1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Shikoyatlarni ko‘rib chiqish



Yüklə 51,32 Kb.
səhifə20/23
tarix20.05.2023
ölçüsü51,32 Kb.
#118293
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Nobank kredit tashkilotlari to\'g\'risida Qonunchilik

36-modda. Shikoyatlarni ko‘rib chiqish
Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar o‘z iste’molchilarining (mijozlarining) shikoyatlarini ko‘rib chiqish tartib-taomilini belgilovchi tartibga ega bo‘lishi shart.
Iste’molchilarning (mijozlarning) shikoyatlari og‘zaki, yozma yoxud elektron shaklda bo‘lishi mumkin va ular mikromoliya tashkilotiga yoki lombardga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kundan oshmagan muddatda, qo‘shimcha o‘rganish, tekshirish va (yoki) qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqilib, javob yozma shaklda berilishi kerak.
Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar iste’molchilarning (mijozlarning) shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqini cheklashga haqli emas. Shikoyatlarni qabul qilishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
37-modda. Axborotning maxfiyligi
Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar o‘z qarz oluvchilari va kreditorlarining moliyaviy operatsiyalariga doir axborotning maxfiyligini kafolatlaydi. Mikromoliya tashkilotlari va lombardlarning boshqaruv organlari a’zolari, shuningdek xodimlari nobank kredit tashkilotining, uning qarz oluvchilarining operatsiyalariga, shuningdek kreditorlar bilan operatsiyalarga doir sirni saqlashi shart.
Maxfiy axborot o‘ziga ishonib topshirilgan yoki xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan ushbu axborot o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan shaxslar uni oshkor etganlik uchun belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Mikromoliya tashkilotlariga va lombardlarga nisbatan bank siri to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan qoidalar qo‘llaniladi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
38-modda. Nobank kredit tashkilotini qayta tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari va nobank kredit tashkilotini tugatish
Nobank kredit tashkilotini qayta tashkil etish ishtirokchilar (aksiyadorlar) umumiy yig‘ilishining qaroriga asosan qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish va o‘zgartirish shaklida amalga oshiriladi.
Mikromoliya tashkiloti bo‘lish va ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilganda yangidan vujudga keladigan mikromoliya tashkiloti majburiyatlarga huquqiy voris bo‘lishda yoki qayta tashkil etilayotgan mikromoliya tashkiloti ushbu Qonun 8-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan faoliyatni amalga oshirgan taqdirda prudensial normativlarga rioya etishi kerak.
Nobank kredit tashkilotini qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

Yüklə 51,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin