1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Ta’limni rivojlantirish jamg‘armalari



Yüklə 287,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/37
tarix11.02.2023
ölçüsü287,68 Kb.
#83856
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
O‘RQ-637-сон 23.09.2020

63-modda. Ta’limni rivojlantirish jamg‘armalari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ta’limni rivojlantirish jamg‘armalari qonunchilikda belgilangan tartibda davlat muassasalari
hamda tashkilotlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan chet ellik yuridik va
jismoniy shaxslarning badallari hamda ajratmalari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan
boshqa manbalar hisobidan tashkil etilishi mumkin.
(63-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
64-modda. Ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sheriklik
Ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sheriklik davlat va xususiy sheriklarning muayyan muddatga
yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun o‘z
resurslarini birlashtirishiga asoslangan hamkorlikdir.
Nodavlat ta’lim tashkilotlari ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilishi
mumkin.
Ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sheriklik “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi
 Qonuni 
prinsiplari, normalari va qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi


O‘zbekiston Respublikasi “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunining 
4-moddasi
.
65-modda. Ta’lim sohasiga investitsiyalarni jalb etish
Davlat ta’lim sohasini, ta’lim tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishga, shuningdek
investorlarning, shu jumladan chet ellik investorlarning ushbu sohadagi huquqlari va qonuniy
manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan investitsiyalarni jalb etish uchun qulay ijtimoiy-iqtisodiy,
tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi.
66-modda. Ta’lim tashkilotlarining mol-mulki
Ta’lim tashkilotlari o‘z mulkiga, xo‘jalik yurituvidagi yoki operativ boshqaruvidagi mulkka ega
bo‘lishi kerak.
Davlat ta’lim muassasalarining operativ boshqaruvida yoki xo‘jalik yurituvida bo‘lgan
obyektlarning (binolar, inshootlar, qurilayotgan binolar va inshootlarning, o‘quv, ishlab chiqarish va
ijtimoiy infratuzilmalarning, ta’lim oluvchilar vaqtincha turar joy binolarining, klinik bazalar va
boshqa ko‘chmas mulk obyektlarining, shu jumladan ta’lim kampuslariga kiradigan mulk
obyektlarining) xususiylashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ta’lim tashkilotlari qayta tashkil etilgan hollarda ularning mol-mulki yangi tashkil etilgan ta’lim
tashkilotiga huquqiy vorislik asosida o‘tkaziladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ta’lim tashkilotlari tugatilganda ularga tegishli mol-mulk kreditorlarning talablari
qanoatlantirilgandan so‘ng, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa,
muassislarga (ishtirokchilarga) qaytariladi.
(66-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Yüklə 287,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin