13.00.01 - PEDAGOGIKA NAZARIYASI MUTAXASSISLIGI BO’YICHA SAVOLLAR
O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi davlat siyosati mazmuni va uni aks ettiruvchi hujjatlar. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g’risida”gi Qonuni (2020 yil).
Zamonaviy sharoitda o‘qituvchi shaxsiga qo‘yilgan talablar.
Pedagogika fani va uning asosiy kategoriyalari. Pedagogika fanining paydo bo‘lishi va rivojlanishi. Pedagogik fanlar tizimi.Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazish.
O‘zbekiston Respublikasining uzluksiz ta’lim tizimi. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi va metodlari.
Yaxlit pedagogik jarayon tushunchasi va uning tuzilishi. Pedagogik jarayon qonuniyatlari va tamoyillari. Pedagogik jarayonda tarbiyaning mohiyati va maqsadi.
Ta’lim nazariyasi (didaktika) pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida. Didaktikaning maqsad va vazifalari. Ta’lim jarayonining mohiyati. Ta’lim tamoyillari va qonuniyatlari.
Ta’lim mazmunini belgilab beruvchi me’yoriy hujjatlar. Davlat ta’lim standarti.
Ta’lim metodlari va vositalari.Ta’limni tashkil etish shakllari va turlari . O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tashxis etish.
O‘quv faoliyati natijalarini hisobga olish turlari, shakllari va metodlari. Bilim, ko‘nikma va malakalarni baholash mezonlari.
Ta’limni tashkil etish shakllari tushunchasi va ta’lim turlari. Darsning turlari va tuzilishi. Nostandart darslar.Ta’limni tashkil etishning yordamchi shakllari.O‘qituvchining darsga tayyorlanishi.
Tarbiya tushunchasi, tarbiyaning maqsadi va umumiy vazifalari. Tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari. Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari.
Jamoa tushunchasi. O‘quvchilar jamoasini shakllantirishning mohiyati va tashkiliy asoslari. O‘quvchilar jamoasining rivojlanish darajasi va bosqichlari. O‘quvchilar jamoasi rivojining asosiy shart-sharoitlari.
Tarbiya metodlari haqida tushuncha. Tarbiya metodlari tasnifi.
Ijtimoiy ongni shakllantirish metodlari. Faoliyatni tashkil etish va ijtimoiy xulq-atvor me’yorlarini shakllantirish. Pedagogik rag‘batlantirish va xulq-atvorni tuzatish metodlari. Tarbiya metodlarini tanlab olish shartlari.
Mustaqil fikrlash, ilmiy dunyoqarash va milliy g‘oyani shakllantirish o‘quv-tarbiya jarayonining tarkibiy qismlari.O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qismlari.
Aqliy tarbiyaning maqsadi va vazifalari. Aqliy tarbiya vositalari.Iqtisodiy tarbiya – o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qismi sifatida.O‘quvchilarning ekologik tarbiyasi.
Fuqarolik tarbiyasining maqsad, vazifalari va metodlari. O‘quvchilarga fuqarolik tarbiyasini berish jarayonida Davlat ramzlari (Madhiya, Gerb, Bayroq)dan foydalanish.
Vatanparvarlik va baynalminallik tarbiyasining maqsad, vazifalari va metodlari. Huquqiy tarbiya. Yosh avlodning huquqiy ongi va madaniyatini shakllantirish – fuqarolik tarbiyasining tarkibiy qismi.
Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsad va vazifalari. Ma’naviy-axloqiy tarbiya shakl va metodlari. Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mazmuni.O‘quvchilarda ongli intizomlilikni tarbiyalash.
Mehnat tarbiyasi maqsad va vazifalari.Mehnat tarbiyasining mazmuni va metodlari.Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari.Jismoniy tarbiya vositalari.Estetik tarbiyaning maqsad va vazifalari.Estetik tarbiya vositalari.
Ta’limmuassasasi menejmenti haqida tushuncha. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari haqidagi Nizom. O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limini boshqarish. Ta’lim muassasasi Ustavi – rahbarlik va boshqaruv tizimini aniqlovchi hujjat. Ta’lim muassasasining ichki boshqaruvi. Ta’lim muassasasida metodik ishlarni tashkil etish.
Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati. O‘quv jarayonida nazorat va hisobga olish funktsiyalari. Ta’lim olganlikni tashxis etish tamoyillari. O‘quv faoliyati natijalarini hisobga olish turlari, shakllari va metodlari. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni baholash mezonlari.
Korrektsion pedagogika pedagogik fanlarning tarmog‘i sifatida. Korrektsion (maxsus) pedagogikaning asosiy vazifalari, tamoyillari va metodlari. Anomal bolalar va ularning umumiy tavsifi. Aqliy rivojlanishi, eshitish, ko‘rish, nutqida nuqsoni bor bolalar.
Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar .VII asrdan XIV asrning birinchi yarmigacha O‘rta Osiyoda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar.
Sharq Uyg‘onish davrida pedagogik fikrlarning rivojllanishi .XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda tarbiya va maktab.
XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda pedagogik fikrlar rivoji .
XVII asrdan XIX asrning yarmigacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji.
“Pedagogika tarixi” fanining maqsad va vazifalari. “Pedagogika tarixi” fani g‘oyalarining kishilik jamiyati taraqqiyoti bilan o‘zaro aloqadorligi.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’lim-tarbiya jarayonida milliy meros, pedagogik qadriyatlardan samarali foydalanishning ijtimoiy ahamiyati haqida.
Ta’lim-tarbiya va pedagogika tarixini davrlashtirish muammolari. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti. Eng qadimgi yozma manbalarda ta’lim-tarbiya masalalarining yoritilishi.
Islom dinining tarqalishi va uning ta’lim-tarbiyaga ta’siri. Musulmon maktablari va unda ta’lim-tarbiya mazmuni. Diniy kitoblarning tarbiyaviy ahamiyati. Qur’oni Karim – axloqiy-falsafiy ta’limotlar manbai.
Hadis ilmining paydo bo‘lishi. Muhaddislar (Imom Ismoil al-Buxoriy, Imom Iso at-Termiziy va boshqalar)ning hadis ilmi rivojiga qo‘shgan hissasi.
IX-XI asrlar – Sharq Uyg‘onish davri. Abu Abdulloh Xorazmiyning didaktik qarashlari. Abu Nasr Forobiyning asarlaridagi pedagogik fikrlar. Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-pedagogik qarashlari.
Abu Ali ibn Sino tarbiya va ta’lim haqida. Sharq Uyg‘onish davrida ta’limiy-axloqiy fikrlar rivoji. Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk” asarida ta’lim-tarbiya masalalari.
Yusuf Xos Xojibning “Qutadg‘u bilik” asari – pandnoma asar sifatida. Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asarida didaktik qarashlar. Kaykovusning “Qobusnoma” asarining tarbiyaviy ahamiyati.
Movaraunnahrda Amir Temur tomonidan markazlahgan davlat barpo etilishi va uning fan, madaniyat va ma’rifat rivojiga qo‘shgan hissasi. Mirzo Ulug‘bekning pedagogik g‘oyalari va ma’rifatparvarlik xizmatlari. Ulug‘bek davrida maktab islohoti. Zahiriddin Muhammad Boburning pedagogik fikrlari
Alisher Navoiyning asarlarida tarbiya va insonparvarlik masalalari. Navoiyning maktab va madrasalar rivojiga qo‘shgan hissasi. Navoiyning oqituvchi (mudarris) to‘grisidagi fikrlari. Abdurahmon Jomiyning pedagogik qarashlari. Jaloliddin Davoniyning axloqiy qarashlari. “Axloqiy Jaloliy” asarining pedagogik fikrlar rivojidagi o‘rni.
Buxoro amirligi, Qo‘qon va Xiva xonliklarida ta’lim-tarbiya. Maktab va madrasalarda ta’lim mazmuni. Qizlar maktabi va unda ta’lim mazmuni.
Munis Xorazmiyning “Savodi ta’lim” asari – husnihatga doir dastlabki qo‘llanma sifatida. Muhammad Sodiq Qoshg‘ariyning “Odob as-solihin” asari – yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni yorituvchi manba.
XIX asrning 2-yarmida Turkistonda maktablar tizimi. Chor Rossiyasining ta’lim siyosati. Turkistonda maktablar tizimi. V.P.Nalivkinning ta’lim rivojidagi xizmati. Turkistonda rus maktablarining ochilishi. Yerlik aholi uchun rus-tuzem maktablarining tashkil etilishi.
Turkistonda jadidchilik harakati. Yangi usul maktablarining ochilishi. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar Qori, Abdulla Avloniy, Abduqodir Shakuriylarning yangi usul maktablarini tashkil etishdagi ma'rifatparvarlik xizmatlari.
Turkiston o‘lkasida ta’lim syosati (1917-1924). 1924-1945 yillarda ta’lim va pedagogika fani. 1945-1991 yillarda O‘zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogika fani rivoji.
Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar rivoji. O‘zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogik fikrlar rivoji.
Qadimgi Sharq, Qadimgi Yunoniston, Qadimgi Rim davlatlarida maktab va tarbiya. Qadimgi Yunoniston faylasuflari tarbiya to‘g‘risida. Qadimgi Rimda pedagogik g‘oyalar rivoji. XII asrda Rossiyada pedagogik adabiyotlarning nashr etilishi.Rus pedagog-olimlarining pedagogik g‘oyalari.
G‘arbiy Yevropada maktab va pedagogik fikrlar. Iogann Genrix Pestalotsiyning didaktika va boshlang‘ich ta’lim metodikasiga qo‘shgan hissasi. Adolf Distervergning rivojlantiruvchi ta’lim nazariyasi
Ya.A.Komenskiyning pedagogik nazariyasi.
XIX asrning oxiri – XX asrda G‘arbiy Yevropa, AQSh, Rossiyada reformatorlik pedagogikasi va uning asosiy yo‘nalishlari. M.V.Lomonosov va uning rus pedagogikasi va maktablar rivojidagi o‘rni. L.N.Tolstoyning pedagogik qarashlari.
K.D.Ushinskiy pedagogika fani va tarbiyaning ahamiyati to‘grisida. K.D.Ushinskiyning didaktik qarashlari va pedagogik merosi.
XX asr jahon ta’lim tizimidagi global tendensiyalar. Iqtisodiy rivojlangan davlatlar ta’lim tizimi. Ta’lim modellari. Xalqaro loyihalar va ta’lim dasturlari.
Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o‘qituvchi faoliyatidagi o‘rni va ahamiyati. Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o‘qituvchi mahorati masalalari. O‘qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat.
Kommunikativ malakalar va ta’sir etish. O‘qituvchi faoliyatida muomala madaniyati va psixologiyasi.
Pedagogik takt va pedagogik etika. Pedagogik texnika haqida tushuncha. Pedagogik texnikani shakllantirish metodikasi.
Nutq texnikasi va madaniyati. O‘qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etish. O‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘z ustida ishlash.Pedagogka tajribani to‘plash tizimi.
Qobiliyat va pedagogik qobiliyat haqida tushuncha. Pedagogik qobiliyatning turlari va ularning tavsifi. Pedagogik qobiliyatni shakllantirish yo‘llari. Kommunikatsiya haqida tushuncha. Kommunikatsiya metodlari. O‘qituvchining kommunikativ malakasi. Kommunikativ ta’sir etish yo‘li. O‘qituvchining kommunikativ madaniyati. O‘qituvchining kommunikativ qobiliyatini rivojlantirish yo‘llari.
Pedagogik muloqot haqida tushuncha. Pedagogik muloqotning tuzilishi va metodlari. Pedagogik muloqot uslublari. Muloqot madaniyati. Pedagogik nizo va uning sabablari. Pedagogik nizolarning oldini olish yo‘llari
Nutq haqida tushuncha. Nutqning o‘qituvchi faoliyatidagi o‘rni. Nutq madaniyati haqida tushuncha va uning asosiy elementlari. Nutq texnikasi: nafas olish, tovush, diktsiya, ritmika. Leksik madaniyat. O‘qituvchining nutq malakasini shakllantirish yo‘llari.
O‘qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etishning mohiyati. O‘qituvchining kun tartibi va ish o‘rni. Pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etish tamoyillari. Pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari.
Pedagogik odob. Pedagogik muomala odobi.
Pedagogik texnika haqida tushuncha. Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari. Mimika. Pantomimika. O‘qituvchining pedagogik texnikasini shakllantirish yo‘llari.
O‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘z ustida ishlash pedagogik mahoratning asosiy sharti sifatida. Ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganishda materiallar to‘plash. Ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va ularni qo‘llash metodlari