1. Bolaning faolligi ijtimoiy tarixiy tajribani o’zlashtirishga yordam beradi



Yüklə 32,57 Kb.
tarix22.09.2023
ölçüsü32,57 Kb.
#147072
Atxambek Psixalogiya fani


Reja:
1. Bolaning faolligi ijtimoiy tarixiy tajribani o’zlashtirishga yordam beradi
2. Ilk yoshdagi bolaning kattalar bilan muomalasi
3. Maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlari va ularni tarbiyalash
Maktabgacha ta’lim bola sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishni ta’minlaydi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorladi. Maktabgacha ta’lim, bola 6-7 yoshga yetguncha oilada, hamda davlat va nodavlat (davlatga qarashli bo‘lmagan) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’limning asosiy vazifalari quyidagilar deb belgilanadi: bolalarni xalqning boy milliy, madaniy tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida aqliy va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash; bolalarda milliy g‘urur, vatanparvarlik hislarini shakllantirish; maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o‘qishga intilish mayllarini shakllantirib, ularni muntazam ravishdagi ta’lim jarayoniga tayyorlash bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish. bolalarning jismoniy va ruhiy sogligini ta’minlash kabilarni o‘z oldiga maqsad qilib belgilaydi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining yasli va maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar guruhlariga bir xil yoshdagi, shuningdek turli yoshdagi bolalar qabul qilinishi mumkin. Guruhlardagi bolalar soni quyidagicha belgilanadi: 3 yoshdan 4-5 yoshgacha 20-25 ta. 5-6 yoshdan 6-7 yoshgacha 25-30 ta. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari hududlarining demografik, ijtimoiyiqtisodiy va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi, MTTlarini tashkil etish va tugatish Qonunga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarilari ularning yo‘nalishlariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari qo`shma tipdagi maktabgacha ta`lim tashkilotlari ko`p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta`lim tashkilotlari. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari turlari ota-onalar tomonidan tanlanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish tartibi, ularni bir muassasadan ikkinchisiga ko‘chirish, muassasadan chiqarish davlat muassasalarida Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan tartibda, davlatga qarashli bo‘lmagan Maktabgacha ta’lim tashkilotlarilarida esa, tashkilotning Ustavi bilan belgilanadi. Har bir sohada bo‘lganidek, Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tizimida ham Maktabgacha ta’lim tashkilotlarlariga tegishli ma’lumotga, kasb tayyorgarligiga hamda yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish xuquqiga egadirlar. Ta’limni boshqarish bo‘yicha vaqolati davlat organlari tomonidan pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, kasb sifatini raqobatbardoshlik darajada saqlab turish ta’minlanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagogik kadrlarning o‘quv pedagogik vazifasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari turiga davlat talablaridan kelib chiqqan holda Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi. Ilg`or pedagogik va axborot tehnologiyalarni, mutaxassislar tomonidan tavsiya etilgan yangi dasturlar, metodik qo‘llanmalar, didaktik materiallarni joriy etis
Har bir sohada bo‘lganidek, Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tizimida ham Maktabgacha ta’lim tashkilotlarlariga tegishli ma’lumotga, kasb tayyorgarligiga hamda yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish xuquqiga egadirlar.
Ta’limni boshqarish bo‘yicha vaqolati davlat organlari tomonidan pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, kasb sifatini raqobatbardoshlik darajada saqlab turish ta’minlanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagogik kadrlarning o‘quv pedagogik vazifasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari turiga davlat talablaridan kelib chiqqan holda Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi. Ilg`or pedagogik va axborot tehnologiyalarni, mutaxassislar tomonidan tavsiya etilgan yangi dasturlar, metodik qo‘llanmalar, didaktik materiallarni joriy etish uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydi. Pedagogik kadrlarning o‘zaro munosabatlari hamkorlik, demokratiya, hurmat, shaxsning o‘z qadrqimmatini bilishni e’tirof pedagogikasi asosida ko‘riladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablariga tayangan holda maktabgacha yoshdagi bolalarga integral tarzda ta’limtarbiya berish maqsadida tayanch dasturlari takdim etilmoqda. Bu tayanch dasturlari bugungi kunda maktabgacha ta’lim-tarbiya muassasalariga jalb etilmagan 3 milliondan ortiq bolani ham rivojlantirish va yagona davlat talablari asosida maktabga tayyorlash imkonini beradi. Hozirgi taraqqiyot bosqichida jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tashkil qilishning istiqbollari: muammo va yechimlar.
Xalqaro miqiyosidagi ilmiy amaliy-anjuman. 2022 yil 28-29 aprel 1207 Ta’lim-tarbiya jarayoni yakunida mustaqil fikrlaydigan, erkin, bilimli, bir suz bilan aytganda barkamol shaxsni 34 voyaga etkazish asosiy maqsad qilib belgilandi. Bu uzluksiz ta’lim tizimining ilk turi-maktabgacha ta’limga o‘ziga xos yondoshuvni talab etar edi. Bola dunyoga kelgan kundan boshlab, davlat va jamiyat hamda ota-ona zimmasiga uni soglom, aqlli, xush xulqli qilib tarbiyalash vazifasi quyildi. Bolalarda aqliy faoliyatni dastlab muomala orqali, so‘ng ta`limiy faoliyatlar, o‘yinlar va boshqa faoliyatlar orqali amalga oshirildi. Bola har doim buyumlar, hodisalar orasida bo‘ladi. Doimo biror narsa bilan tanishadi, nimanidir bilib oladi, ushlab kuradi, nimagadir quloq soladi, shu tarzda bola dunyoni anglaydi. Tevarakatrof buyum va narsalar bolalarining sezgi organlariga, analizatorlarga ta’sir etadi va sezgi hosil bo‘ladi. Sezgi bolalarda ayrim xossalarni bilib olishga yordam beradi. Bolada aqliy malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish, eng oddiy faoliyat usullari predmetlarini tekshirish, ulardagi muhim va muhim bo‘lmagan belgilarni ajratib ko‘rsatish boshqa predmetlar bilan taqqoslash maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarda aqliy tarbiya berish vazifalaridan biridir. Bu ko‘nikma, malakalar bilish faoliyatining tarkibiy qismlarga bo‘lib, bola bilimlarni chuqur egallab olishga yordam beradi. Pedagogika, psixologiya fani aqliy tarbiya vazifalarini samarali hal etish, birinchi navbatda, bolaning imkoniyatlarini to‘g‘ri foydalanishni, ikkinchi tomondan bola organizmining charchashiga sabab bo‘ladigan ortiqcha zo‘riqish bo‘lmasligi kerak, degan fikrni ilgari suradi. To‘g‘ri tashkil etilgan faoliyat jarayonidagina to‘laqonli aqliy rivojlanish ro‘y beradi. Shu sababli pedagoglarning vazifasi muayyan maqsadni ko‘zlab, tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish uchun kerakli sharoitni yaratish bolalarda aqliy faoliyatni dastlab muomala orqali so‘ng ta`limiy faoliyatlari va boshqa faoliyatlar orqali amalga oshiriladi. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda aqliy tarbiyaning roli kattadir. Bolani bilimlarini egallab olishlari, ularni aqliy faolligini rivojlantirish, aqliy malaka va ko‘nikmalarini egallab olishlari, ularning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishlari uchun, bo‘lajak mehnat faoliyatiga tayyorlanishda manba bo‘lib xizmat qiladi.
Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarni aqliy tarbiyalashning asosiy vazifalari quyidagilar:
1. Bolalarda tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi bilimlar tizimini ilmiy dunoqarashini shakllantirish. Bola tevarak- atrofdagi narsalar, ularning vazifasi, sifati, xossalari haqida, qaysi materiallardan foydalanganligi, tayyorlanganligi to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishi kerak.
2. Bilishga doir ruhiy jarayonlarni rivojlantirish: sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur, nutq va boshqalar. Bilimga doir nutqni rivojlantirish aqliy tarbiyaning erkin vazifasidir.
3. Bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni, aqliy mehnat madaniyatini rivojlantirish. Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchanligini ular aqlning sinchkovligini rivojlantirish va shu asosida bilishga qiziqish hosil qilishdan iborat.
4. Aqliy malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish, ya’ni oddiy faoliyat usullari, predmetlarni tekshirish, ulardagi muhim va muhim bo‘lmagan belgilarni ajratib ko‘rsatish boshqa predmetlar bilan taqqoslash maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish vazifalaridan biridir. O‘simlik va hayvonlar bilan tanishish bo‘yicha tizimli mashg‘ulotlar olib borilgandan keyin bolalar o‘simlik, yosh hayvonlar to‘g‘risidagi ma’lum bir tasavvurga ega bo‘ladilar. So‘ngra bolalardagi aqliy ko‘nikma, malakalarni rivojlantirish maqsadida tarbiyachi bolalar bilan o`yinli ta`lim faoliyatini o‘tkazishni rejalashtirish mumkin. Bular quyidagilar: «Sen ta’rifla, men topaman». Didaktik vazifa: Kattalarning savollariga narsaning xarakterli belgisini ajratib va nomini aytib javob berish. O‘yin harakati:Kattalarga topishmoqni aytish. O‘yin qoidasi :Ta’riflanayotgan narsaning nomini aytish mumkin emas. Tarbiyachining savollariga aniq va to‘g‘ri javob berish. Jihozlash : Sabzavot va mevalarni stol ustiga qo‘yiladi. Tarbiyachi stulini o‘simliklar ko‘rinmaydigan qilib qo‘yiladi. O‘yinning borishi: Tarbiyachi bolalarga stol ustidagi sabzavotlardan bittasini tanlang. Men sizdan uning qandayligini surayman. Siz javob berasiz. Faqat uning nomini aytmang. Sizlarning javoblaringizdan men uni topishga harakat qilaman. Keyin tartib bilan tarbiyachi savol beradi: «Shakli qanday?, Hamma tomoni shardek dumaloqmi?, Chuqurchasi bormi?, Rangi qanday?,» va boshqalar. Bolalar savollarga to‘la javob berishadi. Bolalar narsaning xarakterli belgilari haqida gapirib berganlaridan keyin tarbiyachi topishmoqni topadi. Ta`limiy faoliyatda, o‘yinda, tabiat burchagida va maydonchadagi mehnatda, Hozirgi taraqqiyot bosqichida jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tashkil qilishning istiqbollari: muammo va yechimlar. Xalqaro miqiyosidagi ilmiy amaliy-anjuman. 2022 yil 28-29 aprel 1208 ekskursiya va sayr vaqtida tarbiyachi bolalarga atrofdagi olamning turlitumanligini, chiroyini ko‘rsatadi, o‘simlikning turli xususiyatlari, sifatlari bilan tanishtiradi, o‘simlik va hayvonot olami haqida elementar tushunchani shakllantiradi. Tarbiyachining hikoyasidan faolroq o‘zlashtirib olishga bolalarning jozibali munosabati imkon beradi. Ta`limiy faoliyatlarda, didaktik o‘yinlarda qo‘yilgan vazifani hal etishda bola buyum va hodisalarning ayrim xususiyatlarini ajratishga, solishtirishga, umumiy xususiyatlarga, belgilariga qarab guruhlarga ajratishga, klassifikatsiya etishga o‘rganadilar. Bolalar fikr yuritishga, xulosalar chiqarishga o‘rganadi, bolalar diqqati, xotirasi va ixtiyoriy idroki rivojlanadi. Ta`limiy faoliyatni, o‘yin vazifasini hal etishda bola o‘zining xatti-harakatini tushuntiradi. Bu esa nutqining o‘sishiga yordam beradi. Ta`limiy faoliyatlar, didaktik o‘yinlar davomida turli maktabgacha yoshdagi bolalar ko‘p marotaba takrorlash orqali bolalar bog‘chasining ta’lim-tarbiya dasturiga xos bilimlar majmuini uzlashtiradilar. Tabiiy materiallar bilan uynaladigan o‘yinlarni tanlashtirishda tarbiyachi o‘yinning mazmuni atrof muhitdagi tabiatdagi o‘zgarishlarga mosligini unutmasligi lozim. Masalan: «Urug‘ sotib olish» o‘yini bahorda, «Hosil yigishtirish» esa yoz yoki kuzda o‘tkazilishi kerak. Tarbiyachining o‘zi ham ta`limiy faoliyat, o‘yinning turlicha variantlarini o`ylashi mumkin: o‘yinga, ta`limiy faoliyatlarga qo`shimcha vazifa, yangi rol, bolalarning atrofdagi tabiat haqidagi bilimlarini boyitishga va boshqalar. Ba’zi bir xil didaktik o‘yinni turli variantda, turli yoshdagi bolalar uchun tavsiya etiladi. O‘yinlar o‘simliklar, hayvonlar yoki boshqa predmetlarning soni oshishi, turlicha qoida va o‘yin harakatlarining oshishi hisobiga murakkablashadi. Masalan: paypaslab bilish uchun sabzi, bodring, olma va boshqalar olish mumkin, keyinchalik shakli o‘xshash bo‘lgan meva va sabzavotlarni kiritish mumkin. Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarga barg, gullar bilan o‘ynash ko‘pincha guruh xonasini, ovqat stolini bezash, guldasta, barglarni kattalarga, kichik bolalarga sovg`a qilishga xohishlari bilan bog‘lanadi. Bunday o‘yinlarni, Ta`limiy faoliyatni o‘tkazishda bolalarni o‘simliklarga nisbatan ehtiyotkorlikka, gullarni bekordan-bekorga uzmaslikka o‘rgatish lozim. Agar bola olma yoki boshqa predmetlarning shakliga diqqatini qaratgan bo‘lsa, unga olmani dumalatib ko‘rish, koptokdek silab kurish, uning silliqligini aniqlashni taklif etish lozim. Bolalarda rang, shakl, kattalik tushunchalarini ishlatishga o‘rgatish lozim. Xilma-xil tabiat hodisasi olamida bolalarning bevosita kuzatishlari uchun eng tushunarligi o‘simlik va uy hayvonlaridir. Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarni o‘simlik va hayvonlar bilan tanishtirish jarayonida bolalarda tabiatga nisbatan muhabbat tarbiyalanadi, hayvonlarni parvarishlashga, o‘simliklarni o‘stirishga nisbatan istaklari tarbiyalanadi.
Bolani tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatlarning roli.
Rasm chizish, loydan buyumlar yasash va applikatsiya - bu tasviriy faoliyat turlari bo'lib, ularning asosiy vazifasi tevarak-atrofni obrazli aks ettirish hisoblanadi. Masalan, yozuvchining she'ri va rassomning asari. Tasviriy faoliyat maktab yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Tasviriy faoliyat bolalarni ongli tomondan tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etadi. Birorta predmetni chizish yoki yasash uchun albatta u bilan oldindan tanishish yoki kuzatib chiqish, uning shakli, katta-kichikligini, qismlarning joylashishi, rangini bilish kerak bo'ladi. Bu jarayonda ko'rish, sezish, qo'l harakatlari ishtirok etmay qolmaydi.Bolalar predmet va hodisalarni kuzatish va ko'rib chiqish jarayonida predmetni katta-kichik guruhlarga bo'lib, uning shaklini o'zgartirib, rangini turli-tumanligi bilan tasvirlaydilar. Shuningdek tasviriy faoliyat jarayonida bolalar turli xil material (qog'oz, bo'r, bo'yoqlar) bilan ularning o'ziga xos xususiyatlari, ular bilan ishlash texnikasi bilan tanishadilar, bu esa bolalarning aqlan o'sishiga sabab bo'ladi. Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda fikr yuritish operatsiyalari (tahlil, sintez, taqqoslash umumlashtirish)ning rivojlanishiga imkon beradi, bu, o'z navbatida, bolalarning oqilona o'sishiga olib keladi. Bu jarayonda bolalarning nutqi rivojlanadi. Sensor tarbiyani amalga oshirishda tasviriy faoliyatning ahamiyati katta. Chunki bolalar predmetlar bilan uzviy bog'lanadilar, ularning o'ziga xos sifatlari, shakli, rangi bilan, katta-kichikligi bilan tanishadilar, ularning farqini, o'xshashligini aniqlaydilar, bu esa bolalarni sensor tarbiyalashgan, ko'rgazmali, obrazli fikr yuritishga imkon beradi. Tasviriy faoliyat bolalarni axloqiy jihatdan tarbiyalaydi. Chunki bolalar o'z ishlarida bizning hayotimizda, jamiyatda bo'layotgan voqea-hodisalarni aks ettiradilar, ulardan mamnun bo'ladilar, hayajonlanadilar.Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda irodaning sifatlari -boshlagan ishini oxiriga yetkazish, oldiga maqsad qo'yib, o'shani bajarishga tomon intilish, qiyinchiliklarni yengish, o'rtoqlariga yordamlashish kabi xususiyatlar tarbiyalanadi. Jamoa ishini yaratish jarayonida bolalarda bir-biriga yordam, kelishib ishlash kabi sifatlar tarbiyalanadi.Bolaning faolligi ijtimoiy tarixiy tajribani o’zlashtirishga yordam beradi, buning asosida roli uning bilish, ko’rgazmali, o’yin, eng oddiy mehnat va o’quv kabi xilma- xil faoliyat turlari,
o’zlashtirishga yordam beradi, buning asosida roli uning shuningdek. muomalasi shakllanadi. Bolalarda, ishni baholash jarayonida, bolalarni o'rtoqlarining ishiga nisbatan real munosabatda bo'lish, to'g'ri baholash, o'z ishidan va o'rtoqlarining ishidan xursand bo`lish kabi axloqiy sifatlar tarbiyalanadi. Tasviriy faoliyat bu bolalarni o'z oldiga qo'ygan maqsadlarini bajarishda tinmay mehnat qilishga undovchi faoliyat hisoblanadi. Bolalarda mehnat ko'nikmalarini o'stirish, tarbiyalash kerak, faqat navbatchilik orqali ba'zi bolalarda emas, balki, har bir bolada. Tasviriy faoliyat bolalarga estetik tarbiya berishning asosiy vositasi hisoblanadi. Har bir predmetning katta-kichikligini, rangini, shaklini, fazoda joylashishini ajratish, bu estetik sezgining bo'laklari hisoblanadi. Bolalarda estetik sezgining rivojlanishi - bu rangi, ritmi, proportsiyani chuqurroq sezish bilan bog'liqdir. Bolalar rangni, shaklni, uning xilma-xilligini sezsa yoki his etsa, u shunchalik ranglar aralashmasining xilma-xilligidan zavq oladi, bahramand bo'ladi. Bolalarda estetik sezgining rivojlanishi, ularda predmetga va uning ba'zi sifatlariga nisbatan estetik baho berishga o'rganadilar. Ularda tasviriy san'at asarlarini tushunishga, ularga nisbatan his-tuyg'uni, munosabatni tarbiyalaydi. Tasviriy faoliyat bolalarda badiiy-ijodiy o'stirishda muhim rol egallaydi. Bolaning badiiy ijodiy o'sishi bu obrazli fikr yuritish, estetik idrok etishni va obraz yaratishda zarurbo'lgan malaka, ko'nikmalami egallash hisoblanadi. Masalan, tabiatga yoki istirohat bog'iga sayr, ko'z faslida sayohat uyushtirish. Tarbiyachi bolalami predmet yoki tevarak-atrofni kuzatishda paydo bo'luvchi estetik his-tuyg'u orqali, tevarak-atrofga, kishilar mehnatiga to'g'ri baho berish, vatanga nisbatan muhabbat kabi sifatlarni tarbiyalash mumkin. Bolalami o'z ishini yana ham chiroyli va yaxshi bajarish, boshqalarga yoqadigan, ularni ko'rganda quvonadigan qilib yaratish bu badiiy, axloqiy tarbiyalashning asosiy vazifasi hisoblanadi.Maktabga bolalami tayyorlashda tasviriy faoliyat katta ahamiyat kasb etadi. Rasm, loy, qurish materiallari bo'yicha bilim, malakalarini egallash maktabda tasviriy faoliyat darslari va mehnat darslarini muvaffaqiyatli egallashlariga asos bo'ladi. Ularni o'quv faoliyatiga tayyorlaydi: pedagogni tinglashga, uning ko'rsatmalarini bajarishga o'rgatadi. Oldiga qo'yilgan vazifani hal etishda, uning asosiy va muhim hal etish yo'llarini izlab topish bu o'quv faoliyatning asosiy sababchilaridan biridir. Tasviriy faoliyat jarayonida o'z ishini nazorat qilib borish, maktabda vazifalarni bajarishda ham rol o'ynaydi. Shuningdek, bola tasviriy faoliyat jarayonida psixologik jihatdan ham tayyorlanib boradi. Maktabda qiziqishga xohish, yangiliklarni bilishga intilish, maqsadi sari intilish, tartibli holda shug'ullanish va shu kabilar. Shunday qilib, tasviriy faoliyat jarayonida olgan malakalar bolalarni maktab hayotiga tezda kirishib ketishiga asos bo'ladi. Bola u yoki bu faoliyatni o’zlashtirib, faollik ko’rsatadi, ayni paytda shu faoliyat bilan bog’liq bilimiar, malaka, ko’nikmalarni o’zlashtiradi, SHu asosda unda xilma-xil qobiliyatlar va shaxs xususiyatlari shakllanadi.Faoliyat — kishining moddiy va ma’naviy ne'matlar yaratish borasidagi hamda shaxsiy va ijtimoiy sohadagi ma'lum bir maqsad sari qiladigan xatti-harakatlar majmuasidir.
Faoliyat — insonni belgilangan (rejalashtirilgan) maqsadga erishishdir. Faoliyat — bir narsani aniqlash uchun biror narsa qilish xohishi (jarayoni).Bolaning faoliyatdagi faol mavqei uni faqat tarbiya ob'ektiga emas, shu bilan birga tarbiya sub'ektiga ham aylantirdi. Bu bolani tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatning etakchilik rolini belgilaydi. Bolalarning rivojlanishi va tarbiyalanishining yosh bilan bog’liq davrlarida faoliyatning turli xillari yonma-yon bo’ladi va o’zaro ta'sir ko’rsatadi, lekin bunda ularning roli bir xil bo’lmaydi: har bir bosqichda faoliyatning etakchi turi ajratiladi, unda bolaning rivojlanishidagi asosiy yutular namoyon buladi. Flar bir faoliyat ehtiyoj, sabablar. faoliyat maqsadi, mavzui, vositalari, buyumlar bilan amalga oshiriladigan harakatlar va nihoyat, natija bilan ajralib turadi. Ilmiy ma'lumotlarning dalolat berishicha, bola ularni darhol emas, balki asta-sekin va katta yoshdagi odamning rahbarligida egallaydi. Bola faoliyatining xilma-xilligi va boyligi, uni egallashdagi muvaffaqiyat oiladagi, bolalar bog’chasidagi tarbiya va ta'lim sharoitlariga bog’lik, bo’ladi.Bolaning dastlabki yoshlaridan boshlab faoliyatning eng oddiy turlari uning shaxsiy qobiliyatlarini, xususiyatlarini va atrofdagi narsalarga munosabatini shakllantirishning asosi hisoblanadi.Ilk yoshdagi bolaning kattalar bilan muomalasining (hissiy va hissiy-predmetli muomalasining) eng oddiy turlari unda ta’surotlarga bo’lgan ehtiyoj ini rivojlantiradi, tasavvurlarini shakllantiradi. YAngi harakat usullarini egallab borgan sayin bolalarning faolligi oshib boradi. Biroq faollik darajasi, uning rivojlanishi irsiy jihatdan shart qilib qo’yilgan zaminga, taqlid qilishga ham bog’liq bo’ladi. Hayotning dastlabki yillarida kattalar bilan muomala qilishni va buyumlar bilan ish olib borishni o’z ichiga oladigan yo’l-yo’riq tadqiqot faoliyati ular faoliyatining asosiy turlari bo’ladi. Tarbiyachilar bolalar bilan muomalada bo’lar ekanlar, ularni buyumlar dunyosiga olib kiradilar. SHunday yul bilan bolalar o’ziga xos buyumlar bilan bog’liq faoliyatni egallaydilar. Bunda muomalaning o’zi bola uchun zarur ehtiyojga aylanadi.Bola ikki yarim yoshga to’lganda buyumlar bilan bog’lik faoliyat va muomala ancha yuqori rivojlanish darajasiga erishadi, o’yin va tasviriy faoliyatga o’tish uchun asos yaratiladi. Kattalar uyushtiradigan muloqot va faoliyatda bolalarda o’zini-o’zi anglashning dastlabki shakllari shakllanadi. Bola o’zini atrofdagi odamlardan ajratadigan, o’z imkoniyatlarini anglab etadigan bo'la boshlaydi. Mustaqillik rivojlanishining ana shu bosqichida bolalar kattalarning vasiyligini qisman cheklashga intiladilar. O’zini-o’zi anglashning dastlabki shakllari xulq-atvor sabablarini shakllantirishning boshlanishi bo’ladi.Ilk yoshdagi bolalarning faolligi va mustaqilligi bevosita katta odamning ishtiroki va ta'siri ostida ro’y bersa, 4-6 yoshli bolalar xilma-xil faoliyatga tobora mustaqil, o’z xoxishlariga ko’ra qo’shiladilar, bunda ongning roli oshadi va ba'zan ijodiy xususiyatga ega bo’ladi.Ilmiy tadqiqotlarning ko’rsatishicha, maktabgacha tarbiya }mshida etakchi bo’ladigan o’yin faolyatida maktabgacha yoshdagi bolaning ijtimoiy, bilish faolligi rivojlanadi. Tarbiyachilar rahbarligidagi o'yinlar chog’ida bolalar turli harakat usullarini, buyumlar, ularning xususiyatlari va belgilari to’g’risidagi bilimlarni o’zlashtiradilar. Bolalar makon, vaqt munosabatlarini, o’xshashlikka va bir xillikka oid aloqalarni anglab etadilar, tushunchalarni egallaydilar. Harakatli o’yinlar harakatlarning rivojlanishiga, makonda yo’l-yo’riq topishga yordam beradi. Birgalikdagi o’yinlarda bolalar odamlar o’rtasidagi munosabatlarni, harakatlarni muvofiqlashtirishning ahamiyatini anglab etadilar va o’zlashtiradilar, atrofdagi narsalar to’g’risidagi tasawurlarini kengaytiradilar.Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o’yin faoliyatining mazmuni xilma-xil bo’ladi va har tomonlama rivojlanish imkoniyatlari kengayadi. O’yin hayolni rivojlantirishga, atrofdagi voqelik, odamlar mehnati to’g’risidagi bilimlarni chuqurlashtirishga, shaxsning jamoatchilik xususiyatlarini shakllantirishgako’maklashadi.Muntazam mehnat topshiriqlari o’z faoliyatini jamoat manfaatlariga bo’ysundirish, ijtimoiy foyda kelishiga amal qilish, mehnatning umumiy natijalaridan quvonish ko’nikmalarini tarbiyalaydi va rivoj lantiradi.Mashg’ulotlardagi eng oddiy o’quv faoliyati atrofdagi tabiat, ijtimoiy turmush, odamlar haqidagi bilimlarni o’zlashtirishga, shuningdek aqliy va amaliy ko’nikmalarni shakllantirishga yordam beradi. Agar 3-4 yoshda ta'lim paytida bolalarning e'tibori tabiat, odamlar xayotidagi aniq faktlar va hodisalarga qaratilsa, 5- 6 yoshli bolalarga ta'lim berish muhim aloqalar va munosabatlarni o’zlashtirishga va aloqalarni umumlashtirishga hamda eng oddiy tushunchalarni shakllantirishga karatilgan bo’ladi, bu esa bolalarda tushunish tafakkurining rivojlanishiga olib keladi. O’zlashtirilgan bilimlar va rivojlangan aqliy qobiliyatlarni bolalar xilma-xil o’yinlarda va mehnatda qo’llaydilar. Bularning hammasi bola shaxsining rivojlanishiga ta'sir etadi, unda faoliyatning yangi mazmuniga qiziqishni shakllantiradi.Maktabgacha yosh davridagi ehtiyojlar, his-tuyg’ular, sabablar, maqsadlarni tarbiyalash va rivojlantirish shu darajaga etadiki, u bolaga maktabdagi muntazam o'qishga o’tish imkonini beradi.Kichik maktab yoshida asosiy narsa o’qish bo’lib qoladi va uni bolalar ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyat sifatida tushunadilar. Bolaning jamiyatdagi yangi mavqei o’z xatti-harakatini va tengdoshlarining xatti-harakatini o’zgacha nuqtai nazardan maktab o’quvchisi nuqtai nazaridan baholashni shart qiiib qo’yadi. Bola faollik, ijodkorlik ko’rsatib, kattalarning uning xulk-atvoriga va faoliyatiga qo’yayotgan tobora murakkabiashib borayotgan talablarini bajarishga intiladi.Har bir faoliyat turining mazmuni va tuzilishining ijtimoiy-tarixiy tabiati har bir yosh avlodga ob'ektiv ravishda berilgan boTadi. Odamlarning ishlab chiqarish qurollarida, bilimlarda, san'atda, axloqda va hokazolarda jamlangan sermahsul faoliyati natijalari birgalikdagi faoliyatda va muloqotda bo'lgan paytda tarbiya va ta'lim vositasida katta avloddan kichiklarga beriladi. Odam shaxsining ijtimoiy tabiati ana shunday shakllanadi.Tarbiyachi tarbiyalanuvchida kuchli faoliyat ehtiyojini uyg’otib, yangi hulk- atvor sifatlarini shakllantirishga yordam bergandagina kutilgan natijalarga erishadi.Maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlari va ularni tarbiyalashBolani tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatning etakchilik roli to’g’risidagi qoidadan kelib chiqib, uning o’quv-tarbiya muassasalaridagi va oiladagi hayotini u faoliyatning xil-xil turlariga boy bo’ladigan qiiib uyushtirish zarur. Bunda ularga mazmunni boyitishga, yangi ko’nikmalarni o’zlashtirishga, mustaqillikni rivojlantirishga qaratilgan rahbarlik ta'minlanishi kerak.Tarbiya va taTimning mazmuni, vositalari, metodlari bolalarning rivojlanish jarayoni, ularningyoshi bilan izohlanadi. Jumladan, kichik yoshdagi bolalar bilan ish olib borganda ularning mustaqil hayotga butunlay moslashmaganligi hisobga olinadi.Keyingi yosh guruhlarida maktabgacha yoshdagi bolaning mustaqilligi va moslashishi ancha oshib boradi, shunga muvofiq tarzda ta'lim-tarbiyaviy ishlarning vazifalari, mazmuni, vositalari va metodlari o’zgaradi. Bolaning maktabgacha yoshning oxiriga borib erishgan rivojlanish darajasi ular bilan olib boriladigan tarbiya-ta'lim ishini murakkablashtirish imkonini beradi.Tarbiya vazifalari mazmuni, metodlarini yoshga qarab tabaqalashtirish hozirgi fanda qabul qilmgan odam hayotini davrlarga bo’lishga tayanadi. Bir tomonuan, vaqtni orqaga qaytarib bo’lmasligi, odam umrining qancha davom etishi va ikkinchi tomondan, tarbiya va ta'lim sistemasi bilan izohlanadigan ruhiy rivojlanishning olg’a harakat qilishi yoshga qarab tabaqalashtirishning asosi hisoblanadi. YOsh davrlari - odam rivojlanishining majburiy bosqichlaridir.Har bir yosh davri yashalgan yosh, organizm biologik sistemalarining etilish darajasi, ularning vazifalari, shu bilan birga odamning hayotiy tajribasi, bilimlarining hajmi, faoliyat turlari va mazmuni bilan belgilanadi.Yosh kattalashgan sari ruhiy faoliyat boyib boraveradi, shu bilan birga teskari jarayon ham ro’y beradi, shu sababli har bir yosh uchun shaxsning sensor, akliy, hissiy, irodaviy tomonlari kabi xususiyatlar xosdir; ular orasidagi o’zaro aloqa o’zgaradi, bu esa rivojlanishning umumiy darajasiga, xulq-atvorni tartibga solishga ta'sir ko’rsatadi. YOsh bilan birga faoliyatning etakchi turi ham o’zgaradi. Biroq shaxsning ruhiy rivojlanish darajasi faqat yashagan yillar natijasi emas har qanday yoshda, ayniqsa bolalikda tarbiva va ta'lim sistemasi, shaxsning faoliyati va faolligi hal qiluvchi ta'sir ko’rsatadi. YOsh bilan bog’liq rivojlanish muddatlarida o’ziga xos siljishlar ham bo’lishi mumkin.Ilk yoshdagi bolalar yordamga muhtoj. ko'ngli nozik bo’ladi. SHu bilan birga bu o’sish va rivojlanish sur'atlari juda yuqori bo’lgan voshdir. SHu sababli to’laqonli rivojlanishni ta'minlash uchun bolalarning sog’lig’ini muhofaza qilish va mustahkamlash, ularning hayotini to’g’ri tashkil etish uchun har bir bolaning hissiy ijobiy holatiga ko’maklashuvchi shart-sharoitlarini yaratish to’g’risida g’amxurlik qilish zarur.Ilk yoshda bolalar emaklash, tirmashish, biror narsaga osilib o’zini kutarish, yurish kabi xilma-xil harakatlarni egallaydilar. Harakat ayrim turlarining o’z vaqtida paydo bo’lishi va ketma-ketligi bolalarning o’ziga xos xususiyatlariga va tarbiya sistemasiga bog’liq bo’ladi. Zotan, bolalarni yaxshi ovqatlantirish, parvarish qilish, ular bilan tez-tez muloqotda bo’lib turish tufayli ular bu sharoitlar yo’q bo’lgan paytdagidan ancha erta mustaqil yura boshlaydilar. Ilk yoshda sensor rivojlanish, aqliy rivojlanish asoslari, his-tuyg’ularni, idrok etishni, tasavvurlarni takomillashtirish katta ahamiyatga ega.Nutqning shakllanishi 3 yoshgacha bo’lgan bolalarning muhim yosh xususiyati hisoblanadi, 3 yoshga borganda bolalar ona tilining deyarli barcha jihatlarini egallagan bo’ladilar va kattalar hamda tengdoshlari bilan nutqdan muomala vositasi sifatida foydalanadilar.Ilk yoshdagi bolalar bilan ish yuritishning asosiy yunalishlari, o’yin faoliyati, tasviriy, konstruktorlik faoliyatining eng oddiy shakllari tarkib topadi. Bolalar o’ziga- o’zi xizmat ko’rsatishning eng sodda ko’nikmalarini egallaydilar, bu bolaning o’ziga xos mustaqilligini belgilab beradi. Kichkintoylarda dastlabki uch yoshda tengdoshlari bilan o’zaro munosabatlar rivojlanadi: ular birgalikdagi o’yinlarda bir-birlari bilan muomalada bo’lishni va o’zlarini o’yin qoidalariga muvofiq tutishni o’rganadilar.YOsh xususiyatlari faqat aqliy sohagagina emas, shu bilan birga hissiy, irodaviy, sabab sohalariga ham taallukli bo’ladi: hayotning dastlabki yillarida bolalarning xulq- atvori asosan bevosita his-tuyg’ular bilan tartibga solinadi, lekin shu yoshdayoq irodani tarbiyalashni boshlash, ularga umumiy qabul qilingan normalar va qoidalarni tushunishni o’rgatib borish kerak.Bolalarni har tomonlama rivojlantirish va tarbiyalash uchun ularning yosh va o’ziga xos xususiyatlarini bilish kerak, bu ishni ilk yoshdan boshlab amalga oshirish zarur.Ilk yoshdagi bolalarni tarbiyalash sistemasi yosh avlod umumiy ta'lim-tarbiya tayyorgarligining tarkibiy qismi hisoblanadi.Maktabgacha yoshda bola organizmining takomillashishi davom etadi: 3 yoshdan 5 yoshgacha bolaning o’sish sur'ati avvalgi yosh davriga nisbatan birmuncha susayadi, lekin 5 yoshdan 8 yoshgacha yana kuchayadi. Umumiy o’sish va tana og’irligining oshishi bilan bir vaqtda bolaning barcha asosiy to’qimalari va organlari anatomik o’zgarishlari va funktsional rivojlanishi ro’y beradi. Asta-sekin skelet qotib boradi, muskullar hajmi oshadi, bola organizmining ishlash qobiliyati kuchayadi. SHu bilan birga asab hujayralari tez charchaydi va madori quriydi. 6-7 yoshga kelib bola yurish, yugurish, sakrash, arkonga osilib chiqish, uloqtirish va hatto chang’ida yurish, konkida uchishdek murakkab harakat turlarini muvaffaqiyatli egallaydi.Jismoniy tarbiya maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ish olib borishda markaziy o’rinni tutadi. Bolaning imkonivatlariga muvofiq oilada va bolalar bog’chasida ta'sir ko'rsatishning aniq vositalari va metodlarnni qo’llash sistemasi: hayot, ovqatlanish tartibi, gimnastika mashqlari va harakatli o’yinlar, chiniqish usullari belgilanadi. Maktabgacha yoshdagi bolada miya qobig’ining funktsional faolligi takomillashib boradi. Asab sistemasining yuksak darajada ta'sirchanligi idrok etishning yorkinligi, o’tkirligini, bolalar ta'sirlanuvchanligini shart qilib qo’yadi, shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolani tarbiyalash va unga ta'lim berishda ta'surotlar va bilimlarni (bu asosan atrofdagi xayot haqidagi eng oddiy bilimlar bo’ladi) tanlash muhim ahamiyat kasb etadi.Maktabgacha o'rta yoshda tarbiya maqsadga muvofiq tarzda olib borilganda ko’rish, eshitish, hid bilish kabi idrok etish usullari, ko’rgazmali-ta'sirchan va obrazli fikrlash, irodaviy, hissiy va sabab jarayonlari rivojlanadi. Bolalar bilish jarayonini egallab borar ekanlar, eng oddiy tahlil etish va umumlashtirish, tasniflashga qodir bo’lib boradilar, o’zlarini o’rab turgan buyumlar va xodisalar to’g’risida mulohaza bildira boshlaydilar. Umuman maktabgacha yosh sinchkovlik, qiziquvchanlik bilan ajralib turadi.Biroq bolaning tabiiy qiziquvchanligi qondirilmasa u passiv bo’lib qoladi. Masalan, o’rta yoshdagi bolalar faoliyatning xilma-xil turlarida namoyon bo’ladilar, tasurot yangiligi va o’tkirligi xosdir. Kattalar ta'sirida maktabgacha yoshdagi bolalarning faoliyati ixtiyoriy ravishda bajariladigan bo’lib qoladi, bu esa ta'lim beradigan mashg’ulotlar paytida e'tiborlilikni tarbiyalash uchun g’oyat muhim.
Yüklə 32,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin