1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Nobank kredit tashkilotlarining faoliyatiga doir mablag‘larning manbalari



Yüklə 51,32 Kb.
səhifə3/23
tarix20.05.2023
ölçüsü51,32 Kb.
#118293
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Nobank kredit tashkilotlari to\'g\'risida Qonunchilik

8-modda. Nobank kredit tashkilotlarining faoliyatiga doir mablag‘larning manbalari
Nobank kredit tashkilotlarining o‘z mablag‘lari, banklarning kreditlari, grantlar, shuningdek o‘z ishtirokchilaridan (aksiyadorlaridan) jalb etilgan qarz mablag‘lari nobank kredit tashkilotlari faoliyatiga doir mablag‘larning manbalaridir.
Mikromoliya tashkilotlari ushbu Qonunning 26-moddasida belgilangan prudensial normativlarga rioya qilgan taqdirda, shuningdek ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan mablag‘lardan tashqari quyidagi mablag‘lar hisobidan amalga oshirishga haqli:
korporativ obligatsiyalarni joylashtirishdan olingan mablag‘lar;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining hamda davlat jamg‘armalarining mablag‘lari;
xalqaro moliya institutlarining, chet el hukumat moliya tashkilotlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarning, shu jumladan chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining qarz mablag‘lari;
yuridik shaxslardan, shu jumladan chet el yuridik shaxslaridan olingan qarz mablag‘lari;
islomiy moliyalashtirishga muvofiq bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarni joylashtirishdan olingan mablag‘lar — mikromoliya tashkilotlari uchun;
ipoteka qimmatli qog‘ozlarini joylashtirishdan olingan mablag‘lar — ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari uchun.
9-modda. Nobank kredit tashkilotlarining mustaqilligi
Nobank kredit tashkilotlari o‘z faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan qarorlarni qabul qilishda mustaqildir.
Davlat organlariga va ularning mansabdor shaxslariga nobank kredit tashkilotlari faoliyatiga aralashish hamda ulardan turli xil to‘lovlar va badallar talab qilish taqiqlanadi, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
10-modda. Nobank kredit tashkilotlarining uyushmalari va boshqa birlashmalari
Nobank kredit tashkilotlari, agar ularni tashkil etish qonunchilik talablariga zid bo‘lmasa, o‘z umumiy manfaatlarini himoya qilish hamda birgalikdagi dasturlarni amalga oshirish maqsadida uyushmalar va boshqa birlashmalarni tashkil etishi mumkin.
Nobank kredit tashkilotlari uyushmalari va boshqa birlashmalari vakolatli davlat organi tomonidan ular ro‘yxatga olinganidan yoki tugatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganidan keyin Markaziy bankni bu haqda o‘n kunlik muddatda xabardor qiladi.

Yüklə 51,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin