi ma’lumot (oliy ta’lim uchun);
ta’lim oluvchilarga stipendiyalar berish tartibi, ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatishning
mavjudligi va shartlari to‘g‘risidagi ma’lumot;
vaqtincha yashash joylarining mavjudligi va yashash joylarining soni, shuningdek to‘lov
miqdori to‘g‘risidagi ma’lumot;
pedagoglar va ta’lim oluvchilarning soni, shuningdek pedagoglarning ilmiy salohiyati
to‘g‘risidagi ma’lumot.
Ta’lim tashkilotlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladigan axborotning ishonchligini
ta’minlash uchun ta’lim tashkilotlarining rahbarlari shaxsan javobgardir.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ayrim ta’lim tashkilotlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan foydalanish qonunchilikda
belgilangan hollarda va tartibda cheklanishi mumkin.
(37-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Yüklə 287,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin