1-bob xalq amaliy bezak san’atidan to’garak mashg’ulotlarni tashkil qilish metodikasini takomillashtirishning pedogogik asoslari



Yüklə 97,02 Kb.
səhifə1/8
tarix30.10.2022
ölçüsü97,02 Kb.
#66833
  1   2   3   4   5   6   7   8
Umumiy o’rta ta’lim maktablarda xalq amaliy bezak san’atidan to’garak


MAVZU: Umumiy o’rta ta’lim maktablarda xalq amaliy bezak san’atidan to’garak mashg’ulotlarni tashkil qilish metodikasini takomillashtirish
Kirish………………………….
1-BOB Xalq amaliy bezak san’atidan to’garak mashg’ulotlarni tashkil qilish metodikasini takomillashtirishning pedogogik asoslari.
1.1 O’zbek xalq amaliy bezak san’ati turlari va uning rivojlanish tarixi.
1.2 Texnologiya mashg’ulotlarga oid fan to’garaklarni tashkil qilishninh shakl va metodlari.
1.3 Texnologiya mashg’ulotlarga oid to’garaklarni tashkil qilishda pedagogik texnologiyalarni o’rni
1-bob bo’yicha xulosalar…………………
2-BOB : Umumiy o’rta ta’lim maktablarda xalq amaliy bezak san’atidan to’garak mashg’ulotlarni tashkil qilish metodikasini takomillashtirish
2.1 O’zbek xalq amaliy san’atning ta’lim tizmidagi mohiyati.
2.2 Umumiy o’rta ta’lim maktablarda xalq amaliy bezak san’atidan to’garak mashg’ulotlarni tashkil qilish metodikasi.
2-bob bo’yicha xulosalar………………
3-bob. Tajriba sinov ishlarni tashkil qilish va uning natijalari tahlili.
3.1. Umumiy o’rta ta’lim maktablarda xalq amaliy bezak san’atidan to’garak mashg’ulotlarni takomillashtirishga oid tajriba sinov ishlari tashkil qilish.
3.2. Tajriba sinov ishlarning natijalar taxlili.
3-bob bo’yicha xulosalar………….
Xulosa
Foydalangan adabiyotlar.


KIRISH

Bizning vazifamiz — to‘plangan tajriba va


ilg‘or xalqaro amaliyotga suyangan holda,
o‘zimizning taraqqiyot va yangilanish
modelini qat'iy amalga oshirishdan iborat.
Shovkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Bugungi kunda jahonning qaysi bir rivojlangan mamlakatlarini olmaylik, ta'lim sohasida, ayniqsa maktab yoshidan boshlab san'at, xususan, amaliy san'at haqidagi bilimlarini rivojlantirishga katta ahamiyat berib kelinmoqda. Mamlakatimizda o‘rta ta'limning yana o‘n bir yillik bo‘lishi va unda kasbga yo‘naltirish maqsadida o‘quv markazlarining tashkil etilishi, shuningdek akademik litsey, kasb–hunar kollejlari, oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning badiiy va estetik tarbiyasiga katta e'tibor berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zlarining Konstitutsiyamizning 24 yilligiga bag‘ishlangan ma'ruzalarida «...farzandlarimiz uchun zarur sharoitlar yaratish, yangi–yangi ta'lim–tarbiya, madaniyat, san'at va sport maskanlarini barpo etish, yosh oilalar uchun uy–joylar qurish, yoshlarni ish bilan ta'minlash, ularni tadbirkorlik sohasiga keng jalb etish bo‘yicha boshlagan ishlarimizni yangi, yuksak bosqichga...» 1ko‘tarish zarurligini aytib o‘tadilar.


Kadrlar tayyorlash mazmuni va tuzilmasini yangilash, uni maorif, fan, texnika, texnologiya, iqtisod, madaniyat sohalarida respublika hamda xorijda erishilgan yutuqlar asosida qayta ko‘rib chiqish, ta'lim tizimini isloh qilish, uning yagona o‘quv–ilmiy ishlab chiqarish majmui tarzida muttasil rivojlanib borishini

1.1 O‘zbek xalq amaliy bezak san’ati turlari va uning rivojlanish tarixi.
O‘zbek xalqining amaliy me’morchilik san’ati o‘ziga xos boy an’analarga ega. Bizning davrimizga qadar yetib kelgan amaliy me’morchilik san’ati asarlari rang-barang va xilma-xildir. Bular kulollik buyumlari, ipakdan, jundan to‘qilgan gazlamalar, harxil gilamlar va palos-lar; yog‘och va metalldan ishlangan uy-ro‘zgor ashyolari, gul chekib o‘yilgan marmar tosh buyumlari, badiiy kashta bilan bezalgan so‘zanalar, guldor jiyaklar, zarhal kashtalar, turli xil do‘ppilar va boshqalardir.2
Amaliy san’atning bu qayd etilgan turlari har manzilning o‘ziga xos mahalliy xususiyatlariga ega bo‘-lib, shakl va naqsh bo‘yoqlarida aks ettiriladi. Bu esa usta-lar orasida o‘ziga xos ishlov buyumlari va xilma-xil bezash asboblari mavjudligidan dalolat beradi.
O‘zbekistonda amaliy san’atning kashtachilik, gilam, palos to‘qish va zardo‘zlik kabi turlari tobora taraqqiy etib bormoqda.
O‘zbekiston o‘zining rang-barang shoyi, atlas, beqa-sam, xon atlas va boshqa turli buyumlari bilan uzoq asrlardayoq nom chiqarib kelgan. Hozirgi vaqtda badiiy to‘qimachilik san’ati Marg‘ilon, Farg‘ona, Namangan, Sa-marqand va Buxoro shaharlarida juda rivojlangan.
Badiiy to‘qimachilik sohasining asosiy shoxobchala-ridan bo‘lgan gilamchilik san’ati ham keng tarqalgan. Mohirlik bilan tayyorlangan gilamlar, paloslar, sholcha-lar xalq to‘qimachilik san’ati asosida har manzilda turli shakllarda to‘qiladi. Qarshi va Koson tumanlarida rang-barang bo‘yoq va geometrik shakldagi guldor sholchalar, Samarqand viloyati tumanlarida uzun patlik julqirs shakldagi paloslar, Andijonning Oyim qishlogida "qizil-oyoq" gilamlar to‘qiladi. Xiva esa tiqin texnikasi asosida to‘qiladigan gilamlari bilan mashhurdir.
Keyingi paytlarda O‘zbekistonda kulolchilik ishla-ri anchagina yo‘lga qo‘yildi. Sopol buyumlarni yasash va unga bo‘yoq berishda har bir shahar va tumanning o‘ziga xos uslubi mavjud bo‘lib, ustalar o‘zlariga xos an’analarga egadir. Buxoro va G‘ijduvon ustalari ko‘proq qizgish-jigar rang bo‘yoqlarda, Rishton ustalari ko‘kimtir, moviy-havo rang, Samarqand ustalari yashil-sariq rang tusda, Shahrisabz ustalari qizg‘ish bo‘yoqdan foydalanadilar.
O‘zbekistonning qo‘l-hunar san’atida mis buyumla-riga badiiy naqsh o‘yish kasbi alohida o‘rin tutadi. Asosan bu hunar ko‘proq Qo‘qon, Qarshi, Buxoro, Shahrisabz, Xiva shaharlarida rivoj topgan Naqqosh miskar ustalar tomo-nidan nozik shakllarda ajoyib ishlangan choy idish, qum-g‘on, choynak, barkash, kuldon, patnislar va xilma-xil bu-yumlarni har bir xonadonda uchratish mumkin.
Yeg‘ochdan sharq an’anasi asosida xilma-xil badiiy buyumlar ishlaydigan o‘zbek yog‘ochsozlari orasida alohida uslubga ega bo‘lgan ustalar ko‘p. Yogoch o‘ymakorlik san’ati Xiva, Buxoro, Samarqand, Shahrisabz va Toshkentda ko‘p-roq rivoj topgan. 3Uymakor ustalar o‘z hunarlarini aso-san eshik, ustun, darcha, tepa tuynuk va shu kabi binokorlik qismlarini yasashda namoyen etib kelganlar. Hozirgi vaqt-da ular o‘z san’atlarini aholi, jamoat binolarini beza-tishga baxsh etmoqdalar. Yogoch buyumlar do‘konida turli xil buyumlarning (kiyim ilgichlar, shifonerlar, divan, stol-stullar) yangicha shaklda ishlanganiga ko‘zingiz tushadi. Bularning ko‘rinishi chiroyli, sodda, ishlatishda ancha o‘n-g‘aylik tug‘diradi. Ular yangi yetishib chiqqan ustalarning ijodiy mahsulidir. Bu ishda yorqin bo‘yoqlarni tanlagan bo‘yoqchilarning ham hissasi katta.
Yogochga naqsh ishlash san’ati taxminan IV asrdan bosh-langan. Badiiy jihatdan bezalgan gulli naqshdor o‘rta asr yodgorliklari hozirgi davrga qadar saqlanib qolgan. Qa-dim zamonlardan boshlab madrasalarning to‘sini, araqi, ustunlari, boylar yoki jamiyat ahamiyatiga ega bo‘lgan joy-lar, amaldorlar qurdirgan mehmonxonalar naqqoshlar to-monidan nafis (nozik) naqshlar bilan bezatib kelingan.
Madrasa devorlari va karniz oraliqlariga ganch usta-lari nafis gullarni o‘yib ishlashgan.
Naqqoshlik ayniqsa sabr-toqat, mustahkam asab, yuksak quntni talab qiluvchi hunardir. X asrda yashab o‘tgan Qobusning nabirasi Kaykovus ham kasb-hunar o‘rganish har bir yoshning burchi, deb hisoblagan.
Bola tarbiyasida hunar o‘rganishning ta’siri, halol mehnat kabi axloqiy tushunchalar shubhasiz yuksak ma’no kasb etadi. Bu bilan insonlar o‘rtasida do‘stlik aloqala-rini rivojlantirishga, turmush darajasini taraqqiy et-tirishga yaxshi dalillar keltiriladi.
Kaykovus o‘z zamonasining farzandlari mehnatsiz, ilm-hunarsiz na ilm cho‘qqisiga, na ma’rifatga ega bo‘li-shi mumkin emasligini o‘zining hayotiy tajribasi orqali tushuntiradi. U: "Bilimni egallamoq uchun mehnat qilish, badanni dangasalikdan qutqarish foydalidir. Chunki dan-gasalik, ishyoqmaslik badanning buzilishiga, kasallani-shiga sababchi bo‘ladi. Agar mehnat qilib badanni o‘zingga bo‘ysindirmasang, sog‘lom va baland martabali bo‘la ol-maysan..." - degan edi.
Kasb va hunar yoshlar vaqtining behuda o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi. Hunar va kasb o‘rganish yoshlarni har qanday nojo‘ya xatti-harakatlardan xoli qiladi. Hayotda uchragan qiyinchiliklar oqibatida tugilishi mumkin bo‘lgan yomon fikrlardan qaytishga o‘rgatadi.
Jahonga mashhur bo‘lgan buyuk olim va mutafakkirlar Aristotel, Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Nosir Xisrav, Nizomiy Ganjaviy, Musli-hiddin Sa’diy, Umar Xayyom, Alisher Navoiy, Bedil, Bobur kabilar kishilik madaniyati taraqqiyotining rivo-ji uchun o‘zlarining ilmiy-badiiy ijodlari bilan katta hissa qo‘shganlar. Ular jozibador go‘zalliklar insonlar qalbiga doimo shodlik baxsh etib, har qanday g‘am-gussa, iztiroblarni yenga olishiga ishonganlar. Bobur o‘z zamo-nasidagi badiiy naqshli irmoqlar bilan gul soluvchi naq-qoshlar mehnatini yuksak qadrlab, ularni tez-tez o‘z huzu-riga chorlab, esdalik sovg‘alar taqdim etgan va ular ha-qida:"Mehnatda sinalgan elda aziz", -deb maqol yaratgan.4
A.Navoiy esa, naqqoshlar hunaridan zavqlanib, ular-ga el oldida boqiy umr tilagan. Bu olimlar naqsh gulla-rining topilishi va takomillashishiga, o‘ymakorlik ish-larining davom etib rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘sh-ganlar.
VII-VIII asrlardagi hukmdorlarning Varaxsha shahri-dagi saroylarida amaliy san’atning xilma-xilligi jiha-tidan kishini hayron qoldiradigan namunalari saqlan-gan. GX-X1 asr boshlarida Urta Osiyo tarixida badiiy madaniyat, ayniqsa arxitektura tez rivojlangan. Arab bosqinchilarining bostirib kirishi tufayli bu davr O‘rta Osiyo madaniyatini uch bosqichga bo‘lish mumkin, ya’ni:
1. VIII va IX asr o‘rtalarida shahar ichkarisida olib borilayotgan qurilish ishlari juda susayib ketdi.
2. IX va X asrning ikkinchi yarmida mamlakat Bagdod xalifaligidan ozod bo‘lgandan keyin shahar ichkarisida xarob joylarni qayta tiklash ishlari avj olib ketdi.
3. XI - XII asrlar va XIII asr boshlarida Urta Osiyoda feodal tuzum hukmronligida arxitektura va shahar quri-lishlari yuqori darajaga ko‘tarildi.
XVII - XVIII asrlarda ko‘plab turar joy binolarini bezashda amaliy san’at asarlari qullanila boshlandi. XIX asrga kelib bezakning hamma turlariga xos qat’iy, aniq kompozitsiyalar ishlab chiqildi.
XIX asrning ikkinchi yarmigacha lojivor sarg‘ish, qizil-jo‘sha sabzi bo‘yoqlar ishlatilib kelindi. XIX asr oxirlarida ochiq rangli bo‘yok,lar, masalan, sariq sabzi, shingobi bo‘yoqlar topildi. O‘zbek naqshlarida bo‘yeqlarning tuslari doim bir tekisda: quyuq, tekis, o‘tkir tusli bo‘yoqlar ishlatiladi. Masalan, qora tusdan oq tusga, jo‘sha tusdan to‘q yashil tusga, yashil tusdan sariq tusga o‘tiladi.
Naqqoshlik san’ati haqida birorta ham kitob yoki maktab bo‘lmagan. Ustalar hunarni ustozlaridan yoki ota-laridan o‘rganganlar. Naqsh ustalari shogirdlari yorda-mida boylarning mehmonxonalari, saroy va madrasalar-ni bezatib tirikchilik o‘tkazganlar.
XX asrning 20-yillaridan boshlab O‘zbekistonning ko‘pgina shaharlarida badiiy san’at ishlarini rivojlantirish maqsadida artellar va kombinatlar ochiladi. Artellarda o‘quvchilar uyushmasi tuzilib, har bir uyushmaga bir ikki- tadan ustalar biriktiriladi. Xunar o‘rganuvchilar ish- ning murakkabligiga qarab 3 oydan 6 oygacha shogird bo‘lar va shogirdlik vaqtida har oyda oylik va o‘rganish uchun material hamda asbob-uskunalar bilan ta’minlanardi. Shogird- lik vaqti tugagandan keyin ular imtihon topshirib, qilgan ishlariga va bilimlariga qarab malaka darajasini olardilar. Toshkentda P.P. Ben-kov nomidagi Rassomlar tayyorlash maktabida 1952/53 o‘quv yilida amaliy san’at bo‘limi ochilib, bu yerda birinchi tashkil etilgan o‘quv ishlab chiqarish kombinatini biti-rib chiqqan ustalar va O‘zbekistonda nom chiqargan xalq ustalari dars berishdi. Bular orasida Yoqubjon Raufov, Muhiddin Rahimov, Jalil Hakimov, Mahmud Usmonov, Toir To‘xtaxo‘jayev va boshqalar bo‘lgan. 1949 yilda Ostrovskiy nomli pionerlar saroyida, 1954 yilda Lenin nomli pionerlar saroyida naqqoshlik va ganchkorlik to‘garagi ochilib, unda o‘quvchilar har ikka-la san’at turini zo‘r qiziqish bilan o‘rganadilar.
Toshkentda badiiy amaliy san’at sohasida kasb-tex-nika maktabi ochiladi. Maktab qoshida o‘ymakorlik, mis-karlik, zargarlik va gilamchilik ustaxonalari tashkil qilinadi.
Hozirgi vaqtda ustalar o‘z shogirdlari bilan bir-galikda teatr, klub va muzey binolarini naqsh bilan be-zab, mehnatlarini elga manzur etmoqdalar. Bundan tash-qari, ko‘rgazmalar uchun badiiy buyumlarini ishlab o‘z ma-horatlarini namoyish qilmoqdalar.
Keyingi yillarda xalq san’atiga bagishlangan qator kitoblar nashr etilmoqda. Masalan, o‘zbek xalqining atoqli naqsh ustasi Qosimjon Olimjonovning ijodiga bagishlangan "Toshkent naqshi", toshkentlik o‘ymakor usta Maqsud Qosimov ijodiga bag‘ishlangan "Toshkent o‘yma-korligi", xorazmlik usta Abdulla Boltayev ijodiga ba-gishlangan kitoblar shular jumlasidandir. Bunday kitoblar yosh naqqoshlarni tarbiyalashda, o‘z hunar va mala-kalarini yanada takomillashtirishda, zamonaviy ijodiy ishlar yaratishda yordam beradi.

Amaliy bezak san‘atning alifbosi bo‘lgan naqsh va naqqoshlik san‘ati xalq amaliy san‘atining qadimgi turlaridan biridir. Insoniyat yaratgan nafosat durdonalarining sarasi naqsh bezaklari amaliy san‘atning barcha turlarida namoyon bo‘libgina qolmay, bino va inshootlar me‘moriy bezaklarida ham keng qo‘llanilgan.

Naqsh tarixi insoniyatning badiiy madaniyati bilan bir qatorda nihoyatda qadimiydir. Hali yozuv vujudga kelmasdan burun chizmatasvir yozuv vazifasini bajargan. Madaniyat rivoji jarayonida unda rassomlik bilan naqqoshlik ajralib chiqqan. Arxeologik manbalar ham naqsh dunyoning hamma xalqlarida qadimdan mavjud bolganligidan dalolat beradi. Metal, sopol buyum, idish, qurollar, paleolit, neolit davrlarida geometric (xandasaviy) shakllar bilan, Miken san‘atida , Qadimgi Eronda, Xitoy va Hindistonda geometric shakllar qatorida o‘simliksimon (islimiy) naqshlar bilan bezatilgan. Naqshlardagi ramziy elementlar turli o‘lkalarda, xalqlardagi geografik muhit, o‘lkaning o‘simlik va hayvonot dunyosi, madaniyati ta‘sirida shakllangan va rivoj topgan.

Naqshning eng jozibadorligi va yuksak pog‘onaga ko‘tarilishi uyg‘onish davriga to‘g‘ri keladi. XIX asrning oxiridan boshlab shu davrda vujudga kelgan turli oqimlar naqshdan foydalanishni o‘ta kamaytirib, hatto keyinchalik butunlay undan voz kechish kuzatildi.

Naqsh chizish, naqsh yaratish - naqqoshlik xalq amaliy bezak san‘atining asosiy va qadimiy turlaridan biridir.O‘rta osiyo hududidagi me‘moriy yodgorliklar, arxeologik topilmalar o‘lkamizda bu san‘at qadimdan rivojlanganligidan darak beradi. Me‘morchilik, kulollik, misgarlik, zargarlik, chilangarlik, kashtado‘zlik singari kasblarning taraqqiyoti naqqoshlik san‘ati jivojiga borib taqaladi. Ajdodlarimizning yuksak ma‘naviyatini Qo‘yqirilgan qal‘a, Tuproqqal‘a, ko‘hna Urganj, qadimgi Termiz, Ayritom, Varaxsha, Afrosiyob va boshqa joylardan topilgan naqsh namunalarining jozibadorligidan bilib olish mumkin.

Diyorimizning turli viloyatlarida naqsh bilan ziynatlangan me‘moriy yodgorliklari, idish, buyum, mehnat qurollarida umumiylik kuzatilsada, Buxoro, Xiva, Farg‘ona va boshqa joylarning o‘ziga xos naqsh uslublari, keyinchalik maktablari shakllangan. Naqqoshlik avloddan avlodga o‘tgan, otalari ustozlaridan o‘rgangan naqsh namunalarini shogirdlar tajriba va iste‘dodlari orqali rivijlantirganlar.

O‘zbek naqqoshlari asosan ko‘k (lojuvard) zangori (havo rang, osmoni), yashil, sariq, qizil, oq, qora ranglarda naqsh ishlaydilar. Naqqoshlikning uslublari avloddan-avlodga o‘tgan. (masalan, axtadan foydalanish, bo‘yoq tayyorlash, oldin naqshning asosiy chiziqlarini chizib, zaminni bo‘yab olish va hokazolarni), lekin yozib qoldirmagan. Ustaning naqsh ishlash sirlarini faqat shogirdlarigina yaxshi bilganlar.

Naqsh san‘ati O‘rta Osiyo madaniyati tarixida eng qadimiy bo‘lib, o‘ziga xos namunalari bilan diqqatga sazovordir. O‘rta Osiyoda keng tarqalgan naqshlar ikki turga: geometric (xandasaviy) chiziqlar va shakllarning murakkab ko‘rinishi girix deb nomlanadi. O‘simliksimon tasvirdagi naqshlarning keng tarqalgani, islimiy deb ataladi. Namoyon, ruta, munabbat, turunj, zanjira xilidagi naqshlar islimiy kompozitsiyani tashkil etadi. naqqoshning malakasi va yuksak mahorati aniq o‘lchamdagi eiementlarning ohangdorligi, did bilan tanlangan ranglarning o‘zaro mutanosibligini ta‘minlaydi. O‘rta Osiyoning eng qadimiy naqsh namunalarini asosan me‘moriy obida va inshootlarda ko‘rish mumkin. Naqshning ajoyib ko‘rinishlari ganch, yog‘och va tosh o‘ymakorligi, yog‘och(ustun, bolor, vassa va boshqalar)ni bo‘yab ishlash orqali amalga oshorilgan. Bizgacha yetib kelgan qadimiy zargarlik va misgarlik san‘ati noyob namunalarida ham ajdodlarimizning nozik didi, mohir qo‘li va teran zakovati bilan yaratilgan naqsh bezaklarini o‘sha turlarga xos bejirim yechimlarda bajarilganligi kishini hayratga soladi. Masalan Dalvarzintepadan topilgan oltin zirak (er. III asri) ixcham aylanma (silindrik) sirt yuzasi oddiy ritmik jihatdan nihoyatda mutanosib joylashtirilgan to‘rt bargli gul naqsh bezagi tushirilgan.

Mintaqadagi yirik kulolchilik markazi Samarqand hisoblangan.
Bu yerda sirlangan sopol idishlari ishlab chiqarishning rivoji VIII asr oxiridan boshlangan. Kulolchilik mahsulotlarining ajoyib namunalari Samarqandning qadimiy shahri hisoblangan Afrosiyobdan topildi. Sopol parchalari undagi sir va bo‘yoqlarning yuksak sifati, shakl va bezakning mukammalligini ko‘rsatadi. Bu yerda idishlar yopiq (ko‘za va xumchalar), ochiq(lagan, kosa va shokosa) shaklda ishlangan bo‘lib, nozik va bejirim ranglar bilan bezatilgan. Bu bezaklar asosan o‘simlik yoki girixiy, ba‘zan esa qush, hayvon va odamlarning uslublashgan tasviridan iborat bo‘lgan.

O‘rta Osiyo, umuman, barcha musulmon davlatlari kulolchiligida arab yozuvi epigrafik bezak butunlay yangicha bezak yo‘nalishida namoyon bo‘lgan odatdagi oq yuzaga tushurilgan yozuvni endi kulol-rassom jigarrang, qora, ba‘zan qizil rangda bitgan. Yozuv kosa va laganlarda hoshiya bo‘ylab yoki tubiga ko‘ndalangiga bezak tarzida joylashtirilgan.

Yozuvli bezak tadrijini uning ikki asosiy turi bo‘yicha kuzatish mumkin; chiziqlarning geometric aniqligi va harflarning umumiy rasoligi oddiy kufiy yozuviga xos; gullayotgan kufiy kamroq uchraydi. Bu yozuv asosan me‘morchilikda hattotlik uslubida harflarning uchlari kengaytirilgan holda beriladi. Ular o‘simlik guli va unga uyg‘unlashib ketgan shoxlarga aylanadi. X asrda va keyinchalik kulolchilikda qiya bosma harflar keng qo‘llanilgan.

Arablar istilosi oqibatida tarqalgan islom dini o‘z urf odatlari va madaniyatini kirib kelishi amaliy bezak san‘ati, jumladan naqshning ravnaqiga ma‘lum darajada ta‘sir ko‘rsatdi. Bino, buyum, kiyim, idish, qurol naqsh bilan bezatilishi jamiyat va davr talabi bo‘lib qoldi. Masjid, xonaqoh, madrasa, maqbaralarni jimjimador, hashamatli bo‘lishida naqshning ahamiyati beqiyos bo‘ldi. VIII-X asrlar me‘morchiligida g‘ishtni naqshinkor qalash san‘ati yuksak darajaga ko‘tarildi.

Buxoroning eng qadimiy yodgorliklaridan biri X-asrda (taxminan 864-868yy.) Somoniylar sulolasi asoschisi tomonidan qurilgan Ismoil Somoniy maqbarasidir. Bu yodgorlik ajoyib ziynatli turli jimjimador naqshlari va murakkab gumbazi tomli konstruksiyani qo‘llagan binokorlarning muhandislik mahorati jihatidan ham jahon me‘morchiligining eng mukammal asari hisoblanadi. Cheklangan tasvir vositasi g‘ishtning o‘zidan ham qurilish ashyosi sifatida mantiqiy naqshinkorlik hamda o‘ta nafis badiiy kompozitsion mukammallikni yaratilishi ajdodlarimiz zakovati va mohirligidan dalolatdir.

Naqshinkor bezaklar bilan jilolangan O‘zbekiston me‘moriy yodgorliklari butun dunyo sayyoh, o‘lkashunos, san‘atshunos olimlarining e‘tiborini tortmoqda. Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Qo‘qon, Farg‘ona, O‘gan kabi shaharlarning betakror qiyofasini yaratgan qadimiy me‘morlarining yuksak mahorati va badiiy tafakkuri hanuzgacha kishilarni hayratga solib kelmoqda.
Yodgorlik binolarining bezaklari xilma-xil va sermazmundir. Ular binolarning fungsional vazifasi hajmiy mutanosibligiga mos kelib, xalq madaniy an‘analarini o‘zida ifoda etadi. Me‘moriy binolar bezagida o‘simliksimon, handasaviy va epigrafik naqsh turlari uyg‘unligida jozibali kompozitsiya yaratilgan. O‘rta Osiyo san‘atida o‘rta asrlarda paydo bo‘lgan girih naqshlar keng tarqalib, hozirgi yog‘och, ganch, tosh o‘ymakorligi, kulolchilik, g‘isht terish, mozaika va devor naqshlarida foydalanilmoqda.

Girih san‘ati, ayniqsa IX-XII asrlarda ravnaq topdi. U tekis va bo‘rtma yuzalar hisobi usullarining takomillashuvi natijasida peshtoq hamda ravoq kabilarni bezashda ham ishlatildi.

XIV-XV asrlarda koshinkorlik san‘ati rivojlanib, bin ova inshoatlar serjilo ranglar berib tayyorlangan koshin hamda parchinlar bilan qoplanib ajoyib naqshlar bilan bezatildi. Masalan ko‘hna urganjdagi Torabekxonim maqbarasi, Samarqanddagi Shoxi Zinda ansambili, Ishratxona, Oqsaroy va boshqa me‘moriy yodgorliklar ana shunday uslubda sayqal topgan.

Amir Temur davrida Samarqandni ilm-fan, san‘at va madaniyatsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Amir Temur yuksak madaniyat va ma‘naviyat homiysi bo‘lgani uchun bepoyon davlati hududlaridan olimlar, shoirlar, musavvirlar, musiqachilar, me‘morlar, iqtidorli usta, hunarmandlarni Samarqandga chorlaydi. Ularga g‘amxo‘rlik qiladi.

Amir Temur va temuriylar davrida Samarqand kulolchiligida badiiy kulolchilik alohida ajralib turgan rang-barang bezaklar, bo‘yoqlar bilan bezatilgan idish tovoqlar kundalik ro‘zg‘or idishlaridan ko‘ra ko‘proq san‘at namunalariga yaqin turgan. Amir Temur va temuriylar davri badiiy kulolchiligiga nazar soladigan bo‘lsak bu davrda yangi uslublar, shakllar, bezaklar kashf qilinganligiga guvoh bo‘lamiz. Samarqand kulollari mahalliy koshin asosida oq-sutrang xomashyo yaratib, unga kobalt bilan surat chizishni kashf qilishadi. Bunday usulda yasalgan idishlar jarangi va nafisligi bilan Xitoy chinnisidan qolishmagan. Bu davrdagi kulolchilik idishlari XII-XIII va XVI-XVIII asrlardagi spool idishlardan alohida ajralib turadi. Ba O‘rta Sharq kulolchiligida o‘z o‘rniga ega. Shu sababli bu uslub hunarmandchilik tarixida ―Temuriylar uslubi‖ degan nom bilan alohida e‘tirof etilgan.

Metallga badiiy ishlov berish san‘ati Amir Temur davlatida, ayniqsa, poytaxt Samarqandda juda rivojlangan. Tarixiy manbalarda va keying davrlarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda qayd etilgan. Mohir ustalar oltin, kumush, mis va bronzadan har xil idish-tovoqlar, shamdonlar, qurol-yarog‘lar yasaganlar. Qimmatbaho metallardan ishlangan idish-tovoqlar, qadah, ko‘za va oftobalar Amir Temur uyushtirgan sayil, bazm, to‘ylarda hamda elchilarni qabul qilish marosimlarida ishlatilgan. O‘sha davrda yasalgan qandillar juda hashamatli, qimmatbaho bo‘lganini tarixchi Ibn Arabshoh yozib qoldirgan.

Registon maydonida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar paytida topilgan 60dan ziyod metal buyum XIV-XV asrlardagi Samarqand chilangarchilik maktabi yuksak cho‘qqilarga ko‘tarilganligini yaqqol isbotlaydi. Bu yerda topilgan bronza va misdan yasalgan ko‘zalar, oftobalar, laganlar, kosalar, shamdonlar, eshik dastalarining sirtiga ustalar nozik kumush iplardan ajoyib naqshlar solganki, bular jilosi bilan kishini hayratga soladi.

Amir Temur davrida Samarqandda zargarlik, shishasozlik, sangtaroshlik, temirchilik ham yaxshi rivoj topgan. Ularning ayrim namunalari dunyoning turli muzeylarida saqlanmoqda.

Samarqandda yog‘och o‘ymakorligi ham taraqqiy qilgan. Yong‘oq va tut kabi pishiq ashyolar (yog‘ochlar)dan yasalgan eshiklarning sirtiga geometric va o‘simliksimon naqshlar solingan, husnixat bilan ishlangan yozuvlardan esa qo‘shimcha bezak sifatida foydalanilgan. Samarqanddagi Shoxi Zinda va Amir Temur maqbaralariga o‘rnatilgan yog‘och eshiklar yuksak darajadagi san‘at asarlari sifatida qadrlanadi. Ularning ayrim namunalari bugungi kunda Angliyada, Nyu-Yorkdagi Metropoliten, Ermitaj muzeylarida saqlanmoqda.

Amir Temur oz fursat ichida Samarqandda san‘at va madaniyatni, shaharsozlikni, me‘morchilikni yuksak cho‘qqilarga ko‘tardi. Bu yerdagi madaniy jarayonlarning dunyo olmlari tomonidan ―Temuriylar renessansi‖ deb baholanishi ularning umumbashariy tafakkur rivojida qanchalik ulkan ahamiyat kasb etganini haqqoniy e‘tirofidir.
Ganchkorlik san’atining rivojlanish bosqichlari.

Qadimiy san‘at turlaridan biri ganchkorlik o‘z jozibasini dunyo me‘morchiligida, shu jumladan O‘rta Osiyo, Eron, Turkiya, Afg‘oniston, Arabiston va boshqa Sharq mamlakatlari me‘morchiligida namoyon bo‘lib kelmoqda. O‘ziga xos kompozitsion yechimi, badiiyligi va ishlanish uslubi bilan O‘rta Osiyoda yaratilgan asarlar boshqalaridan farq qiladi.

Ganch o ‘ymakorligi san‘ati asrlar davomida o‘ziga xos uslub bilan rivojlanib keldi. Amaliy bezak san‘atining mazkur turini rivojlanish jarayonini kuzatib, o‘rganib chiqadigan bo‘lsak har davrda bir-biridan mutlaqo farq qiladigan shakl va ko‘rinishlarda namoyon bo‘lganligi e‘tiborga loyiqdir.

Qadimgi ganch o‘ymakorligi hajmiy bo‘lib, realistic uslubda ishlangan bo‘lib, odamlar, qushlar, hayvonlar tasviri tushirilgan. Eramizning birinchi asrlaridayoq ajdodlarimiz ganchni ajoyib xususiyatlaridan foydalanib, qal‘alar, karvonsaroy va boshqa joylarni bezaganlar. Janglar oqibatida hashamatli binolar vayronaga aylanib, faqat qoldiqlari bizgacha yetib kelgan.

Tuproqqal‘aning serhasham saroy mehmonxonalari (III asr) ganch o‘ymakorligi bilan bezatilgan. Eng ahamiyatli III-IV asrlarda ishlangan ganch o‘ymakorligi namunasi (Varaxsha) topilgan bo‘lib, unda o‘simliksimon, xandasaviy (geometrik) shakldagi naqshlar tushurilgan. Ayniqsa, gorel‘efda ishlangan baliq tasviri o‘z davri ganch o‘ymakorligi uslubining o‘ziga xosligini namoyon etadi.

Varaxsha (VII-VIII asrlar) topilmalarida qushlar, hayvonlar, baliqlarni, o‘simliksimon va geometrik shakllarni o‘yma namunalarini ko‘rish mumkin.

Buxorodagi Ismoil Somoniylar maqbarasida ganch o‘ymakorligi namunalarida to‘lqinsimon ishlangan naqshlar topilgan. Unda naqshning islimi turi ko‘p ishlatilgan.

Naqqoshlik, yog‘och, tosh va ganch o‘ymakorligi X-XI asrlarda yanada rivojlandi. Bu davrda murakkab abstrakt tasvirdagi naqshlar paydo bo‘ldi. Ganch o‘ymakorligi binolarning ichki (inter‘yer) van am tegmaydigan tashqi (ekster‘yer) qismida ham qollanilgan. Hatto o‘ymakorlik elementlari ishtirokisiz g‘isht, har xil geometric shakllarda naqshsimon qilib terilishi o‘ziga xos uslubda bo‘lib, betakror joziba namoyon etgan. Yuqorida qayd etigan Somoniylar maqbarasi ana shunday noyob yodgorlik namunasi hisoblanadi.

Afrosiyobda arxeologik qazishmalar natijasida X-XI asrlarda ishlangan saroylarning qildiqlari topilgan. Izora (panel) ganchida geometrik va o‘simliksimon naqshlar chuqur o‘yma uslubida ishlangan naqshning o‘yma chuqurligi 2-3 santimetrgacha borgan. Ganch devorga qalin suvalib, naqsh tasviri devorning sirtiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chizilib o‘yilgan. Binolarning tashqi qismiga esa quyma asosida ganch ishlari bajarilgan.

Ganch o‘ymakorligida murakkab naqshlardagi o‘simlik va hayvonlarning soddalashtirilgan tasvirlarini tushurib ishlatilishi III asrda paydo bo‘ldi. Bino tashqi qismiga namoyon, ustun va peshtoqlariga ganch o‘ymakorligi kompozitsiyalari
ishlangan. Ganchkorlik san‘ati ayniqsa Movorounnahrda rivojlangan bo‘lib, me‘morchilikning asosiy bezagi darajasiga ko‘tarilgan.

Ganch o‘ymakorligi san‘atining yuksak rivojini Termiz maqbaralari namunalarida ko‘rish mumkin. XII asrda muqarnas(stalaktita)lar yuzaga kelib ko‘pgina binolarda qo‘llanila boshlandi. Muqarnaslar bino ichkarisida taxmon va boshqa joylarni bezashda ishlatilishi e‘tiborga molikdir.

Ganchkorlik san‘ati VIII asrda yanada yuksaldi. Bu Afrosiyobda topilgan ajoyib ganch o‘ymakorligi ishlarida namoyon bo‘ladi. Binolar ichki qismlarini ganchkorlik san‘ati bilan bezashning XIV-XVIII asrlarda o‘ziga xos kompozitsion yechimlari mavjud. Bu davrlarda yangicha naqsh turlari yaratilib, binolarda ganch o‘ymakorligi, uzviy bog‘langan koshinlar va toshdan yasalgan bezaklar keng ishlatila boshlandi.

XVIII asr oxiri XX asrning boshlari ganchkorlik rivojining o‘ziga xos davri bo‘lib, uslub va texnikasi ancha murakkablashdi. Ganchkorlikda rang uygunligi o‘ziga xos joziba kasb etdi. Bezaklarning hamma turlariga xos aniq kompozitsion qonunlar ishlab chiqildi. Buxoro, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona, Marg‘ilon, Namangan, Qo‘qon va Xiva ganchkorlik maktablari o‘ziga xosligi bilan shakllandi. Ganch o‘ymakorligi texnikasining mukammalligi yuksak darajaga ko‘tarildi. Yaxlit ko‘rinishli Marg‘ilon guldor bezaklari, Toshkentniki qat‘iy va aniq ritm asosida tuzilganligi, Xivaning dinamik o‘ma naqshlari o‘ziga xos spiralsimonligi bilan ajralib turadi.

Buxoroda amir Ahmad tomonidan Sitorai Moxi-Xosa (1913-1914yy) qurildi. Oq uy mehmonxomasi ichki qismida oyna zaminida bajargan ganch o‘ymakorligi o‘zining nozikligi, jimjimador qilib bezatilganligi bilan kishini hayratga soladi.

  • O‘zbekiston mustaqillikka erishgach hayotning barcha jabhalarida islohatlar jadal suratlarda olib borildi. An‘anaviy ma‘naviy qadriyatlar qayta tiklanishi tufayli Islom tafkkurining turli jihatlariga qiziqish o‘sib bormoqda. Har kungi besh vaqt ibodat chog‘ida foydalanish uchun maxsus joynamoz tayyorlangan. Haftaning juma kunlari masjidda ibodat qilishadi. Qolgan kunlari namoz o‘qish uchun masjidga o‘xshash ramziy kichik gilamchali joynamozlar o‘taganlar.Uning xajmi kishi tik turgan va tizzasi bukilgan xollari xisobga olinib tayyorlangan. Oilaning har bir kishisi o‘z ibodat gilamchasiga ega bo‘lgan.

  • O‘rta asrlarda islom mamlakatlarida namoz uchun gilamchalar tayyorlangan. Namoz o‘qish uchun mo‘ljallangan kichik gilamchalarning ilk namunalari XIV asr birinchi yarmi va XV asr ikkinchi yarmi Italiya uyg‘onish davri rassomlari J.Belliki,V.Karpaggo,L.Lotto o‘z kartinalarida turk gilamchalarini ko‘p marta tasvirlashgan. XVI-XVII asrlarda e‘ron ibodat gilamchalarining ajoyib nusxalari tayyorlangan.

  • Ibodat gilamchalari turli mamlakatlarda turlicha atalgan. E‘ronda ular -Joynamoz, Tagi nomi bilan ma‘lum. Arabiston va Turkiyada kichik ibodat gilamchalari Sajjod, Katta joynamoz, ―Namozlik, O‘rta osiyoda esa ―Joynamoz va ―Namozlik deb yuritiladi. Ibodat gilamchalari saroy ustaxonalarida, qishloqlarda ham rassom naqqoshlarning xomaki chizmalari asosida tayyorlangan. Lekin ibodat gilamchalari kim va qayerda tayyorlangan bo‘lishidan qatiy nazar ,unga albatta peshtoqli mexrob tasvirlanishi shart bo‘lgan.


Masjidlarning mexrobi qiblani Makka tarafiga qurilgan. Musulmonlarning asosiy ilohiy maskani – Ka‘ba joylashgani bois Makka barcha musulmonlar uchun muqaddas shaxar xisoblangan. Musulmon madaniyatiga birmuncha ramziy ma‘nodagi eshikni iloxiy darvoza deb qarashgan. Undan,yerdagi mavjud hayotdan, muqaddas va ilohiy hayotga o‘tiladi deb tushunilgan. Joynamozdagi peshtoqlaraynan shunday vazifani o‘tagan. Gilamchalarning pastgi qismi budunyoni bildirsa, yuqori peshtoq osti qismi u dunyoni bildirgan.

Safoyi nomini olgan joynamozlar o‘zining ajoyib ko‘rinishi va bajarilishi uslubi, material va bezaklarga boyligi b-n ajralib turadi.Ular amir amaldorlarga mo‘ljallangan bo‘lib, junli ziynatai rassomlar ko‘rsatmalari asosida bajarilgan bo‘lib ular ollohga iltijo qilishni ifoda etgan. Bunda asosan qurondagi olloh va payg‘ambarlar madx etilgan oyatlar yozilgan. Albatta bu Quron oyatlari gilamchaning yuqori qismida, peshtoqning ostida ―Yuqori dunyoda joylashtirilgan. Chunki so‘z va uning tasviri musulmonlar uchun muqaddas sanalgan. Kishilar arab yozuvlari go‘zalligidan bexudaga xayratlanishmagan. Ular (arabcha yozuvdagi harflar) o‘zlarida Ollox go‘zalligini timsollashtirgan. ―Saroy‖ joynamozlari bezaklarida asosiy o‘rin tutuvchi nafis-jozibador o‘simliksimon naqshlarning ramziy vazifasini ta‘kidlaydi.Oddiy kishilar foydalangan xomaki movut joynamoz amaldorlar foydalangan joynamozlardan keskin ajralib turgan. Gilamchalarning bu guruhi XIX asr oxiri XX asr boshlariga taalluqlidir. Joynamozlarni tayyorlashda yaxshi ma‘lum bo‘lgan an‘anaviy gilamlar tasvirlaridan foydalanilgan.

Chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi qabilalar orasida ilohiy kuchlar an‘anaviy tarzda totem (qabila sig‘inadigan mavjudot yoki buyum) jonivor va qush deb tushunilgan. Shuning uchun ularning joynamozi mexrobli peshtoq ostida qo‘chqor shoxi yoki qushlar tirnog‘i tasvirini tez-tez uchratish mumkin.

Xomaki movutdan tayyorlangan joynamozlarning o‘ziga xos yana bir xususiyati ularda sajda qilish xolati aniqlashtirilganidadir. Ularda ibodat qiluvchilarning qo‘li va boshi tushiriladigan joy ko‘rsatilgan. Gilamlar bezaklarida ibodat xarakatini ifodalovchi turlicha ramzlar paydo bo‘la boshladi. Saroy ibodat gilamchalarida zikrning mavxumiy xolatlarini aks ettiruvchi naqsh unsurlari yetakchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, oddiy kishilar ibodat gilamchalari anchagina soddaligi b-n ajralib turgan.

Xomaki movutdan tayyorlangan joynamozlarda erkaklar va ayollar qiyofalarini xam uchratishimiz mumkin. Bu jonli mavjudot tasvirini taqiqlovchi diniy qoidaga ba‘zan amal qilinmaganligini bildiradi. ―Saroy joynamozlarida xam jonivorlarning nafis tasvirlariga duch kelamiz.

O‘rta osiyoda joynamoz ishlab chiqarish shaxar axolisi va o‘troq hayot kechiruvchi yoki endigina o‘troqlasha boshlagan katta qabilalar orasida keng tarqalgan. Bu o‘troq qabilalar tashqi ta‘sirni ko‘proq qabul qilishini, ko‘chmanchi qabilalar esa diniy ta‘sirni o‘z an‘analari doirasida qabul qilishini bildiradi.

Turkman joynamozi asosan Amudaryoning o‘rta oqishi xududida yashovchi, chorvachilik va dexqonchilikni xamisha birga olib boruvchi ―Ersari qabilasi kishilari tomonidan tayyorlangan. Turkman ibodat gilamchalarida mexrob taxmoni doimo xayvon shoxi tasviri bilan bezatilgan. Ularda o‘simliksimon va gulli bezaklar ko‘p bo‘lishiga qaramay, uslubi jixatidan Saroy gilamchalariga xos xandasaviy uslubidan keskin farq qiladi.



Yüklə 97,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin