1-boshlovchi: Assalom, tilimning shaydolariga, Assalom, elimning shaydolariga. Assalom, onadek tilni qutlovchi, Assalom, dilimning shaydolariga! 2-boshlovchi


Yusuf Xos Hojib timsolidagi o’quvchi



Yüklə 25,41 Kb.
səhifə2/7
tarix16.02.2023
ölçüsü25,41 Kb.
#84571
1   2   3   4   5   6   7
senariy 21-oktabr tadbir

Yusuf Xos Hojib timsolidagi o’quvchi:
Bu turkcha qo’shiqlar tuzdim senga,
O’qirda unutma, duo qil menga.
So’zingga ehtiyot bo’l,boshing ketmasin,
Tilingga ehtiyot bo’l, tishing sinmasin.
A.Jomiy timsolidagi o’quvchi:
Durga to’lar so’z-la ma’no dengizi,
So’zdir inson taqqan zirak yulduzi.
Eski charxning sadaf billuri aro,
So’zdir unga loyiq gavhar bebaho.
Sa’diy Sheroziy timsolidagi o’quvchi:
Shirin so’zli shilgay dushman po’stini,
Dag’al so’zli dushman qilar do’stini.
Mirtemir timsolidagi o’quvchi:
Ona tilim – onajonim tili bu,
Beshikdanoq singgan quloqqa.
El-u yurtim, xon-u monim tili bu,
Qadimlikda o’xshar ona tuproqqa.
A.Oripov timsolidagi o’quvchi:
Ona tilim, sen borsan, shaksiz,
Bul bul kuyin she’rga solaman,
Sen yo’qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to’ti bo’lib qolaman.
(“Tanovor” raqsi ijro etiladi).
1-boshlovchi: Har bir xalqning madaniyati, ma’naviyati, ruhiy parvozlarini ko’z –ko’z qiluvchi yagona omil mavjud. Bu tildir. Uning asrlar mobaynida takomiliga yetib borguvchi adabiyoti, san’ati, ruhiy qadriyatlari til orqali namoyon bo’ladi. Shu ma’noda til – katta ma’naviy boylik, xalqning ijodiy qobiliyatini yuzaga chiqaruvchi vositadir.


2-boshlovchi: Hozir sizlarning e’tiborlaringizga bir sahna ko’rinishini havola etamiz.Bu tarbiyaviy qimmatini yo’qotmaydigan rivoyatdir. Birinchidan,bu rivoyat Ona tili qismati va kelajagi uchun hamisha qayg’urish zarurligini anglatadi. Ikkinchidan, tilini sevmagan odam har qancha o’qimishli, dovrug’dor bo’lgani bilan vatanparvar bo’lolmasligini ta’kidlaydi.


Rivoyatchi: Rivoyat qilishlaricha, qadim-qadim zamonlarda bir odil odamning suluv qizi bo’lgan emish. Shu dilbarga ikki farishtaning ishqi tushibdi. Qiz ularning qay biriga ko’ngil berishini bilmay qolibdi. Farishtalar esa qizning visoliga erishish uchun yelib yugurishaverishibdi.
Qiz: Men yurt farzandi bo’la oldigan o’g’ilga ona bo’lishni istayman. Uni qanday tarbiyalashga qodirliklaringni bilishim kerak. Ana shunga qarab, sizga qarorimni aytaman.
1-farishta: Bu ish faqat mening qo’limdangina keladi.Men unga ilm o’rgataman, u riyoziyotdan, falakiyotdan saboq oladi. Siyosat bilan shug’ullanadi. Ajnabiy tillarni egallaydi. Olamga dong taratadi.
2-farishta: Ajdodlardan avlodlarga meros bo’lib qoladigan asosiy boylik bu – til. Ona tili bor ekan, vatan bor. Xalqning umr o’lchovini tili belgilaydi. Dunyodagi bor go’zallik va mehr ona allasini eshitgan bolaning tili tufayli ko’zga tashlanadi. Maqsadimni anglagandirsan. Men o’g’limni ona tiliga xiyonat qilmaslikka, qo’shiq, ertak, dostonlar aytib, sening latofatingga latofat qo’shib turgan mana shu til uchun jonini ham ayamaslikka o’rgataman.

Yüklə 25,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin