1. Bolalar bog‘chasi va boshlang‘ich sinflarda matematika fani o‘qitilishi orasidagi uzviylik


Bilim, malaka va ko`nikmalarni mustahkamlash



Yüklə 87,57 Kb.
səhifə10/17
tarix09.08.2023
ölçüsü87,57 Kb.
#139022
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
25 talik mavzu

Bilim, malaka va ko`nikmalarni mustahkamlash
Bunday darsning maqsadi olingan bilimlarni mustahkamlashga yo`naltirilgan bo`ladi va unda mashqlar, amaliy va mustaqil ishlar asosiy vosita hisoblanadi.
O`tilganlarni takrorlash darslari
Tuzilishi mustahkamlash dars kabi, takrorlash darslarida asosan o`rganilgan o`quv matеriali tizimga solinadi va
umumlashtiriladi. Takrorlash turlari: 1) o`quv yili boshida va kundalik takrorlash; 2) mavzu bo`yicha takrorlash; 3) umumlashtiruvchi takrorlash. 
Bilim, malaka va ko`nikmalarni tеkshirish va hisobga olish darslari
Tuzilishi: 1. Dars maqsadini aytish. 2. Nazorat ishining mazmuni bilan tanishtirish. 3. Ishni bajarishga oid qisqacha yo`l - yo`riq bеrish. 4. O`quvchilarning ishlarni mustaqil bajarishlari. 5. Ishni yig`ib olish.


11. Darsni tahlil qilish
Dars kuzatish va tahlil qilish orqali o‘quvchilarning umumiy tayyorgarligi, bilim olishdagi faoliyati, o‘quv fanga bo‘lgan qiziqishi, diqqat bilan ishlashi, matn, xarita, jadval, asboblar bilan mustaqil ishlay bilishi, o‘qituvchiga bo‘lgan munosabati aniqlanadi. Shu bilan birga o‘qituvchining faoliyati ham tahlil qilinadi. Chunonchi, o‘qituvchining o‘quv dasturi materiallarini bilish darajasi, yangi mavzuni tushuntirish jarayonida asosiy fikrni ajratib olishi, ilmiylik va soddalik, ko‘rgazmalilik tamoyillariga rioya qilishi, dars maqsadini to‘g‘ri qo‘yishi, dars jarayonni to‘g‘ri rejalashtirishi, darsda hamkorlikka erisha olishi, bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni nazorat etish, o‘quvchilar bilan yakka va jamoada ishlashni tashkil eta bilishi, dars mobaynida vaqtdan unumli foydalanishi va pedagogik muamala madaniyatini egallaganlik darajasi, kabi jihatlar inobatga olinadi.
O‘qituvchinig darsini bir necha marta kuzatish va tahlil qilish uning pedagogik mahorati, ish tizimi, o‘quvchilarining o‘zlashtirishi, bilim darajasi kabi sohaviy va kasbiy layoqati yuzasidan xulosa chiqarish imkonini beradi.
Ta’kidlash joizki, umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchilarining darslarini tahlil qilishda ko‘pincha kuzatuvchilar darsga yaxlit tizim sifatida qaramay ko‘proq tashqi jihatlariga baho beradilar, darsning mazmun-mohiyati xususida yuzaki muloxaza yuritadilar. Shuningdek, dars tahlilida o‘qituvchining ko‘rsatmali quroldan foydalanishi, didaktik kartochkalar bilan ishlashi va hokazolar aytiladi-yu, ammo ulardan nima maqsadda, qaysi vaziyatda foydalanilgani, qanchalik samara berganligi, vaqt taqsimotiga to‘g‘ri amal qilinganligi, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan olmaganligi kabi masalalar to‘g‘risida fikr yuritilmaydi. Bundan tashqari yana bir jiddiy kamchilik o‘qituvchining o‘zini o‘zi tahlil qilishga e’tibor qaratmaslikdir. O‘zini-o‘zi tahlil qilish tamoyili o‘qituvchining o‘z faoliyatidagi yutuq va kamchiliklarini aniqlash va bartaraf etishga oid maqsadli yo‘lni belgilab olishiga asos bo‘ladi. 
O‘qituvchilar aksariyat hollarda dars jarayonida quyidagi xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yadilar. Jumladan:

  • Dars maqsadi bilan o‘quvchilarni tanishtirmaslik;

  • Interfaol metodlardan samarasiz foydalanish;

  • Dars jarayonida barcha o‘quvchilarning ishtirokini ta’minlay olmaslik;

  • O‘quvchilar bilan yakka va jamoa tartibda ishlashga erisha olmaslik;

  • O‘quvchilarning mustaqil ishlashini ta’minlamaslik.

  • O‘quvchilar bajargan ishlarini vaqtida baholamaslik;

  • O‘kituvchi nutqining ravon ta’sirchan emasligi;

  • Mavzuni amaliyot bilan bog‘lab tushuntirmaslik;

  • Mavzuni ilmiy va amaliy nuqtai nazardan tushuntirishga e’tibor bermaslik;

  • Sinf doskasi, darslik, o‘quvchi daftari, qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanishning tizimli yo‘lga quyilmaganligi;

  • O‘quvchilarga beriladigan savollarning muammoli tarzda tuzilmaganligi kabilar.

Darslar aniq maqsad asosida kuzatilishi va tahlil qilish lozim. Shundagina natijasi samarali bo‘ladi va o‘quv jarayoni yuzasidan aniq xulosa chiqarishga yordam beradi. Dars tahlilida tizimsizlik, aniq bir maqsadning yo‘qligi, darsga tasodifan qatnashish, darsni chuqur tahlil qila olmaslik, o‘kituvchiga amaliy yordam ko‘rsata olmaslik esa darslar sifatining va saviyasining pasayib ketishiga olib keladi.
Darslarni tahlil qilish faqatgina metodik ahamiyatga ega bo‘lmay, balki maktabda o‘quv-tarbiya jarayoniga rahbarlik va nazoratning muhim shakllaridan biridir. O‘qituvchi darsini kuzatish va tahlil qilish amaliyotining tizimli amalga oshirilishi darslarni qiyoslash va yo‘l qo‘yilgan xatolarning bartaraf etilganligini aniqlash imkoniyatini beradi. O‘qituvchilarning o‘zaro dars kuzatishi tajriba almashinuv jarayoni bo‘lib, dars o‘tayotgan o‘qituvchi bor mahoratini ishga solib, yuqori ishchanlik bilan faoliyat ko‘rsatsa, tahlil qiluvchi o‘qituvchi esa taklif va mulohazalar berish orqali tajribasini boyitadi, metodik malakasini oshiradi.
Dars tahlili o‘quv mashg‘ulotini kuzatish, o‘rganish shaklida olib boriladi. Щu o‘rinda savol tug‘iladi. O‘qituvchining darsi kim tomonidan kuzatilishi lozim? Qanday maqsad Bilan kuzatiladi va tahlil qilinadi? O‘qituvchining darsi viloyat XTB, tuman, xalq ta’limi bo‘limi, ta’lim muassasalari rahbarlari, xodimlari, metodistlar va o‘qituvchilar tomonida kuzatiladi va tahlil qilinadi.
Buning uchun eng avvalo, darsga kirishdan maqsad nimadan iborat ekanligini aniqlab olish zarur. Dars quyidagi maqsadda kuzatiladi va tahlil qilinadi:

  • ta’lim va tarbiya jarayoni sifatini aniqlash;

  • o‘qituvchining pedagogik mahoratini oshirishga yordam berish;.

  • ilg‘or ish usullari va metodlarini o‘rganish va ommalashtirish;.

  • o‘qituvchilarning o‘zaro tajriba almashishi;

  • o‘quvchilarning bilimi va tarbiyalanganlik darajasini aniqlash;

  • ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;

  • o‘quvchilarning bilish faoliyatini o‘rganish;

  • dars jarayonida yuzaga kelashi mumkin bo‘lgan xato va kamchiliklarning oldini olish o‘qituvchiga amaliy va metodik yordam ko‘rsatish;

  • ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar psixologik xususiyatlarinng

  • tomonlarida o‘ziga xosligini e’tiborga oliish;

  • darsda o‘quvchilarni faollashtirish va mavzuni o‘zlashtirishlari e’tiborga olinganligi.

Dars o‘quv jarayonining juda ko‘p ta’lim-tarbiya qirralarini hal qiluvchi asos hisoblanadi. Shunga ko‘ra darsga kuzatuvchi va tahlil qiliuvchilardan maxsus tayyorgarlik ko‘rish talab etiladi.

Yüklə 87,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin