1. Boshlang`ich sinflarda matematika fanidan dtsning maqsadi va vazifalari



Yüklə 27,94 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü27,94 Kb.
#194954
2 5431398436882629028.pptx 20231206 111952 0000


BOSHLANGICH SINFLARDA MATEMATIKADAN DTS TAHLILI BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKA O'QITISHDA KOMPETENTSIYAVIY YONDASHUV . O'QUV DASTURI TAHLILI
1. Boshlang`ich sinflarda matematika fanidan DTSning maqsadi va vazifalari.
2.Boshlang‘ich sinflarda matematikadan KOMPETENTSIYAVIY YONDASHUV
3. O'quv dasturi tahlili(1-4-sinflar)
1
REJA:
Matematika fani insonning intellektini, diqqatini rivojlantiradi, ko‘zlangan maqsadga erishish uchun qat’iyat va irodani tarbiyalaydi, algoritmik tarzdagi tartib-intizomlilikni ta’minlaydi va tafakkurini kengaytiradi. Matematika olamni bilishning asosi bo‘lib, tevarak-atrofdagi voqea va hodisalarning o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib berish, ishlab chiqarish, fan-texnika va texnologiyaning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.
Boshlang‘ich ta’limning Matematika fani o‘quv dasturi o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standarti talablaridan kelib chiqib tuzildi
Boshlang‘ich ta’limda matematika fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:
o‘quvchilarda kundalik faoliyatda qo‘llash, fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan matematik bilim va ko‘nikmalar tizimini shakllantirish va rivojlantirish;
jadal taraqqiy etayotgan jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yurita oladigan, aniq va ravshan, tanqidiy hamda mantiqiy fikrlay oladigan shaxsni shakllantirish;
milliy, ma’naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrab-avaylash, matematik madaniyatni umumbashariy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida tarbiyalashdan iborat.
Boshlang‘ich ta’limda matematika fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:
o‘quvchilar tomonidan matematik tushunchalar, xossalar, shakllar, usullar va algoritmlar haqidagi bilim, ko‘nikmalar egallanishini ta’minlash;
inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini anglash, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, kundalik hayotda matematik bilim va ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli qo‘llashga o‘rgatish;
o‘quvchilarning individual xususiyatlarini rivojlantirgan holda, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish;
fanlar integratsiyasini inobatga olgan holda o‘quvchilarda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, kreativlikni shakllantirish hamda ongli ravishda kasb tanlashga yo‘naltirishdan iborat.
O`quvchilarni fanlardan egallagan bilim, ko`nikma va malakalarini kundalik faoliyatda qo`llay olish qobiliyatiga ega bo`lishlari maqsadida yangi tahrirdagi DTS ishlab chiqildi. Ushbu dastur O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan matematika fani bo‘yicha malaka talablari asosida tuzilgan bo‘lib, Xalq ta’limi vazirining 2017-yil 3 iyundagi 190-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan va umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-4-sinflari uchun amaliyotga joriy etiladi.
Respublikamizda xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi
tasdiqlandi, yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan
kompleks chora – tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbus amaliyotga tatbiq etildi,
umumiy o‘rta ta’limning kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim
standartlari hamda fan o‘quv dasturlari ishlab chiqildi, ta’lim sifatini baholash bo‘yicha
xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishning me’yoriy asoslari yaratildi.
Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim o‘quvchilarni o‘zlashtirilgan
axborotlarni o‘quv va hayotiy faoliyat turlarining standart va nostandart vaziyatlarida
qo‘llay olishga tayyorlashi bilan xarakterlanadi.
Maktab ta’limini zamonaviy rivojlanish talablariga moslashtirib fanlardan elektron
ta’lim resurslarini takomillashtirish, o‘quvchilarning elektron manbalar bilan faol
muloqatini ta’minlash, mustaqil ta’limni amalga oshirish va o‘z-o‘zini baholash, zaruriy
ma’lumotni operativ izlab topish va yuzaga kelayotgan muammolarni hal etishda undan
foydalanish kompetensiyalarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan o‘qitishning asosiy mohiyati kasbga
yo‘naltiruvchi fanlardan tashkil qilingan ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar tomonidan
egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z shaxsiy hayoti davomida, shuningdek,
kelgusi kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida qo‘llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga
yo‘naltirish sanaladi. O‘quvchilar kelgusi hayoti davomida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va
kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o‘z o‘rnini egallashi, mazkur jarayonda duch
keladigan muammolarning yechimini hal etishi, eng muhimi o‘z sohasi, kasbi bo‘yicha
raqobatbardosh bo‘lishi uchun zaruriy tayanch kompetensiyalarga ega bo‘lishi lozim.
quvchilarda shakllantiriladigan kompetensiyalar uch darajaga ajratiladi: tayanch
kompetensiyalar; umumiy (predmetli) kompetensiyalar; xususiy kompetensiyalar.
O‘quvchi shaxsining umumiy rivojlanishiga zamin yaratadigan kompetensiyalar
tayanch kompetensiya, faqat o‘quv fani orqali shakllantiriladigan kompetensiyalar
xususiy kompetensiyalar deyiladi.
Kompetensiya so‘ziga turlicha ta’riflar, yondashuvlar mavjud. Xususan,
“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” da kompetensiya so‘zi quyidagicha izohlanadi:
kompetensiya (lot. Compete – erishyapman, munosibman, loyiqman) – muayyan davlat
organi (mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organi) yoki mansabdor shaxsning qonun, ustav
yoki boshqa hujjat bilan belgilangan vakolatlari, huquq va burchlari doirasi; u yoki bu
sohadagi bilimlar, tajriba
“Kompetensiya” atamasi keng ma’noda umumiy masalalarni hal etishda amaliy
tajribalar asosida bilim va malakalarni qo‘llash, muvaffaqiyatli harakat qilish qobiliyatini
bildiradi. Lotincha “campetere” – muvofiq bo‘lmoq so‘zidan kelib chiqqan.
Kompetensiya – bu kutilgan natijaga olib keluvchi faoliyat belgisidir. U bilim
mahsuli bo‘lib, mutaxassis tomonidan uni amaliyotga qo‘llay olish qobiliyatidir.
Kompetensiyaning bilimdan farqi shundaki, vazifani amaliy bajarmasdan turib, uni
aniqlab ham, baholab ham bo‘lmaydi. Malaka kompetentlikning muhim mezoni bo‘lib, u
turli holatlarda, shu qatori muammoli vaziyatlarda ham bir necha bor qo‘llash natijasida
namoyon bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va
qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda
quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi
O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va
qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda
quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi.
Kommunikativ kompetensiya – ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta
xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal
qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish
layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi – media manbalardan zarur
ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali
foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish
layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi – doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy,
ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida
mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil
ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil
qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi – jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va
jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch
va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala
va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya – vatanga sadoqatli, insonlarga mehroqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at
asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga
amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda
foydalanish kompetensiyasi – aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy,
kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va
modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini
oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana
olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Mazkur kompetensiyalar umumta’lim
fanlari orqali o‘quvchilarda shakllantiriladi. Shuningdek, har bir umumta’lim fanining
mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar ham
shakllantiriladi.
Dars vaqtida o‘quvchilar matematikadan nazariy ma’lumotga, hisoblash
malakasiga, masala yechish, har xil o‘lchashlarni bajarishga o‘rganadilar, ya’ni darsda
hamma o‘quv ishlari bajariladi.
Matematika darsining o‘ziga xos tomonlari, eng avvalo, bu o‘quv predmetining
xususiyatlaridan kelib chiqadi. Bu xususiyatdan biri shundan iboratki, unda arifmetik
material bilan bir vaqtda algebra va geometriya elementlari ham o‘rganiladi.
Matematika boshlang‘ich kursining boshqa o‘ziga xos tomoni nazariy-amaliy
masalalarning birgalikda qaralishidir. Shuning uchun har bir darsda yangi bilimlar
berilishi bilan unga doir amaliy ko’nikma va malakalar singdiriladi.
Odatda darsda bir nechta didaktik maqsadlar amalga oshiriladi: yangi materialni
o‘tish; o‘tilgan mavzuga oid bilimlarni mustahkamlash;ularni umumlashtirish,
tizimlashtirish; mustahkam o‘quv va malakalar hosil qilish va hokazo.
Matematika darslarining o‘ziga xos yana bir tomoni shundaki, bu – o‘quv
materialining abstraktligidir. Shuning uchun ko‘rgazmali vositalar, o‘qitishning faol
metodlarini sinchiklab tanlash, o‘quvchilarning faolligi, sinf o‘quvchilarining o‘zlashtirish
darajasi kabilarga ham bog‘liq.
Hozirgi zamon matematika darslari oldiga qo‘yilgan talablardan yana biri
o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy faoliyatini o‘stirish hisoblanadi. O‘quvchida analiz,
sintez qilish, taqqoslash, umumlashtirish, xulosa chiqarish kabi aqliy operatsiyalar
shakllanadi
1-SINF
(165 soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:
matematikaga oid atamalarni to‘g‘ri talaffuz etish;
o‘z fikrini aniq ifodalay olish;
matematikaga oid turli axborotlarni tinglab, ko‘rib tushunish;
sodda matematik matn ma’nosini so‘zlab bera olish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
darslik va boshqa manbalardan foydalana olish;
ustunli, chiziqli va doiraviy diagrammalar, jadvallar, chizmalar ko‘rinishida berilgan statistik ma’lumotlarni o‘qiy olish, tushunish va foydalana olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv masalasini (maqsadini) topa olish, ifodalay olish, qismlarga ajrata olish;
o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv faoliyati natijasini tahlil qilish, yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topa olish va ularni tuzata olish;
masala yechish orqali ijtimoiy hayotdagi vaziyatlarga nisbatan o‘zining ijobiy munosabatini bildira olish;
o‘qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
boshqalar fikrini tinglab, tushuna olish va o‘z fikrini himoya qila olish;
atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qila olish va guruhda ishlay olish;
guruhda ishlash paytida turli maxsus rollarni ijro eta olish;
muammo va tushunmovchiliklar ro‘y bergan paytlarda o‘zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
hodisalarni matematik tilda ifodalash usullaridan foydalana olish va bu usullar samarali ekanligini tushuna olish;
milliy bayramlarimizga oid sana va vaqtlarni bilish, ularni kundalik hayotda qo‘llay olish;
zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimizning matematikaga qo‘sh gan hissalarini tushuna olish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuza olish;
murakkab bo‘lmagan hisoblashlarda hisoblash vositalardan foydalana olish.
2-SINF
(170 soat, A1+: 204 soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:
A1
matematikaga oid atamalarning ma’nosini tushunib to‘g‘ri o‘qiy olish;
so‘z va gaplarni bog‘lagan holda o‘z fikrini aniq va ravshan ifodalay olish;
fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish;
matematik matn ma’nosini qayta so‘zlab bera olish;
matematik qoidalarni ifodali ayta olish.
matematikaga oid audiomatn, videotasvirlarni tinglab tushuna olish va tegishli munosabat bildira olish.
A1+
matematikaga oid audiomatn, videotasvirlarni tinglab tushuna olish va mazmunini tushuntira olish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
A1
tavsiya etilgan manbalardan axborotni izlab topa olish, zarur bo‘lsa uni boshqa ko‘rinishlarga (matn, jadval, sxema va h.k.) o‘tkaza olish;
diagrammalar, jadvallar, chizmalar ko‘rinishida berilgan statistik ma‘lumotlarga asoslanib turli obyekt va hodisalarni taqqoslay olish;
statistik ma’lumotlarning ko‘rinishlarning bir turdan boshqa ko‘rinishga o‘tkaza olish.
A1+
manbalardan axborotni izlab topa olish, uni boshqa ko‘rinishlarga (matn, jadval, sxema va h.k.) o‘tkaza olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A1
o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv masalasini (maqsadini) topa olish, ifodalay olish va qismlarga ajrata olish;
o‘quv faoliyat natijasini tahlil qila olish, yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topa olish, ularni tuzata olish;
o‘qituvchi bilan birgalikda olingan natijalarni boshqalar foydalanishi uchun oson ko‘rinishda taqdim eta olish;
kundalik vaziyatlarda mavjud bilim va ko‘nikmalarni qo‘llay olish;
o‘qish va yangi bilimlarni egallashga qiziqa olish.
A1+
masala yechish orqali real dunyodagi vaziyatlarga nisbatan o‘zining ijobiy estetik-emotsional munosabatini shakllantira olish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A1
atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qila olish va guruhda ishlay olish;
muammo va tushunmovchiliklar ro‘y bergan paytlarda o‘zini tutishi to‘g‘risida to‘g‘ri qaror qabul qila olish.
A1+
matematika har bir insonning kundalik hayotda uchraydigan muammolarni hal qilish vositasi ekanligini tushunish
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
A1
jamoat joylaridagi odob-axloq qoidalari va an’analarni o‘zlashtirish.
sodda kundalik hodisalarni matematik tilda ifodalash usullaridan foydalana olish.
A1+
sodda real hodisalarni matematik tilda ifodalash usullarining samarali ekanligini tushuna olish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
A1
aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuza olish;
murakkab bo‘lmagan hisoblashlarda hisoblash vositalardan va tayyor kompyuter dasturlaridan foydalana olish;
o‘rganilgan matematik usullardan kundalik vaziyatlarda mehnatni yengillashtirish, mehnat unumdorligini oshirish, qulay shart-sharoitga olib kelish maqsadida foydalana olish.
A1+
o‘rganilgan matematik usullardan kundalik vaziyatlarda mehnatni yengillashtirish, mehnat unumdorligini oshirish, qulay shart-sharoitga olib kelish maqsadida samarali foydalana olis
3-SINF
(170 soat, A1+: 238 soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:
A1
o‘rganilgan atamalarning ma’nosini tushunib, to‘g‘ri o‘qiy olish;
so‘z va gaplarni bog‘lagan holda o‘z fikrini aniq va ravshan ifodalay olish;
sodda fikrlarni mantiqiy izchillikda ifodalay olish;
matematikaga oid audiomatnni tinglab, videotasvirlarni ko‘rib tushunish, tegishli munosabat bildira olish;
matematik matn ma’nosini qayta so‘zlab bera olish, matematik qoidalarni yoddan ifodali ayta olish.
A1+
Mavzuga oid ma’lumotlarni muhokama qilishda o‘zaro muloqotga kirisha olish, muloqotda muomala madaniyatiga amal qila olish, matematik masalani hamkorlikda yechishda jamoada samarali ishlay olish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
A1
tavsiya etilgan media manbalardan axborotni izlab topa olish, zarur bo‘lsa uni boshqa ko‘rinishlarga (matn, jadval, sxema va h.k.) o‘tkaza olish;
axborotlarni statistik ma’lumotlarning ko‘rinishlarning bir turidan (ustunli, chiziqli va doiraviy diagrammalar, jadvallar, chizmalar) boshqa ko‘rinishga o‘tkaza olish;
uchta sonning o‘rta arifmetigini topish.
A1+
mustaqil ravishda turli media manbalardan axborotni izlab topa olish, dastlabki tahlil qila olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A1
o‘rganilgan mavzu doirasida o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv masalasini (maqsadini) topa olish va ifodalay olish;
o‘rganilgan mavzu doirasida o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv masalasini qismlarga ajrata olish;
o‘qituvchi bilan birgalikda masala yechimiga yaqinlashish darajasini baholay olish va zarur hollarda o‘z faoliyatini to‘g‘irlay olish;
o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv faoliyat natijasini tahlil qila olish;
o‘qituvchi bilan birgalikda yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topa olish, ularni tuzata olish;
o‘rganilgan mavzu doirasida xususiy misollar va kuzatishlar tahlili asosida obyektlar umumiy hossalarini aniqlay olish;
mavjud bilim va ko‘nikmalarni kundalik vaziyatga qo‘llay olish;
ijtimoiy hayotdagi vaziyatlarga nisbatan o‘zining ijobiy estetik-emotsional munosabatini shakllantira olish;
o‘qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqa olish.
A1+
o‘zini o‘zi ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantira olish,matematikani mustaqil o‘qib-o‘rgana olish, o‘z xatti-harakatini baholay olish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A1
boshqalar fikrini tinglab, tushuna olish, agar bu fikrni noto‘g‘ri deb hisoblasa, o‘z fikrini himoya qila olish;
atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qila olish va guruhda ishlay olish;
muammo va tushunmovchiliklar ro‘y bergan paytlarda o‘zini tutishi to‘g‘risida to‘g‘ri qaror qabul qila olish;
jamoada turli rollarni ijro eta olish.
A1+
jamoada ishlash jarayonida guruh a’zolarning fikrlarini jamlay olish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
A1
kundalik hayotda o‘rganilgan matematik usullarni tanlay olish;
zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimiz haqida ma’lumot bera olish.
A1+
milliy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrab-avaylashda matematikaning o‘rnini tushunish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
A1
aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuza oladi;
kundalik faoliyatida turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy oladi;
murakkab bo‘lmagan hisoblashlarda, o‘rganilgan tenglamani yechishda, o‘rganilgan turdagi yassi va fazoviy geometrik figuralarni tasvirlashda hisoblash va axborot-texnologiyalar vositalardan foydalana oladi.
A1+
sodda savdo-sotiq munosabatlarda, kundalik hayotda matematik bilim va ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli qo‘llay oladi;
matematikaga oid yangi bilimlarni izlashda axborot-kommunikatsiya vositalari, internet saytlaridan foydalana oladi.
4-SINF
(170 soat, A1+: 238 soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:
A1
o‘rganilgan atamalarning ma’nosini tushunib, to‘g‘ri o‘qiy olish;
so‘z va gaplarni bog‘lagan holda o‘z fikrini aniq va ravshan ifodalay olish;
fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish;
matematikaga oid audio matnni tinglab, videotasvirlarni ko‘rib tushunish, tegishli munosabat bildira olish;
matematik matn ma’nosini qayta so‘zlab bera olish, matematik qoidalarni yoddan ifodali ayta olish.
A1+
Mavzuga oid ma’lumotlarni muhokama qilishda o‘zaro muloqotga kirisha olish, muloqotda muomala madaniyatiga amal qila olish, matematik masalani hamkorlikda yechishda jamoada samarali ishlay olish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
A1
tavsiya etilgan media manbalardan axborotni izlab topa olish, zarur bo‘lsa uni boshqa ko‘rinishlarga (matn, jadval, sxema va h.k.) o‘tkaza olish;
ustunli, chiziqli va doiraviy diagrammalar, jadvallar, chizmalar ko‘rinishida berilgan statistik ma’lumotlarga asoslanib, turli obyekt va hodisalarni taqqoslay olish;
axborotlarni statistik ma’lumotlarning ko‘rinishlarning bir turidan (ustunli, chiziqli va doiraviy diagrammalar, jadvallar, chizmalar) boshqa ko‘rinishga o‘tkaza olish;
uchta sonning o‘rta arifmetigini topish.
A1+
mustaqil ravishda turli media manbalardan axborotni izlab topa olish, dastlabki tahlil qila olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A1
o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv masalasini (maqsadini) topa olish va ifodalay olish;
o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv masalasini qismlarga ajrata olish;
o‘qituvchi bilan birgalikda masala yechimiga yaqinlashish darajasini baholay olish va zarur hollarda o‘z faoliyatini to‘g‘irlay qila olish;
o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv faoliyat natijasini tahlil qila olish;
o‘qituvchi bilan birgalikda yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topa olish, ularni tuzata olish;
xususiy misollar va kuzatishlar tahlili asosida obyektlar umumiy hossalarini aniqlay olish;
mavjud bilim va ko‘nikmalarni kundalik vaziyatga qo‘llay olish;
ijtimoiy hayotdagi vaziyatlarga nisbatan o‘zining ijobiy estetik-emotsional munosabatini shakllantira olish;
o‘qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqtira olish.
A1+
o‘zini o‘zi ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantira olish, kamolotga intila olish, matematikani mustaqil o‘qib-o‘rgana olish, o‘z xatti-harakatini baholay olish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A1
boshqalar fikrini tinglab, tushuna olish, agar bu fikrni noto‘g‘ri deb hisoblasa, o‘z fikrini himoya qila olish;
atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qila olish va guruhda ishlay olish;
muammo va tushunmovchiliklar ro‘y bergan paytlarda o‘zining tutishi to‘g‘risida to‘g‘ri qaror qabul qila olish;
guruhda ishlash paytida turli maxsus rollarni ijro eta olish.
A1+
umumiy masalani yechish uchun guruh faoliyati boshqara olish va guruh a’zolarning fikrlarini jamlab, umumiy fikrni bayon qila olish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
A1
kundalik hayotda matematik usullar samarali ekanligini tushuna olish;
zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimiz haqida ma’lumot bera olish.
A1+
milliy, ma’naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrab-avaylashda matematikaning o‘rni beqiyos ekanligini tushuna olish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
A1
aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuza oladi;
kundalik faoliyatida turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy oladi;
murakkab bo‘lmagan hisoblashlarda, o‘rganilgan tenglamani yechishda, o‘rganilgan turdagi yassi va fazoviy geometrik figuralarni tasvirlashda hisoblash vositalardan va tayyor kompyuter dasturlardan foydalana oladi.
A1+
sodda savdo-sotiq munosabatlarda, kundalik hayotda matematik bilim va ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli qo‘llay oladi;
matematikaga oid yangi bilimlarni izlashda axborot-kommunikatsiya vositalari, internet saytlaridan foydalana oladi.
THANK
YOU!
Yüklə 27,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin