2-boshlovchi: Tilim, qadring tiklandi yana,
Imkon berdi yashashga qonun.
Yurtimizda bugun tantana,
Yigirma beshga to’libsan mana
boshlovchi: Mana bugun yurtimiz uzra yana bir muborak sana tantana bilan nishonlanayapti. Ona tilimizga Davlat maqomi berilganiga rosa 33 yil to’ldi shu munosabat bilan o’tkazilayotgan ona tili bayramini ochiq deb e’lon qilamiz. Barchalaringizni ushbu bayram ila muborakbod etamiz, hammalaringizga oltin sog’liq, uzoq umr tilaymiz.
Bshlovchi: Siz azizlarni bayram dasturimizni tinglab, tomosha qilishga taklif etamiz.
(O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangraydi).
1-Boshlovchi:Tadbirimizni ochib berish uchun so`z navbatini maktabimiz o`quv ishlari bo`yicha director o`rinbosari Y.Ergashboyevga beramiz!
2-boshlovchi: Azizlar, bugun biz ona suti-yu allasi orqali, ota –bobolar ibrati tufayli qonimizga singan, aziz va mo’tabar, ulug’ tilimiz- o’zbek tili haqida fikr yuritamiz.
2-o’quvchi: Qoshg’ariylar, Xos Hojiblar, Ahmad Yuknakiylar izlab-izlab topgan tilim!
3-o’quvchi:Navoiy-yu Boburlar, Uvaysiy-yu Nodiralar, Mashrab-u Xorazmiylar mashhur g’azallar, ash’orlar bitgan tilim!
4-o’quvchi:Al-Buxoriy, Al-Xorazmiy, bobom Marg’iloniylar ilm deya ijod etgan tilim!
5-o’quvchi: O, ona tilim, sen naqadar buyuksan va naqadar qudratlisan!
6-o’quvchi: O, ona tilim, sen naqadar so’limsan, naqadar go’zalsan!
7-o’quvchi: Sening madhing asrlar osha shoirlar ash’orlarida kuylanmoqda.
(Yusuf Xos Hojib, A.Jomiy, A.Navoiy, Sa’diy Sheroziy, Mirtemir va A.Oripov timsolidagi o’quvchilar o’zlarining asarlaridan namunalar o’qiydilar),